Iqtisodiyot asoslari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
iqtisodiyot asoslari



 
 
 
 
 
 
IQTISODIYOT ASOSLARI
(AKT bo‘yicha mutahassislar uchun) 
O‘QUV QO‘LLANMA O‘ZBEK NEMIS TAJRIBA 
LOYIHASI BO‘YICHA “AXBOROT VA TELEKOMMUNI-
KATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI KASBIY 
TA’LIMGA KO‘MAKLASHISH-KOOPERATSIYA 
LOYIHASI” DOIRASIDA ISHLAB CHIQARILGAN 
«FAN VA TEXNOLOGIYA» 

2006 
Iqtisodiyot asoslari (AKT bo‘yicha mutahassislar uchun). T., 



«Fan va texnologiya», 2006, 156 bet. 
Ishlab chiquvchi: 
O.Shmigun
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2006. 



 
KIRISH 
 
Iqtisodiyot so‘zi nimani anglatadi? 
Birinchidan, odamlarning o‘zlari iste’mol qilishlari uchun zarur bo‘lgan 
ne’matlarni yaratishga qaratilgan faoliyatini tashkil qilish usulini shunday 
deb ataydilar «iqtisodiyot-ekonomika» so‘zining ma’nosining sinonimi 
«xo‘jalik» tushunchasidir. 
Ikkinchidan, «iqtisodiyot» odamlar cheklangan resurslardan o‘zlarining 
hayotiy ne’matlariga bo‘lgan talablarni qondirishda qanday foydala-
nayotganliklarini o‘rganuvchi fandir. 
Bu fanning nomi Qadimiy Yunonistonning buyuk olimi Aristotel 
tomonidan ikki so‘z: «oykos» – xo‘jalik va «nomos» – qonun so‘zlarini 
qo‘shish yo‘li bilan berilgan. Shuning uchun ham «ekonomika» – iqti-
sodiyot» yunonchadan aynan tarjima qilinganda «xo‘jalik qonunlari» 
ma’nosini bildiradi. Iqtisodiyot fani odamlarning o‘zlarini tutishini 
o‘rganishi sababi, garchi unda ishlatiladigan tadqiqot usullari matematika va 
turli xil jadvallarning kengroq ishlatilishini, qo‘llanilishini taqozo etsa ham, 
xuddi tarix yoki falsafasi kabi ijtimoiy fanlar toifasiga kiritilgan. 
Nobel mukofoti sovrindori, amerikalik iqtisodchi, professor Pol Samu-
elson iqtisodiy nazariyaga shunday ta’rif beradi: «Iqtisodiy nazariya – bu 
ishlab chiqarish va odamlar o‘rtasidagi almashinuv bo‘yicha faoliyat 
haqidagi fandir. U iqtisodiy hayotning harakatini, narxlarining ishlab 
chiqarishini, ishsizlikning rivojlanishidagi tendensiyalarni o‘rganadi. Ana 
shu holatlar o‘rganib borilgan sari iqtisodiyot hukumat uning vositasida 
iqtisodiy hayotga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan buyuk siyosatni ishlab chi-
qishga yordam beradi. 
Iqtisodiyot nazariyasi – tanlash ilmidir. U turli xil tovarlarni ishlab 
chiqarish va jamiyatning turli xil a’zolari o‘rtasida taqsimlash uchun odamlar 
cheklangan ishlab chiqarish resurslari (yer, mehnat, uskunalar, texnik 
bilimlar)dan foydalanishning qaysi usullarini tanlashlarini o‘rganadi. U odam 
o‘zining iste’mol va ishlab chiqarishni tashkil qilish muammolarni qay tarzda 
hal qilayotganligini o‘rganadi, pulni, foiz me’yorini, kapital va boylikni 
tadqiq qiladi». 




Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin