Mavzu: Sport fiziologiyasi



Yüklə 53,72 Kb.
səhifə1/5
tarix17.03.2023
ölçüsü53,72 Kb.
#88442
  1   2   3   4   5
reabilitologiya 1


Mavzu: Sport fiziologiyasi
Re’ja:
1: Sport fiziologiyasi nima?
2: Sport fiziologiyasining tibbiyotdagi ahamiyati.
3. JISMONIY MASHQLARNING ODAM ORGANIZMI FUNKSIYALARIGA TA’SIRI
4. Individual rivojlanishda davomida odam organizmi funksiyalarining jismoniy mashqlarga moslashib borishi

Sport fiziologiyasi – sport tibbiyotining bir sohasi bo’lib sportchida ro’y beradigan barcha fiziologik o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Qon, Yurak qon tomir tizimi, nafas tizimi, tayanch harakat tizimi, nerv sistemasi, ovqat hazm qilish tizimi, energiya almashinuvlarida boradigan jarayonlarni o’z ichiga oladigan jarayondir
Jismoniy mashqlarning qon tarkibiga ta’siri.
Qon tarkibi, uning fizik-kimyoviy o‘zgarishlari mushaklarning faoliyatiga bog‘liq. Jismoniy mashqlar natijasida qon reaksiyasini muvozanatlantiruvchi barcha fiziologik mexanizmlar ishga solinadi. Mushaklar shiddat bilan ishlayotganda qon reaksiyasi kislotali (asidoz) tomonga siljiydi. Masalan, biron masofaga yugurganda qonning faol pH reaksiyasi 6.95-ni tashkil etadi. Asta-sekin yugurganda pH kamroq o‘zgaradi va tez vaqt o‘tmasdan bu o‘zgargan reaksiya tiklanib darrov o‘z me’yoriga qaytadi. Qon reaksiyasini bir darajada saqlaydigan qobiliyati zaxiraviy ishqor ko‘rsatkichi hisobidan amalga oshiriladi, jismoniy mashq bilan shug‘ullanadigan kishilarda shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan 10-15% yuqori turadi. Jismoniy mashqlar vaqtida qondagi sut kislota konsentratsiyasi 75-86 ml% (me’yorda 10-20 ml%) ga teng bo‘ladi. Qonning yopishqoqligi ham jismoniy mashqlar davomiyligiga qarab o‘zgaradi, uzoq muddatli mashg‘ulotlardan keyin 10% ga oshadi. Bu o‘zgarishlar asosan qonning shaklli elementlari miqdori (eritrositlar, leykositlar, trombositlar) o‘zgarganligi bilan ifodalanadi, shu sababli qon reaksiyasi kislotali tomonga siljiydi. Jismoniy mashqlar natijasida organizmda ter ishlab chiqaruvchi bezlar va buyraklar orqali ko‘p miqdorda suv yo‘qotiladi. Shuning uchun qonning yopishqoqlik xususiyati oshadi va shu sababli yurak-qon tomirlar tizimining faoliyati qiyinlashadi.
Mushak ishlayotgan vaqtda qonda leykositlar miqdori oshib, miogen leykositoz kuzatiladi. Uning darajasi sportning turiga bog‘liq ekanligi ilk bor A.Yegorov tomonidan o‘rganilgan. 108 Miogen leykositozning uch fazasi mavjud: birinchi faza - limfositar leykositoz deb ataladi. Qonda leykositlar miqdorining oshib ketishi (10 ming 1 mm3 qonda) va limfositlarning 40-50 % gacha oshganligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi faza (birinchi neytrofil faza) leykositlarning umumiy miqdori 12-18 minggacha yetadi, neytrofillarning miqdori esa 70-80 ga oshadi; shulardan yosh neytrofillar 2 % -ni, tayoqchasimon neytrofillar esa 10-15% ni tashkil qiladi, ammo limfositlarning umumiy miqdori 15-20% gacha va eozinofillar miqdori 1-2% gacha kamayadi. Bu faza davomida ilikda qon ishlab chiqaruvchi a’zolarining faoliyati kuchayadi, ulardan leykositlar ko‘p miqdorda hosil bo‘laveradi. Uchinchi fazada (ikkinchi neytrofil faza) qonda leykositlarning miqdori yanada oshib, 1mm3 qonda 20-50 minggacha yetadi; yosh neytrofillar 3-4% gacha, tayoqchasimon neytrofillar 20- 30% gacha oshadi, ammo limfositlarning miqdori 3-10% gacha kamayadi, eozinofillar esa vaqtincha qonda yo‘q bo‘ladi. Shunday qilib, shiddatli jismoniy mashqlar natijasida mushaklarning funksional faoliyati o‘zgaradi. Shu bilan birga qon tarkibida ham morfologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Birinchi navbatda miogen leykositozning limfositar fazasi kuzatilib, undan keyin birinchi va ikkinchi neytrofil fazalari amalga osha boshlaydi. Miogen leykositoz murakkab ko‘p bosqichli jarayon hisoblanib, uzoq muddatli va tiklanuvchi davrlardan iborat. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq muddatli va shiddatli jismoniy mashqlardan keyin (masalan, marafon yugurishda) leykositlarning umumiy miqdori 2-3 kecha kunduz davomida o‘z me’yoriga qaytmaydi.
Mushak faoliyati natijasida qon plastinkalari (trombositlar) miqdori ham oshadi. Bu miogen trombositoz deyiladi. Trombositlarning miqdori ikki va hatto undan ham ko‘proq oshganligi og‘ir va shiddatli mushak faoliyatidan dalolat beradi. Trombositlarning umumiy miqdori nafaqat jismoniy faoliyat jarayonida, balki jismoniy mashqlardan bir necha kun o‘tgandan keyin ham o‘z me’yoriga qaytmaydi. Jismoniy mashqlar davomida trombositlar miqdorining oshmasligi, 109 qonning ivish jarayoniga ta’sir yetkazib, uni tezlashtiradi. Buni sportchilarda marafon yugurish va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanganda kuzatish mumkin. Miogen leykositoz, miogen trombositoz hamda qon ivish vaqtining kamayishi himoyalanuvchi ahamiyatga ega. Bu biologik mantiqiy jarayonlar hisoblanadi, chunki mushak faoliyati natijasida paydo bo‘lgan funksional o‘zgarishlar organizmning himoyalash reaksiyalariga qaratilgan biologik reaksiyadir


Yüklə 53,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin