1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə1/60
tarix07.01.2024
ölçüsü1,01 Mb.
#207743
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019


1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish.
1.1-Mavzu: Avtomatlashtirish texnik vositalari rivojining asosiy bosqishlari va hozirgi zamon yo`nalishlari. Avtomatlashtirishning texnik vositlarining klassifikatsiyasi, qo`llash sohalari va tipik tavsiflari. Texnik vosita komplekslari.
Reja:
1. Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari va hozirgi zamon yo`nalishlari.
2. Avtomatlashtirish texnik vositlarining klassifikatsiyasi, qo`llash sohalari va tipik tavsiflari.
3. Texnik vosita komplekslari.

Tayanch so`z va iboralar: texnik vosita, elektrli texnik vosita, pnevmatik texnik vosita, gidravlik texnik vosita, boshqaruvchi hisoblash mashinasi, taqsimlangan tizim, boshqarishning integrallashgan tizimi, boshqarishning intellektual tizimi, datchiklar, ijro mexanizmlari, rostlash organlari, analog-raqamli rostlash qurilmasi, analog-raqamli va raqamli-analog o`zgartirgichlar, hotira qurilmasi.

Mazkur fan bakalavr yo`nalishi bituruvchi guruhlariga o`tiladigan fanlardan biri hisoblanib, mutahassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fangacha o`tilgan fanlar talabalarning fanni yaxshi o`zlashtirishiga zamin yaratadi. Fan o`z ichiga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ishtirok etadigan ko`plab asosiy texnik vositalarni qamrab oladi va ular qanday turlarga bo`linadi, qaysi texnologik jarayonlarda ishlatiladi, qanday texnik hususiyatlarga ega ekanligi va shu kabilar to`g’risida ma’lumotlar beradi.


Yurtimizda sanoat sohasi juda jadal rivojlanayotganligini inobatga olsak, zamonaviy ichlab chiqarishda yangi turdagi avtomatlashtirishning texnik vositalaridan foydalanilyotganiga guvoh bo`lamiz. Sanoatning rivojlanishi yurtimiz iqtisodiyotining yuksalishiga hizmat qilishi barchamizga ma’lum. Avtomatlashtirishning texnik vositalarini rivojlantish orqali sanoatning avtomatlashtirish darajasini oshirish mumkin.
Fanni o`rganishdan maqsad avtomatlashtirishning texnik vositalarini yaxshi o`rganib, uning imkoniyatlarini his qilagan holda avtomatlashtirish sohasiga to`g’ri tadbiq qilishdan va ulardan samarali foydalanishdan iborat.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin