Mavzu: sporalilar sinfi



Yüklə 0,66 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#39352
Презентация Microsoft PowerPoint

MAVZU: SPORALILAR SINFI

REJA:

  • Morfologik tuzilishi
  • Bezgak paraziti
  • Koksidiylar
  • Toksoplazma

MORFOLOGIK TUZILISHI

  • Sporalilar (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub gʻayvonlar tipi. Xivchinlilardan kelib chiqqan. S. turli hayvonlar va odamning hujayra, toʻqima va organlarida parazitlik qilib, ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit hayot kechirish taʼsirida tana tuzilishi birmuncha soddalashgan. Harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot sikli spora xrsil qilish bilan tugallanadi; spora qobigʻi parazitni noqulay muhit taʼsiridan himoya qiladi

BEZGAK PARAZITI

  • Bezgak (ital. malaria, mala aria — badboʻy havo) — bezgak plazmodiylari qoʻzgʻatadigan invazion kasallik; isitma tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir bulishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi. B. plaz-modiysi toʻrt xil, shunga koʻra B.ning uch kunlik, toʻrt kunlik, tropik va Afrika xillari bor. B. plazmodiysi B. chivini va odam organizmida koʻpayib, rivojlanadi. Kasallik manbai bemor va B. chivini (asosan urgʻochisi) hisoblanadi. B. plazmodiysi B. bilan ogʻrigan bemor organizmida jinssiz (shizogoniya), kasallikni tashib yuruvchi — anofeles chivini tanasida esa jinsiy yoʻl bilan rivojlanadi. Kasallik sogʻlom odamga chivin chaqqanda, odam organizmiga uning soʻlagi orqali qoʻzgʻatuvchilar tushganda yuqadi. Qon oqimi bilan ular jigarga tushadi, bu yerda rivojlanishning birinchi (toʻqima) sikli roʻy beradi, soʻngra yana qonga tushadi va erit-rotsitlar ichiga kirib oladi, bu yerda ikkinchi (eritrotsitar) rivojlanish sikli oʻtib, eritrotsitlarning parchalanishi va qonga koʻp miqsorda qoʻzgʻatuvchilar chiqishi bilan tugallanadi, bu odamni isitma tutishi bilan oʻtadi. Qoʻzgʻatuvchi odam organizmida 10—14 kungacha (baʼzan, bir yilgacha va bundan koʻproq) boʻlib, kasallik belgilarini qoʻzgʻatmasligi mumkin (inkubatsion yoki yashirin davr).

BEZGAK PARAZIT RIVOJLANISHI SIKLI

BEZGAKNI ERITROSITDA RIVOJLANISHI

KOKSIDIYALAR

KOKSIDIYALAR TUZILISHI

  • Toksoplazma - Toxoplasma gondii. Toksoplazmalar ayrim issiq qonli hayvonlar
  • (gomoyoterm) - kalamushlar, sichqonlar, yirtqich va barcha uy hayvonlari (sutemizuvchilar,
  • qushlar) va odamning deyarli barcha a'zolari va tizimlarida parazitlik qiladi.
  • Toksoplazmalar keltirib chiqaradigan kasallik toksoplazmoz deb ataladi. Bu kasallik
  • O'rta Osiyo mamlakatlari va Qozog'istonda hayvon va odamlar orasida uchrab turadi.
  • Birinchi marta fransuz olimlari Nikol va Manso 1908 -yilda Jazoirda Ctenodactyluc gondii
  • turiga oid kalamushlarda mazkur parazitni topib, uning sodda hayvonlar tipiga mansub
  • ekanligini isbot qiladilar.

KOKSIDIYANI RIVOJLANISHI

KOKSIDIYALAR TURLARI

TOKSAPLAZMA

  • Keyinchalik toksoplazmalar odam va hayvonlarda parazitlik qilishi va toksoplazmoz
  • kasalligiga sabab bo'lishi aniqlandi. Lekin faqat 1970-yillarga kelib ulami elektron mikroskopda
  • tekshirib va rivojlanish sikliga (Koksidiyalarga xos) asoslanib, toksoplazmani
  • sporalilar sinfi, koksidiyalar turkumiga kiritildi. Toksoplazmalar odam va hayvonlarning
  • turli a'zolaridagi hujayralarida topilgan, masalan, bosh miyada, tana mushaklarida, ko'zda,
  • bachadonda, homila pardasida va boshqa a'zolarda.

TOKSOPLAZMANI MORFOLOGIK TUZILISHI

  • Morfologik tuzilishi. Toksoplazmaning tuzilishi yarim oysimon bo'lib, shakli limon va
  • apelsin tilimiga o'xshaydi. Tanasining bir uchi to'mtoq, ikkinchi uchi uchli bo'lib, uzunligi
  • 4-8 mkm, erii 2-4 mkm gacha bo'ladi. Sitoplazma markazida 1-2 mkm kattalik- dagi yadro
  • joylashadi. Romanovskiy-Simza usulida bo'yalganda yadro qizil-binafsha, sitoplazma esa
  • zangori-kulrangga bo'yaladiElektron mikroskop ostida ko'rilganda tanasining uchli tomonida spiralsimon o'ralgan
  • miofibrillalar bo'lib, ular konoid deb ataladi. Konoid yordamida toksoplazma xo'jayinning
  • to'qima hujayralariga kirib oladi. Bezgak plazmodiyalari kabi toksoplazma hujayra ichida
  • parazitlik qiladi va osmotik usulda oziqlanadi.

TOKSOPLAZMANI MORFOLOGIK TUZILISHI

HAYOTIY SIKLI

Demak, toksoplazmaning asosiy xo'jayinlari mushuk va mushuksimonlar oilasiga

kimvchi hayvonlardir. Oraliq xo'jayinlar esa turli qushtar, sutemizuvchilar va odam h isoblanadi.

Ko'pchilik koksidiyalardan farq qilib, toksoplazma uchun deyarli hamma is siq

qonli hayvonlar oraliq xo'jayin bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, jinssiz yo'l bilan

hosil bo'lgan yangi parazitlar asosiy xo'jayinga o'tmasdan yana boshqa oraliq xo'jayinlarda

ham kasal chaqirishi mumkin. Shunday qilib, toksoplazmaning taraqqiy ot sikli

xo'jayinlarni almashishi bilan boradi.

HAYOTIY SIKLI

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT DOIMO SOG’-SALOMAT BO’LING!!!


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin