Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalari. Pnevmatik o`zgartirgichlar


-rasm. Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirgich



Yüklə 68,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü68,14 Kb.
#199346
1   2   3   4   5   6   7
2-Mavzu

2-rasm. Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirgich. 
a-qurilma; b-truktura sxema; v-statik xarakteristika; 
1-richag; 2-nol korrektor; 3-trubkali prujina; 4-prujina; 5-tebranish konturi; 6-mahsus 
kuchaytirgich; 7-magnitoelektrik o`zgartirgich; 8-kuchni tokka o`zgartirgich. 
Sxemadan ko`rinib turibdiki, o`zgartirgich 3ta ketma-ket ulangan o`zgartirgichlardan 
iborat. Birinchisi- chiqilgan havo bosimi 
P
ni trubkali prujina uchining 
L
1
siljishiga 
o`zgartirgich. Ikkinchisi – ushbu siljishni 
a
richagning chap yelkasiga qo`yilgan 
F
kuchga 
o`zgartirgich. Ikkala o`zgartirgichning statik xarakteristikasi chiziqli. 
F
kuchni 
i
chiqish tokiga 
o`zgartiruvchi o`zgartirgich uchinchi o`zgartirgich boshqa kuchni tokka o`zgartiruvchidan 
shunisi bilan farq qiladiki
l
ning siljishi o`zgaruvchan tok kuchlanishi 
U
ga emas, tebranish 
konturi 5 ning rezonans chastotasiga, so`ngra kuchaytirgich 6 ga va chiqish toki i ga o`zgaradi.
O`zgartirgich 8 ning statik xarakteristikasi magnitoelektrik o`zgartirgich 7 ning 
xarakteristikasi bilan aniqlanadi va shuning uchun xarakteristikasi chiziqli. Shunday qilib, ko`rib 
o`tilgan o`zgartirgich chiziqli xarakteristikaga ega (2.v-rasm). 
Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirish maqsadida sanoatda PE-55M tipli o`zgartirgich 
ishlab chiqariladi. Unga bir nechta iste‘molchini ulash mumkin.
Ularning ulanish shartlari va sxemalari huddi kuchni tokka o`zgartirgich kabi bo`ladi.
O`zgartirgichda prujina 4 ning tarangligini o`zgartiruvchi nol korrektor 2 mavjud. Ushbu 
korretor bilan 
P
0
o`lchanayotgan bosimning boshlang‘ich qiymatida chiqish tokining nol 
qiymatini o`rnatadi.
Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini to`liq avtomatlashtrirish uchun pnevmatik 
servodvigatellardan tashqari boshqa qurilmalar ham ishlatiladi. Bunday qurilmalarga avvalo turli 
tuzilishga ega pnevmogidravlik va pnevmoelektrik o`zgartirgichlarni kiritish kerak.
Pnevmoyo`naltiruvchi qurilmalarga pnevmotaqsimlagichlar, teskari pnevmoklapanlar, tez 
gaz chiqaruvhci pnevmoklapanlar, ish jarayonini ketma -ket bajarishni boshqaradigan 
pnevmoklapanlar, vaqtli ushlab turishni boshqaruvchi pnevmoklapanlar, shuningdek, pnevmatik 
mantiqiy elementlar kiradi. 
Pnevmotaqsimlagichlar siqilgan havo oqimlarini yo`nalishini ikki yoki undan ko`proq 
tashqi liniyalarga o`zgartirish uchun ishlatiladi. Tashqi pnevmoliniyalar deganda turli havo 
o`tkazgichlarni, shu qatori atmosfera bilan bog`lovchi oddiy tirqishni tushinish kerak. 
Pnevmotaqsimlagichlar bilan boshqarishning turlicha ko`rinishlari mavjud: 

Operator tomonidan tugma, richag yoki pedalning ta‘siri orqali boshqarish

Turtkich va rolik ta‘sirida harakatlanuvchi tugun tomonidan mexanik boshqarish; 

Elektromagnitli boshqarish; 

Pnevmatik boshqarish(bosimni oshirish yoki kamaytirsh yo`li bilan); 

Elektropnevmatik boshqarish(oraliq masofani oshirish yoki kamaytirsh yo`li bilan). 


Pnevmogidravlik va pnevmoelektrik o`zgartirgichlarning turli ko`rinishlariga quyidagilar 
ta‘aluqli: 

Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havo bosimini o`zgarishsiz uzatish uchun 
mo`ljallangan pnevmosiquvchi;

Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havosi energiyasini bosimning boshqa qiymati 
bilan uzatishga mo`ljallangan pnevmogidroo`zgartirgichlar; 

Gidrotizimni davomiy ishlashi uchun ishchi suyuqlikni oshirishga mo`ljallangan 
pnevmogidronasoslar; 

Pnevmogidroakkumilyatorlar; 

Pnevmatik tizimda bosimni yoki bosimlar farqining berilgan sathiga etganda elektr 
signal berishga mo`ljallangan bosim relesi; 

Bosim indikatorlari. 
Havoning siqilishi o`zgaruvchan yuklama sharoitida ishlovchi mexanizmlarni 
loyihalashda hisobga olinishi zarur bo`lgan mavjud omil bo`lib hisoblanadi, masalan, parmalash 
va frezerlashga uzatish qurilmalarida. Odatda havoning siqilishi gidravlik tezlik rostlagichlarni 
uzatish pnevmoyuritmaga ulash yo` li bilan kompensatsiyalanadi(o`rni to`ldiriladi). Bu quyidagi 
rasmda keltirlgan. 

Yüklə 68,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin