tayyorlangan dori vositalarini tarqatishdan oldingi nazorat.
Barcha tayyorlangan dori vositalari tarqatib yuborish chog‘ida albatta yozma, organoleptik nazorat qilinishi shart.
Tayyorlangan dori vositalarini, shu jumladan dorixonaning o‘zida yarim tayyor holga keltirilgan va qadoqlangan dori vositalari, konsentrlangan eritmalar, trituratsiyalar, etil spirti tarzidagi vositalarni organoleptik, fizikaviy va kimyoviy nazorat qilish natijalari Retseptlar, talabnomalar bo‘yicha tayyorlangan hamda dorixonaning o‘zida yarim tayyor holga keltirilgan dori vositalari, konsentrlangan eritmalar, etil spirti va dori vositalarining qadoqlab qo‘yish tarzidagi dori vositalarini organoleptik, fizikaviy va kimyoviy nazorat qilish natijalarini qayd etish jurnalida qayd etiladi.
Jurnalda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
nazoratni amalga oshirish sanasi va tartib bo‘yicha raqami;
retseptning, talabnomaning raqami, ularni bergan tibbiyot tashkilotining nomi (mavjud bo‘lsa);
dori vositasining tarkibi: aniqlanadigan modda yoki ion (retseptlar bo‘yicha tayyorlangan dori shakllarini fizikaviy yoki kimyoviy nazorat qilishda ko‘rsatiladi);
fizikaviy, organoleptik, sifat nazorati (har biri shkala bo‘yicha: ijobiy yoki salbiy), kimyoviy nazorat natijalari (sifat va miqdor tavsifi);