Mavzu: Shaxsning “men” obrazi va “men” konsepsiyalari. “Men” konsepsiyasi”



Yüklə 28,51 Kb.
səhifə1/2
tarix28.06.2022
ölçüsü28,51 Kb.
#62457
  1   2


Mavzu: Shaxsning “men” obrazi va “men” konsepsiyalari.

Men” konsepsiyasi”(inglizcha self-concept) – insonning o’zi haqidagi tasavvurlarining rivojlanib boruvchi tizimi, uning tarkibiga: a) o’zining jismoniy, intelektual, xarakterologik, ijtimoiy va boshqa xususiyatlarini idrok qilish; b) o’z-o’ziga baho berish; v) shaxsiyatga tasir o’tkazuvchi tashqi omillarni subyektiv idrok etishkiradi. “Men” konsepsiyasi tushunchasi 1950- yillarda fenomenologik, gumanistik psixologiya yo’nalishlari ichida paydo bo’lgan. (A.Maslou, K.Rodjers), bixeviorist va freydistlarga ko’ra, insonning “Men”i uning axloq va rivojlanishning asosiy omili sifatida umumiy ko’rib chiqishiga intilishgan. “Men” konsepsiyasi shakllanishiga simvolik interaksionizm (Ch.Kuli, D.Mid) va identifikatsiyalash konsepsiyasi (E.Erikson) muhim ta’sir ko’rsatgan. Biroq birinchi nazariy ishlanmalar shu yo’lda U.Djeyms tomonidan olib borilgan. U birinchi bo’lib, shaxsning global “Men” ni (Self) o’zaro bog’langan “Men-yaratuvchi” (I) va “Men-obyekt”ga (Me) bo’lgan.


“Men” konsepsiyasini ko’pincha yo’naltirilgan tushunchalar sifatida aniqlanadi, uning ichida uchta tarkibiy qisimlarni ajratadi;

  1. Kongnitiv qism – “Men” qiyofam (ingl. Self-image), o’z ichiga shaxsning o’zi haqida taassurotni qamrab oladi;

  2. Emotsional-qadriyatlar (affektiv) –o’ziga shaxs sifatida, o’z faoliyatiga bo’lgan munosabati. Bu tarkibiy qism, boshqacha aytganda, o’z-o’ziga baho berish tizimini ichiga o’zini baholash tizimi (angl. self-esteem) kiradi;

  3. Axloqiy fe’l-atvor qism, bu kognitiv va baholash qismlarining fe’l-atvorida namoyon bo’lishini xarakterlaydi. Masalan: nutqda, o’zi haqidagi fikrlarda o’zini anglab ko’rsatadi.

“Men” konsepsiyasi – bir butun hosila va uning barcha tarkibiy qismlari mustaqil mantiqiga ega bo’lsa ham, o’zaro chambarchas bog’liqdir. Bu konsepsiya seziladigan va sezilmaydigan jihatlardan iborat va o’zi haqida taqdimotlari, ularning murakkabligi va xilma-xilligi, shaxs uchun ularninng subyektiv ahamiyati, shuningdek, ichki yaxlitli va izchillik, uyg’unlik, vaqtga bardoshliligi nuqtaiy nazardan ta’riflanadi.
Adabiyotlarda “Men” konsepsiyasini yagona tafsifi haligacha mavjud emas.Masalan, R.Berne “Men” konsepsiyasini ierarxiyaga asosalngan tuzilma ko’rinishida taqdim etadi. Uning cho’qqisi global “Men” konsepsiyasi shaxsning o’zi haqida tushunchalarini kiritadi. Bu tushunchalar har xil turlariga xos:
1. Real “Men” (“Men kimman”);
2. Ideal “Men”(“Meni kim bo’lishni istayman - intilaman).
3. Oynali “Men” (“Meni qanday baholashadi).
Bularning har bir turi bir qator jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi- jismoniy “Men”, ijtimoiy “Men”, aqliy “Men”, emotsional “Men” bo’ladi, shaxsning rivojlanishi nufuzli manba sifatida xizmat qiladi, biroq ular orasidagi jiddiy ziddiyatlar shaxsning ichki mojarolar va negativ qayg’urishlar manbasiga aylanishi mumkin.
Shaxsning faoliyatiga ko’ra - organizm, ijtimoiy individ yoki shaxs darajasida namoyon bo’lishiga qarab, “Men” konsepsiyasining uchta bosqichi ajratiladi:
1) ”organizm-muhit” darajasi - jismoniy “Men” obraz, (tana sxemasi) organizmning jismoniy samaradorlikga bo’lgan ehtiyoji;
2) “ijtimoiy individ” darajasida – ijtimoy o’zlikni, jins, yosh, etnik fuqarolik, ijtimoiy rol bular shaxsning jamiytga a’zo bo’lishi ehtiyoji bilan bog’langan.
3) ”Shaxs” darajasida - “Men”ning farqlanuvchi obrazi, o’zi haqidagi fikrlarni aniqlash ehtiyojini ta’minlaydigan, boshqa shaxslar bilan solishtirganda o’zi haqida ta’riflovchi fikrlarini va o’zining noyoblik hissini beruvchi, o’zini ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojni ta’minlovchi daraja.
Amerikalik psixolog U.Jeyms o‘zining psixologik nazariyasida XX asrning boshlaridayoq shaxs «Men» siymosining eng muhim tarkibiy qismi o‘zini hurmat qilishi haqiqatan ham erishgan yutuqlarining kishi da’vogarlik qilgan, mo‘ljallangan narsalarga munosabati bilan belgilanishi haqida umuman to‘g‘ri fikr bildirgan edi. U surati individning real muvaffaqiyatlarini, maxraji esa shaxs intilishlarini ifoda etadigan formulani: muvaffaqiyat, o‘zini hurmat qilish, intilishlarni taklif etgan edi. Ma’lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko‘p kuch va g‘ayrat sarflashi va o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo‘lib, bu ko‘pincha murakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo‘li intilishlarining darajasini pasaytirishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erishganda ham o‘zini hurmat qilish hissi yo‘qolmaydi.
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish hollaridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymosining mavjud bo‘lishiga xavf tug‘diradigan his-tuyg‘ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va mumkin bo‘lgan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo‘llaydigan alohida yo‘naltiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga yaqin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z.Freyd ishlab chiqqan edi. U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi. Z.Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) ongli «Menning muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzurasi» bilan to‘qnashib qoladi va buning natijasida turli o‘zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto‘g‘ri talqin etilishiga yo‘l qo‘ygan edi. Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o‘z maqsadiga erishish yo‘lidagi g‘ovlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan paytda ro‘y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir. Hayot uslubini ishlab chiqishda boshlang’ich nuqta odamning o’zi haqidagi tasavvurlari ekan, o’zini anglashning individual variativligini ko’rib chiqish darkor.
Insonni o’zi haqidagi tasavvurlari, g’oyalari, baholari va xulq-atvor tendensiyalari yig’indisi “Men” konsepsiyasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, “Men” konsepsiyasi subyektni o’zi haqidagi eng umumiy ustanovkalari tizimidir. “Men” konsepsiyasi odamni turli sohalarda muvaffaqiyatini va zaif tomonlarini belgilaydi va 3 ta rolni bajaradi.
Birinchidan – shaxsning ichki o’zaro roziligiga erishishga turtki beradi;
Ikkinchidan – odamni tajribasini izohlaydi;
Uchinchidan – kutishni manbasi bo’ladi.
“Men” konsepsiyasi hamma shaxsiy va xarakterli jarayonlarni muvofiqlashtiruvchisi bo’lib aks etadi. “Men” konsepsiyasi o’zini kelib chiqishiga ko’ra asosan fenotipli havotirni irsiy darajasi va nerv tizimi xususiyatlari bilan mustaxkamlanadigan birlashma. Uni U.Djeyms orginal formulasi bo’yicha hisoblash mumkin. Yoshlikda o’z-o’zini baholash tashqi baholar ta’sirida shakllanadi, bu esa keyinchalik interiorizatsiyalanib o’ziga nisbatan munosabatga aylanadi.

O’z-o’ziga baho berish to’g’ridan to’g’ri shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi va dezadaptatsiyasi bilan bog’liq. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o’ziga-o’zi baho berish haqidagi bugungi ma’lumotlarning ziddiyatli ekanligiga qaramay, o’smirning asotsial va delikvent fe’li va o’ziga-o’zi baho berishning o’zaro bog’liqligi haqida tasavvurlari amalda umumqabul qilingandir. Bahslar esa asosan qonunbuzarning o’z-o’ziga baho berishi qanday holatda salbiy yoki ijobiy ekanligiga borib taqaladi. Empirik tadqiqotlarga asoslangan va eng keng tarqalgan pozitsiyaga ko’ra, o’smir – delinkventlar, va yoshi katta qonunbuzarlarning ham o’ziga-o’zi baho berishi yuqoridir. Shu bilan bog’liq ravishda qayd etiladiki, shaxsning ijtimoiy dezadaptatsiyasi bilan bog’liq yuqori, noadekvat baho keng ixtilof zonasini yoritadi va ma’lum shart – sharoitlarda delingvent fe’l-atvorning namoyon bo’lishiga olib keladi.


Shu bilan birga eksperimental ma’lumotlarga asoslangan boshqa nuqtayi nazar ham mavjud. Ushbu nuqtayi nazar tarafdorlarining fikriga qaraganda, voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o’ziga-o’zi baho berish darajasi boshqa o’smirlarga nisbatan pasroq. Teskari natijalar olingan tadqiqotlarning ko’pchiligi esa, ushbu konsepsiya tarafdorlarining fikricha, metodik nuqtai nazardan to’g’ri emasdir. Bir qator tadqiqotlarda ko’rsatilgandek, yosh jinoyatchilarda hamda “qiyin” o’smirlar bilan shug’ullanuvchi jmoat tashkilotlari e’tiboriga tushganlarda “Men” konsepsiyasi salbiydir. Ushbu yo’nalishdagi ishlarda ko’rsatilganidek, yomon “Men” konsepsiyasi (o’ziga ishonchning zaifligi, rad javobi eshitishdan qo’rqish, o’z-o’ziga baho berishning pasligi) shakllangach, fe’l-atvorning buzilishiga olib keladi. Bunda salbiy “Men” konsepsiyasining quydagi ta’sirlari ajratib ko’rsatiladi. (X.Remshmidt):

  1. O’z-o’ziga bo’lgan hurmatning pasayishi va ko’pincha buning oqibatida ijtimoiy tanazzul, agressivlik va jinoyatchilik.

  2. Qiyin vaziyatlarda konformistik reaksiyalar stimulyatsiyasi bo’lib, bunday yosh odamlar guruhlarning ta’siriga juda tez tushadi va jinoiy hatti-xarakatlarga kirishib ketadi.

  3. Idrokdagi chuqur o’zgarishlar o’zini salbiy baholaydigan yosh insonlar yaxshi ishlar bajarayotganini bazo’r idrok etadi, chunki o’zini bunday ishlarga qodir emas deb hisoblaydi.


Umuman olganda, qayd etib o’tish kerakki, zamonaviy psixologiyada o’smir qonunbuzarning o’ziga past yoki yuqori baho berish haqidagi ma’lumotlarda ma’lum qarama-qarshiliklar ko’zga tashlanadi. Bunday ziddiyat paydo bo’lganda, fanda boshqacha konsepsiya, tavsifiy kuchga ega va ziddiyatlarni hal qiluvchi uchinchi yondashuvni ishlab chiqishga bo’lgan ehtiyoj dolzarblashadi.
Zigmund Freyd shaxs nazariyasini rivojlantirish barobarida boshqa olimlarning fikrlariga qarshi chiqqan holda, nisbatan boshqacharoq tarzda asoslab bergan. Uning fikriga ko‘ra «individ — doimo jamiyat bilan nizoda bo‘ladi» deb ta’kidlaydi. Ya’ni «insonning biologik ehtiyojlari (ayniqsa jinsiy ehtiyojlari) jamiyatdagi mavjud madaniyat me’yorlariga zid boiib, shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayonida bu me’yorlar bilan albatta to‘qnash keladi.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi, ya’ni o‘zidagi mavjud sifatlarni konkret baholash jarayoni ko‘pincha shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o‘zidagi jamiyat me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan yomon sifatlarni anglamaslikka, bekitishga harakat .qiladi. Hattoki bunday tasavvurlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi. Bu ataylab qilinadigan ish bo‘lmay, u har bir shaxsdagi o‘z shaxsiyatini o‘ziga xos psixologik himoyalash mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko‘pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi.
Z. Freydning klassik psixoanaliz nazariyasiga ko‘ra, «Men» konsepsiyasi inson psixikasining strukturali komponenti hisoblanadi, boshqacha aytganda, Zigmund Freyd shaxs shakllanishining psixik strukturasini uch asosiy qismga bo‘lib ko‘rsatadi:
1. Id («U»). Bu shaxsga berilgan tug‘ma reflekslar bilan bogliq holda mavjud bo‘lgan instinktiv ehtiyojlarning asosi. Rohat olish uchun yo‘naltirilgan energiya manbai. «U» organizmning ovqatlanishi va kerakli ehtiyojlarini qondirish funksiyasini bajaradi.
2. Ego («Men»). Insonning atrof-muhitda o‘zini tutishini, xulq-atvorini yo‘lga solib turadigan funksiyani bajaradi. Ego reallik prinsipi orqali boshqariladi. Masalan, inson och qolganda, Ego uni zaharli mevalarni iste’mol qilishdan asrab qoladi, ya’ni taqiqlab qo‘yadi.
3. Superego («Oliy Men»). U ideal ota-ona funksiyasini bajaradi. Superego insonning xulq-atvorini yo‘lga solib turadi va ota-onalarning standartlariga asosan uning jamiyatda shakllanishiga yordam beradi.
Bu uchta komponent bolaning shaxs bo‘lib shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bolalar reallik prinsipiga, shuningdek, Ego va Superegoning talablariga rioya qilishlari kerak. Ego Super egoning jazolashlari va xatti-harakatlari uchun javobgardir. Shu orqali inson o‘z aybini va mag‘rurligini his qiladi.Freyd nazariyasiga kola, jamiyatda tarixan tarkib topgan odatlar, axloqiy prinsiplar, ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tufayli jinsiy mayl to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘siladi. Shuning uchun ham ba’zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayl bilan anglab turilgan vaziyat o‘rtasida ichki ruhiy nizo paydo bo‘ladi, bunday to‘qnashuvlar ba’zan barqaror asab kasalliklariga (nevrozga) olib keladi. Kishilik jamiyatida ko‘pchilik kishilarning hayoti davomida bu tabiiy ongsiz mayl energiyasi mehnat faoliyatiga, aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va sarf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko‘chirilishi sublimatsiya deyiladi.
«Men» siymosi — ijtimoiy munosabatlarning ham shart-sharoiti, ham oqibatidir. Mutaxassislar shaxsda amalda birgina uning «Men» siymosini emas, balki, navbatma-navbat goh o‘zini anglashi, goh muayyan vaziyatda o‘zining ahamiyatini yo‘qotadigan ijtimoiy o‘zaro birgalikdagi harakatni qo‘yadigan va bir-birining o‘rnini egallab turadigan ko‘plab «Men» siymolar bo‘lishini qayd etishadi. O‘spirinlik davriga xos bo‘lgan talabchanlik asosida u «men o‘zimni yomon ko‘raman» deb gapirganda yoki o‘ylaganda, bunday baho berishni o‘spirinning «Men» siymosiga beradigan barqaror tasnifi sifatida tushunmaslik kerak. Ozgina vaqtdan keyin uning o‘zi haqidagi tasavvurlari butunlay qarama-qarshi tomonga o‘zgarib qolishi ham ko‘p kuzatiladigan holatdir.
L.S. Vigotskiyning ta’rifiga ko‘ra, o‘z-o‘zini anglash bu — insonning o‘zi haqidagi tasavvurlarining dinamik tizimi bo‘lib, o‘zining jismoniy, intellektual va boshqa turli sifatlarini anglash bilan yuzaga keladi. Ushbu sifatlariga o‘z-o‘zining beradigan bahosida tashqi omillar, munosabatlar ham ta’sir etishi mumkin.
O‘z-o‘zini anglash ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlash bu muammoning aynan ijtimoiy psixologik mohiyatga ega ekanligini anglashga yordam beradi. «Men» obrazi ma’lum vaziyatlarga qarab farqlanishi mumkin (masaian, individning o‘zini his qilishi, kayfiyati ham bunga ta’sir ko‘rsatadi), inson o‘zining muayyan fazilatlarini sezishi O‘z-o‘zini anglash natijasida yuzaga keladi.



Yüklə 28,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin