Innovatsiyalarni moliyalashtirishning ba’zi bir manbalarini qisqacha ko‘rib chiqamiz. Innovatsiyalarni moliyalashtirishning muhim manbasi federal (davlat) byudjetidir. Maxalliy byudjetlar ham innovatsiyalarni moliyalashtirishning manbalari ekanligini ta’kidlaymiz. Innovatsiyalarga bo‘lgan federal byudjet xarajatlari byudjetning “Fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnik taraqqiyotga ko‘maklashish” nomli alohida moddasida aks ettirilgan. Bundan tashqari, davlat byudjetda innovatsiyalarga bo‘lgan xarajatlar (sohalar bo‘yicha) idoraviy xarajatlar tarkibida – “Ilmiy-texnik taraqqiyotning istiqbolli texnologiyalari va ustuvor yo‘nalishlari ishlanmasi” moddasida nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qaroriga muvofiq: “Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratilgan hamda shu maqsadlar uch Innovatsion faoliyatda byudjet hisobidan moliyalashtirish ob’ektlari quyidagilar: 1) ilmiy-texnik taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari; 2) maqsadli byudjet fondlari; 3) fan sektorlari, yetakchi fundamental va izlanish tadqiqotlari. Ilmiy-texnik taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha davlat byudjetdan davlat innovatsion dasturlar, davlat ilmiy-texnik va xalqaro dasturlari moliyalashtiriladi.
Innovatsiya jarayonini moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar
Innovatsiya jarayonini moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalaridan biri – byudjetdan tashqari fondlardir. Ular innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari sifatida innovatsion jarayonni boshqarishning barcha darajalarida: davlat, soha, hududiy,
institutsional (korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy-texnik institutlari) darajasida faoliyat ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari fondlar mazmuni, ahamiyati va vujudga kelish xususiyatlarini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
Korxonalarning qayta qurilishi va qayta qurollanishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning prinsipial yangi shakllarini qo‘llash, prinsipial yangiliklarni o‘zlashtirish va hokazolar zarurati katta resurslar bo‘lishligini va ularning tezkor qayta taqsimlanishini talab etadi. Ma’lumki, davlat byudjeti – moliya resurslari vujudga kelishining samarali shakllaridan biridir. Biroq byudjet mablag‘larini ishlatish qonunchilik organlari tomonidan tartibga solinadi, shu bois mablag‘larni tezkor qayta taqsimlash masalasi bo‘lishi mumkin emas.
Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi, davlat mulkchilik ulushining qisqarishi mablag‘larni qayta taqsimlashning yangi usullaridan foydalanishni talab qilib, moliya resurslari vujudga kelishining boshqa shakllari – byudjetdan tashqari fondlarning tashkil etilishiga sabab bo‘ladi. Ular tezkor qayta taqsimlanishi va ishlatilishi mumkin, chunki byudjetdan tashqari fondlar faqat ijro etuvchi organlari tomonidan tartibga solinib, qonunchilik organlari tomonidan esa nazorat qilinmaydi. Albatta, mablag‘larni qayta taqsimlash, qaror qabul qilish tezkorligi bilan bog‘liq masalalar boshqa yo‘l bilan hal etilishi mumkin. Masalan, davlat yoki mahalliy byudjetdan maqsadli vazifa va loyihalar, shu jumladan, innovatsion ishlar uchun muayyan qismi ajratiladi. Lekin masalalar katta ko‘lamliligi va xilma-xilligida bularning o‘zi etarli emas. Shu sababli qonunchilik organi qaroriga ko‘ra aniq maqsadli, o‘z daromadlari manbalariga ega bo‘lgan byudjetdan tashqari fondlar tashkil etiladi.