Mavzu: statistik kuzatish uslubiyati reja: Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha
Mavzu:STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI Reja: 1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha 2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari 3. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalari hamda statistik kuzatish ma’lumotlarini qabul qilish va uni nazorati 4. Statistikada jamlash: turlari va mohiyati 5. Guruhlash metodi: mohiyati,ahamiyati va turlari
Statistik kuzatish deganda o‘rganiladigan ommaviy ijtimoiy hodisa va voqealar bo‘yicha kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, yig‘ish jarayoni tushuniladi.
Statistik kuzatishning uslubiy dasturi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. Kuzatish maqsadi va vazifalari
2. Kuzatish dasturi
3. Kuzatish obyekti
4. Kuzatish birligi
5. Kuzatish formulyari va yo‘riqnomasi
Statistik kuzatishning obyekti va birligi
Kuzatish obyekti deganda o‘rganiladigan ijtimoiy hodisalar birliklarining to‘plami tushuniladi.
Masalan:
aholini ro‘yxatga olishda
statistik kuzatish obyekti mamlakat va uning barcha hududlarida yashayotgan barcha shaxslar hisoblanadi.
Statistik kuzatish obyektini chegaralash ma’lum belgilar aso-sida amalga oshirilishi kerak. Bular sirasida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Kuzatiladigan hodisaning qaysi korxona turiga yoki xalq xo‘jaligi tarmoqlarining qaysi turiga tegishliligi
Olinadigan ma’lumotlarning qaysi hududga tegishliligi
Olinadigan ma’lumotlarning qaysi davrga, vaqtga tegishli-ligi
Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari
Ijtimoiy hodisalarni kuzatish statistikada quyidagi ikki shakl-da tashkil qilinadi:
– statistik hisobot
– maxsus statistik kuzatish tekshiruvi
Joriy kuzatish deganda u yoki bu hodisalarni sodir bo‘lishi bilan uzluksiz yozib borish (qayd qilish)ga tushuniladi. Bu kuzatishni uzluksiz kuzatish deb atash mumkin.
Davriy kuzatish deganda hodisalar sodir bo‘lgandan so‘ng ma’lum vaqt ichida ularning qayd qilinishi tushuniladi. Bunday kuzatishlar odatda teng vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi, ijtimo-iy hodisalarni 5 kunda, oyda, chorakda, yilda va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |