Tadbirkorlik inglischa “business” so‘zidan olingan bo‘lib “bandlik, band bo‘lmoq” degan ma’noni anglatadi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi. Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi.
Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20 - 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 -20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan.
Kichik tadbirkorlik sharoitga tezmoslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan. Texnologiya (yunonchatechne-sanʼat, mohirlik, uquv) -sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim, shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan.
Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi; kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqalar.
Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan.
Yer ishlari; poydevor yotqizish, devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish), antiseysmik belbogʻlar va temir beton ustunlar bilan ishlash, qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish, elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish, pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Masalan, pardozlashda avval devor tekislanadi, qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi.
Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot) shunchalik sifatli boʻladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iborat texnologiya Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib va oʻzgartirib turiladi.
Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi boʻlishi lozim.
Marketing -korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga XIX -asrning 60 -yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan.
Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida XX -asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi.
Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi.
1908 -yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911 -yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931 -yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937 -yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. XX -asrning 50 -60 -yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.
Bozorni bilish bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyilaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish, mahsulot assortimentini rejalashtirish, talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish, savdo va taqsimot, boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi. Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar: 1. Rejalashtirish va mahsulotni yaratish. 2. Mahsulotning navi va standartlarini belgilash. 3. Mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish. 4. Sotish. 5. Omborga joylash. 6. Transport xizmati. 7. Marketing faoliyatini moliyalash. 8. Xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.
Internet do‘kon -elektron savdo -sotiq shakli, tovarlarni internet orqali sotishga mo‘ljallangan veb-sayt. Internet-do‘kon xaridorlari onlayn tarzda (kompyuter yoki smartfonda) tovarlarni tanlashlari, xarid uchun buyurtmani rasmiylashtirishlari, to‘lov va yetkazib berish usullarini tanlashlari (elektron to‘lov tizimi orqali to‘lashlari ham) mumkin. Internet -do‘konda savdo masofadan amalga oshiriladi. Bu holat ayrim tovarlar sotilishiga cheklovlar kiritilishiga sabab bo‘ladi.
Internet -do‘kondagi tovarlar katalog tarzida taqdim etiladi, turli kategoriyalarga ajratiladi va tovar fotosurati, narxi, qisqacha ma’lumotlari va boshqa xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Masalan, O‘zbekistonda ham internet -do‘konlarda alkogol mahsulotlar, zargarlik buyumlari va ayrim boshqa tovarlar internet orqali erkin sotilishi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki cheklangan.
Saytga tashrif buyurgan shaxs (xaridor) tovar xususiyatlari bilan tanishib chiqib, o‘ziga keraklisini “Savatcha”ga solish imkoniyatiga ega.
Keyin “Savatcha”ga o‘tib, o‘zi tanlagan tovarlarni, ularning summasini ko‘rishi mumkin. “Savatcha”da tovarlar miqdorini o‘zgartirishi, ortiqchasini chiqarib tashlashi, yetkazish usulini tanlashi mumkin. Shundan keyin “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifasida o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qoldiradi va to‘lov usulini tanlaydi
O‘zbekistondagi Internet -do‘konlarda to‘lov turlicha bo‘lishi mumkin: plastik kartadan elektron to‘lov tizimlari orqali (masalan Click, PayMe kabi), bank to‘lov terminali orqali yoki naqd pul ko‘rinishida (yetkazilgan joyida). Buyurtmani yetkazib berish kuryer (Internet -do‘kon xodimi yoki boshqa shaxslar) yoki pochta xizmati tomonidan amalga oshirilishi mumkin