Mavzu: tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari a gigiyenik omillar reja



Yüklə 24,58 Kb.
səhifə1/3
tarix19.10.2023
ölçüsü24,58 Kb.
#157563
  1   2   3
Mavzu tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari a gigiyenik omill-fayllar.org


Mavzu: tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari a gigiyenik omillar reja

MAVZU: TABIATNING SOG‘LOMLASHTIRUVCHI KUCHLARI A GIGIYENIK OMILLAR


Reja:
  1. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari


  2. Gigiyena, shaxsiy va jamoat gigiyenasi





  1. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari

Jismoniy tarbiya jarayonida havo, quyosh nuri, suv tabiatning sog’lomlashtaruvchi kuchlaridan vosita sifatida foydalaniladi. Insonning moddiy va ma’naviy hayot sharoiti, turmushi davomidagi moddiy ne’mat yaratish, yashashi jarayoni tashqi muxitning har xil holatiga to’g’ri kelishi mumkin. Bunga ko’nikish, unga tayyor bo’lish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning in’omi - havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustaxkamlashning asosiy vositasi, deb qaraladi.


Jismoniy tarbiya jarayoni mashg’ulotlari ochiq havoda, quyosh nurida va boshqalardan ijobiy foydalanish bilan tashkillansa, jismoniy mashqlarning samaradorligi ortadi. Quyosh nuri, havoning namligi yoki quruqligi, suv-yomg’ir ostida mashqlanish, mehnat qilish, shug’ullanuvchi organizmiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Faqat jismoniy yuklamaning ortishi yoki kamayishi bilangina emas, organizmda kechadigan modda almashinuvi va boshqa funktsional almashinuvlarga ta’sir qilishi amalda isbotlangan.
Cho’milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug’i organizmni tabiatning yoki tashqi muhitning zararli oqibatlariga bardoshlilikka o’rgatash jismoniy tarbiya jarayonini tashkillashda jonajon diyorimizning geografik, ijtimiy va ekologik holatining turli xilligini xisobga olishning hozirgi kundagi ahamiyati e’tiborga loyiq.
Afsuski, hozirgacha barcha viloyatlar va xududlar uchun tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini yaratish muammosi hal qilinmagan. Masalan, quyosh nuri ostida shug’ullanish, suv yoki havo namligi, quruqligidan foydalanishda soat 10.00 dan 12.00 gacha quyosh nurining organizmga ta’siri Buxoroda, Farg’onadagiga nisbatan boshqacha ta’sir kuchiga ega.
Ultrabinafsha nurlarining yetib kelishi va ta’siri qayd qilingan viloyatlarning geografik o’rni, ekologik muxiti biri-biridan farq qiladi, ta’sir kuchi ham turlicha. Shunga ko’ra oftobda toblanish yoki qanday haroratda necha soat shug’ullanish, havo namligi darajasining necha foyizi organizmning funktsional tayyorgarligiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi ilmiy asoslanmagan.
Jismoniy mashqlarning me’yori, yuklamaning umumiy miqdori, mashqning intensivligini e’tibordan chetda qoldirish, yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarini xisobga olmasdan suv, havo namligi yoki quruqligi, quyosh nurida toblanish tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan foydalanishda salbiy natijalarga olib kelishini unutmasligimiz lozim.
Shug’ullanuvchilarga quyosh vannasi, suvda chiniqishning nazariy bilimlari va ulardan tizimli foydalanish, havoning o’zgarishi organizmning issiq-sovuqqa, keskin o’zgarishlarga tez moslashishi individning yoshligidan yo’lga qo’yishning samarasi katta. Har tomonlama chiniqtirish tabiatning sog’lomlashtiruvchi omillarini turli jismoniy mashqlarni bajarish bilan qo’shib olib borilishi tashqi muxitning salbiy ta’sirlariga organizmning qarshilik ko’rsata olish qobiliyatini yanada oshiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida erishilgan chiniqishning samarasi “ko’chuvchan” bo’ladi, ya’ni u insonning boshqa faoliyati (asosan, mehnat, harbiy xizmat)da namoyon bo’ladi va jismoniy tarbiya jarayonining hayotiy amaliyligini isbotlaydi. Qolaversa ruhiy irodaviy xislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa chayqalish tebranish, me’yorsiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek yuqori jismoniy tayyorgarlik vazifalarini oson hal qilishga yordam beradi.
Gigienik omillar jismoniy tarbiya jarayonining umumiy maqsadini, vazifalarini hal qilishning vositalaridan biri. Shug’ullanuvchilar salomatligi profillaktikasini yo’lga qo’yish, organizmning optimal hayotiy faoliyati uchun lozim bo’lgan sharoitlarni yaratish, sog’liqni yaxshilash va uning uzoq umr ko’rishini ta’minlash orqali hayoti davomida yuqori ishchanligini oshirishga yordam berishdan iborat.
Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigiyenasi talablarini o’zida mujassamlashtiradi. Shaxsiy gigiyena umumiy gigiyena qoidalarini o’z ichiga oladi, ular: aqliy va jismoniy mehnatni to’g’ri navbatlashtirish, jismoniy madaniyat mashg’ulotlari bilan shug’ullunish, ovqatlanishning sifati va me’yori, mehnatning aktiv dam olish bilan to’g’ri navbatlashuvi, to’laqonli uyqu.
Shaxsiy gigiyena tarkibiga o’z vujudining tozaligi, soch, tirnoq, og’iz bo’shlig’ining tozaligi, toza kiyim-bosh (sport formasi) sport anjomlari, jihozlarning, sport inshootlaridagi tozalik, tashqi muhitning zararli faktorlari va boshqalar kiradi. Ulardan jismoniy tarbiya darslari, jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish mashg’ulotlari, sport trenirovkalari, sog’lomlashtirish trenirovkalarida maqsadli foydalanish jismoniy mashqlarning ta’sirchanligini, jismoniy tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishi isbotlagan.
Gigiyenik talab va normalarning hayotiy - amaliyligi, ularni qo’llashga sharoitning yetarli darajadaligi ta’lim, tarbiya jarayonining moddiy-texnik bazasini, sport anjomlari, jihozlar va mavjud kiyimboshlardan belgilangan muddat davomida foydalanishga imkoniyat yaratadi.
Pedagogik jarayon qanchalik puxta tashkillanmasin, ovqatlanish, uyqu kun tartibiga rioya qilinmasa, shuningdek, mashg’ulotlar tibbiyot tapablariga javob bermaydngan joy va jihozlar bilan o’tkazilsa, ular albatta samarasiz bo’ladi. Manashuning uchun ham mamlakatimiz ta’lim tizimi o’quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturlariga gigiyenaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy ma’lumotlar, mavzular tavsiya qilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashqaridagi insonning hayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya jarayoni tarkibidagn vositalardir. Gigenik omillar jismoniy tarbiyaning maxsus yetakchi vositasi xisoblanmasa ham, jismoniy tarbiyaning vazifasini to’laqonli hal qilish uchun ahamiyati katta.
Jismoniy mashqlar, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni rotsional qo’llash inson salomatligini mustaxkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarini me’yorli rivojlanishiga zamin yaratadi. Mashg’ulotlar inson hayotiy faoliyatining organik qismiga aylansa, jismoniy tarbiya tizimi o’zining maqsadi va vazifalarini ijobiy hal qilishga qodir jismoniy tarbiya vositalariga ega degan xulosa qilish o’rinli bo’ladi.



  1. Yüklə 24,58 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin