Mavzu: Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/22
tarix01.02.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#51933
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Mavzu Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                    

 

 



 

Mustaqil ish

  

 

 

Mavzu: Pedagogik odob. Pedagogning 

muomala odobi. 

 

 

 



 

 

 



 

Bajaruvchi:                                                    Mamasobirova M 

 

 



MAVZU: 

 

 



Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi. 

REJA

 

 



 

 

 



1.  O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha. 

 

2.  Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyati. Darsda 



pedagogik nazokat. 

 

3.  Pedagogik nazokatni egallash shart - sharoitlari. 



 

4.  O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi. 

 

5.  Milliy qadriyatlarimiz va SHarqona tarbiyamizning ta’siri. 



 

6.  Pedagogik muloqot funksiyalari. 

 

7.  Xulosa. 



 

 

 



8.  Foydalanilgan adabiyotlar 


1. O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha

 

1.  O‘kituvchilik  kasbini  sevish  pedagogik  odobning  zarur  talablaridan  biri 



hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina butun kuch – g‘ayratini, qalb qo‘ri va dil 

haroratini  bu  ishga  bag‘ishlaydi  va  o‘z  faoliyatida  yaxshi  natijalarga 

erishadi.SHuningdek, 

bolalarni 

sevish, 

ularga 


mehr-muhabbatli 

bo‘lish 


o‘qituvchilik kasbi, o‘qituvchi axloqiy qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

O‘qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiqqo‘llik ham 



talab etiladi. 

 

Muallimning  bilimdon  bo‘lishi,  ma’naviy  barkamolligi  o‘quvchi  shaxsining 



shakllanishiga ijobiy axloqiy ta’sir o‘tkazadi. «Qadimgi ajdodlarimiz», - degan edi 

I.A.Karimov  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  sessiyasidagi 

ma’ro‘zasida,  -  komil  inson  haqida  butun  bir  ahlokiy  talablar  majmuasini, 

zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar". 

 

O‘qituvchi  halollik,  rostgo‘ylik,  axlokiy  poklik,  odamiylik,  kamtarlik  kabi 



fazilatlarga  ega  bo‘lishi  pedagogik  odobining  muhim  talab-  qoidasidir.  Muallim 

deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol- javob qiladi, ularning yaxshi 

xulqi, ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘ya xatti - harkati uchun 

tanbeh beradi. 

 

Albatta, o‘qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari 



mavjud.  U  hammaga  aynan  birdek  to‘g‘ri  munosabatda  bo‘la  olmasligi  mumkin, 

lekin  u  hamma  o‘quvchilarga  nisbatan  xolis  niyatli,  yaxshilik  qilishga  intiluvchi, 

adolatli  kishi  ekanligiga  barchaning  ishonchi  komil  bo‘lmog‘i  lozim.  Sinfda 

o‘qituvchi  "yaxshi  ko‘radigan",  "yomon  ko‘radigani"  bor  degan  taassurot 

tug‘ilmasligi kerak. 



Fanning  muhim  muammolari  yuzasidan  erkin  fikr  yurita  olishi  va  nihoyat 

o‘quvchilarni  ham  ijodiy  fikrlashga,  tadqiqot  ishlariga  o‘rgatish  va  jalb  etishni 

talab  qiladi.  Xullas,  yaxshi  o‘qituvchi  bo‘lish  uchun  bo‘lajak  muallim  yuksak 

pedagogik  odob  madaniyatini  egallashi  zarur.  Buning  uchun  bo‘lajak  o‘qituvchi 

pedagogik  odobning  talab  va  qoidalarini  bilib,  o‘zlashtiri6  olishi,  tajribada 

pedagogik  faoliyatda  qo‘llashi,  o‘zining  dunyoqarashi  va  ahlokiy  tajribasi  bilan 

boyitishi lozim, fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida pedagogik 

odobning talab va qoidalari o‘qituvchining shaxsiy e’tiqodiga, axlokiy fazilatlariga 

aylanadi. 

 

Haqiqatdan,  o‘qituvchi  yoshlarga  ta’lim  -  tarbiya  beruvchi  kishi.  «Ta’lim 



to‘g‘risida»gi  Qonunning  5-moddasida  shunday  yozilgan:  "Tegishli  ma’lumoti, 

kasbiy  tayyorgarligi  bor  va  yuksak  axloqiy  fazilatlarga  ega  bo‘lgan  shaxslar 

pedagogik  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  huquqiga  ega".  CHunki  HO‘qumat  xalk 

ta’limi  sohasida  o‘rtaga  qo‘yilayottan  vazifalarni  bajarish  ko‘p  jihatdan 

o‘qituvchiga bog‘liq. 

 

Har  qanday  mutaxassis  odob-ahloq  namunalariga  ega  bo‘lishi  tabiiy,  lekin 



pedagogik  odoblilik  mutlaqo  o‘zgacha  holdir.  CHunki  tabiatga,  jamiyatga, 

notanish  kishilarga,  jism  va  ashyolarga,  o‘z-o‘ziga  munosabatda  haqiqiy  mezon 

rolini  bajaruvchi  qobiliyatga  ega  bo‘lishlik  aynan  o‘qituvchi  shaxsida 

mujassamlashadi. Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg‘ulari, milliy xarakter 

xususiyati,  xulq,  faoliyat,  muomala  qoidalari,  qonuniyatlari  va  ko‘nikmalaridan 

me’yoriy ravishda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o‘z aksini topadi: 

  

emostional  his-tuyg‘ular,  kechinmalar,  stress  va  affektiv  holatlar  xossalari, 



chegaralariga batamom rioya qilish

  

xulq-atvor malakalarini amaliyotda oqilona qo‘llash; 



bachkana qiliqlar, ortiqcha harakatlar qilishdan o‘zini tiyish; 

  

nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslik, shaxsiyatga tegadigan iboralar 



ishlatmaslik, qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik; 

  

hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyyan me’yorlarga asoslanish, 



manmanlikni namoyish etmaslik; 


o‘quvchilar  va  o‘kituvchilar  jamoalari  bilan,  ota-onalar  hamda  notanish 

kishilar  bilan  munosabatga  kirishishda  rasmiy,  qat’iy  ishbilarmonlik  uslublariga 

asoslanish va hokazo. 

 

O‘qituvchi  -  ziyolilar  ichida  ma’naviy  dunyosi  muayyan  darajasi  bilan 



tafovutlanib,  ko‘rsatkichi  bo‘yicha  ancha  yuksaklikka  ega  inson.  Uning  bu 

darajaga erishishi manbalari - o‘qituvchining kundalik, ijodiy izlanish faoliyatining 

ko‘rinishidan,  ijtimoiy  status  va.  rolni  qat’iy  ijro  etishdan  iborat.  O‘qituvchining 

kasbiy  mahoratidan  tashqari,  uning  siyosiy,  iqtisodiy,  tarixiy  bilimlarga  ega 

bo‘lishidek zaruriyati, ehtiyoji, imkoniyati alohida ahamiyat kasb etadi. 

 

2.  Pedagogik nazokat o‘qituvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida 



qurishga, bolalar bilan psixologik kontaktni saqlashga yordam beradi. 

 

O‘qituvchi  pedagogik  nazokat  talablariga  amal  qilib  o‘zida  muloqotning 



demokratik 

uslubini 

shakllantiradi, 

o‘quvchilar 

bilan 

haqiqiy 


muloqot 

madaniyatiga erishadi. 

 

Pedagogik  nazokat  o‘qituvchiga  bolalar  bilan  muloqotda  konflikt  (qarama  - 



qarshilik)dan qochishga, o‘zaro munosabatni to‘g‘ri kurishga yordam beradi. 

 


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin