Mavzu: Qishloq xo’jaligi sohasida foydalaniladigan raqamli o’lchash vositalari



Yüklə 8,69 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#169588
  1   2   3
6-mavzu metrologiya

Mavzu:Qishloq xo’jaligi sohasida foydalaniladigan raqamli o’lchash vositalari

Reja:

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlariga o'tish davrining dastlabki yiUarida mahsulotlar ta'minotining noritmikligi hamda ularning sifati talab darajasida emasligi hollari kuzatildi. Bu paytda mahsulotga bo'lgan talab uning yuqori sifatliligida emas, balki uni iste'mol darajasida yetarlicha sotib olish zaruriyatidan kelib chiqqan edi. Bu esa mahsulot ishlab chiqaruvchilar va mahsulotga ega bo'lgan mulkdorlar monopoliyasi paydo bo'lishiga, ichki bozorda mahsulotning qimmatlashuvi hamda arzon va sifatsiz chet el mahsulotlari bilan to"ldirilishiga olib keldi.

.

Xalqaro hamkorlik borasida respublikamizda ma'lum ijobiy tajribalar to'plangan. Masalan, Yevropa iqtisodiy jamiyatiga kiruvchi davlatlar ishonchini qozonish maqsadida 2900 seriyadagi mintaqaviy standartlar ishlab chiqilgan va amalda qo'llanilmoqda (bunga ISO 9000 seriyali standartlarni ko'rsatish mumkin). Mustaqillikdan so'ng milliy sertifikatlashtirish tizimida o'lchov ishlarining birligini majburiy ravishda ta'minlovchi Davlat standartlashtirish tizimi yaratildi. Ushbu standartlashtirish tizimi faoliyati davlat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan xizmat turlarining tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshliligini ta'minlashga qaratilgan.

AQSH, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarida asosiy fond va texnologiyalarni yangilash ko'rsatkichi 6-8 % ga teng. Shu tufayli ishlab chiqarishda yaroqsiz mahsulotning birlik hajmi juda past. Mahsulot sifat ko'rsatkichlari, ularni tadqiq etish va namuna olish uslublari ishlab chiqaruvchi, iste'molchi va davlat tekshiruvi idoralari bilan o'zaro kelishilgan barcha standartlar asosini tashkil etadi. Shu sababli standartlar ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi ishonchni hamda mahsulot sifatini ta'minlovchi kafolat rolini o'ynaydi va mahsulot ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan me'yoriy texnik hujjatlarga kiritilgan sifat darajasini ta'minlaydi.


Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin