Mavzu: Shadow defender dasturini ishlash printsiplarini o’rganish, dasturiy ta’minot xavfsizligini bajarilish printsiplari. Ishdan maqsad
Mavzu: Shadow defender dasturini ishlash printsiplarini o’rganish, dasturiy ta’minot xavfsizligini bajarilish printsiplari. Ishdan maqsad: Shadow Defender dasturini ishlash, dasturiy ta’minot xavfsizligini bajarilish printsiplarini o’rganish.
Nazariy ma`lumot Shadow Defender – bu dastur Operatsion Tizimni soya rejimida ishga tushiruvchi vazifasini bajarib, bu rejimda barcha bajarilgan amallar keying windows OT qayta ishga tushurilgunga qadar qattiq diskda saqlanib turadi. Tizim qayta ishga tushirilgandan so’ng esa barcha o’zgarishlar o’chib ketadi. Soya rejimi o’chirilganidan so’ng tizim fiksirlangan holatiga qaytadi.
“Soya rejimi” Windowsda – asosan kompyuterdan begona odam yoki yosh bola foydalanganda yoki Internetga kirganda zararkunanda dasturlarni bexosdan tizimga tushib qolishini oldini oladi. Tizimda ishonchsiz manbadan olingan dasturlarni sinab ko’rish va tizim sozlanmalarini o’zgartirish kabi amallarni bajarganda zarar keltirishini oldini olishga ham yordam beradi.
Soya rejimida bajarilgan amallar va o’zgartirishlar tizim qayta ishga tushirilganda o’chib ketadi bu esa soya rejimida ishlash mobaynida tizimga tushgan viruslar, troyan dasturlar, tizim sozlanmalari o’zgartirilgan holatlari daslabki holatiga qaytadi.
1-rasm. Qattiq disk holati Shadow defender interfeysi juda qulay hisoblanib, qattiq disk haqidagi ma’lumotlar raqamlar bilan aniq qilib yozilib qo’yilgan. Agar qattiq disk hajmi to’lib qolgan bo’lsa birdan e’tiborni qaratish uchun qulay hisoblanadi.
Shadow Defender dasturi qaysi operatsion tizim uchun ishlab chiqarilgan?
Shadow Defender dasturida “soya rejimining ” vazifasi nimadan iborat?
Shadow Defender dasturining necha xil xavsizlik rejimi mavjud?
Javoblar:
Shadow Defender dasturi Windows operatsion tizimi uchun ishlab chiqarilgan.
“Soya rejimi”- Windowsda – asosan kompyuterdan begona odam yoki yosh bola foydalanganda yoki Internetga kirganda zararkunanda dasturlarni bexosdan tizimga tushib qolishini oldini oladi. Tizimda ishonchsiz manbadan olingan dasturlarni sinab ko’rish va tizim sozlanmalarini o’zgartirish kabi amallarni bajarganda zarar keltirishini oldini olishga ham yordam beradi.