Mavzu: Qayinnamolar qabilasi. Qayindoshlar oilasi: tavsifi, vakillari.
Navro'zgulnamolar qabilasi. Navro'zguldoshlar oilasi: tavsifi, vakillari.
Gunafshanamolar qabilasi. Gunafshadoshlar oilasi: tavsifi, vakillari.
Reja:
Qayinnamolar qabilasi.
Qayindoshlar oilasi: tavsifi, vakillari.
Navro'zgulnamolar qabilasi.
Navro'zguldoshlar oilasi: tavsifi, vakillari.
Gunafshanamolar qabilasi.
Gunafshadoshlar oilasi: tavsifi, vakillari
1.Qayinnamolar qabilasi – Betulales. Qabila daraxt va butalardan iborat. Barglari oddiy, chetlari tishchali, navbatlashib joylashgan. Gullari mayda, koʻrimsiz, tojsiz, bir jinsli. Changchili to'pgullari kuchalasimon, osilib turadi; urug'chili to'pgullari tik, boshchasimon, qubbasimon. To'pgullari murakkab, reduksiyalangan dixaziylar to'plamidan iborat. Mevalari qanotchali yong'oqcha. Qabilaning bitta oilasi (qayindoshlar) mavjud. Kelib chiqishiga ko'ra u bukdoshlarga yaqin, shu sababdan ular ko'pchilik hollarda bitta oilaga birlashtiriladi.
Qayindoshlar oilasi -Betulaceae. Bu oilaga oddiy bargli daraxt va butalar kiradi. To'pgullari 1-3 gulli kuchalalardan iborat. Changchilari 2-12 ta, urug'chi guli 2 mevabargli, 2 uyali, tugunchasi ostki. Mcvalari 2-3 tadan bo'lib, tangachalar qo'thig'ida joylashgan. Oilaning Yer sharida 6 turkum 150 ta turi mavjud bo'lib, asosan Shimoliy yarimsharning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. Ammo olxa (Alnus) turkumi ayrim turlarining areali Chili va Argentinagacha boradi.
Barcha turkumlari 3 ta kichik oilaga birlashtiriladi: Qayindoshchalar (Betuloideae) 2 turkum, Grabdoshchalar (Carpinoideae) 3 turkum, Oʻrmonyong'oqdoshchalar (Coryloideac) I turkumdan iborat. O'zbekistonda Qayin (Betula) turkumi tarqalgan. Barchasi daraxt va butalar. Changchili kuchalalari (1) 2-4 tadan bo'lib, kuzdan shakilana boshlaydi, urug'chili kuchalalari bahorda hosil boʻladi. Qayinlarning 120 turi bor, shundan 2 tasi O'zbekistonnning tog'li hududlarida daryo va soy bo'ylarida o'sadi. Ba'zi turlari shahar ko'chalarida, istirohat bog'larida manzarali daraxt sifatida o'stiriladi. Qayindan boshqa oilaning Grab (Carpinus 20 tur), O'rmon yong'og'i (Corylus, 30 tur), Olxa (Alnus, 30 tacha tur) kabi turkumlari ham mavjud. Bu turkumlarning birorta ham turi O'zbekistonda yovvoyi holda uchramaydi.
Qayindoshlarning barchasiga xos xususiyatlaridan biripo'stloqlarida oshlovchi va bo'yoq moddalarning bo'lishidir. Bundan tashqari, qayin kamforasi, betulin va ayrim efir moylari bor, tanasidan bahorda ajraladigan shirasida 1% gacha shakar bo'ladi. Olxalarning po'stlog'ida 10% gacha oshlovchi moddalar bor. O'rmon yong'og'i mevasi uchun ekiladi. Ko'pchiligi ajoyib manzarali daraxtlardir. Qayin yog'ochidan chizmachilikda ishlatiladigan ko'mir olinadi.
Qayindoshlar bukdoshlar bilan bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan bo'lsa kerak. Qazilma holda uchlamchi davrdan ma'lum. Qayinnamolar ancha qadimiy qabila, ularning tuzilishidagi soddalikni ayrim olimlar (P. Vettshteyn, N. Kuznetsov, N. Bush) birlamchi deb hisoblashadi va qadimgiroq gulli o'simliklar orasiga qo'yadilar, boshqalari esa bu soddalikni ikkilamchi, ular murakkabroq guruh- lardan kelib chiqqan deb hisoblashadi (G. Gallir, A. Taxtadjyan).
Dostları ilə paylaş: |