Mavzu: Testning sifati: validlik



Yüklə 73,83 Kb.
səhifə1/4
tarix22.04.2023
ölçüsü73,83 Kb.
#101469
  1   2   3   4
loyihalash 2 charos

Mavzu: Testning sifati: validlik.

Tayyorladi: 2-bosqich 2-mt-21 guruh talabasi

Ibodullayeva Charosxon


Reja:
  • Validlik -test sifatini belgilovchi asosiy mezon.
  • Validlik dalillari.

  • 3. Validlikka xavf soluvchi omillar.
  • Test topshiruvchilarning test topshiriqlarini bajarilishi bilan bog’liq dalillar.

  • Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

Ta’lim jarayonida test biron-bir domenni, shu domen о‘z ichiga olgan konstruktlarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi. Ta’lim oluvchining bilim darajasini, unda kо‘nikma, malaka, kompetensiyalarining shakllanganlik darajasini bevosita kо‘rish imkoni mavjud emas: о‘quvchi bularni faqat bilvosita (savol-javob, kuzatish, topshiriqlarni bajarish orqali) kо‘rishi, о‘lchashi mumkin. Bunday о‘lchash natijasida chiqarilgan xulosalar asosida esa biron-bir shaxs yoki tashkilot (masalan, о‘quvchi, ta’lim muassasasi, ish beruvchi) tomonidan ma’lim bir qarorlar (masalan, diplom berish yoki bermaslik, о‘qishga yoki ishga qabul qilish yoki qilmaslik va hokazo) qabul qilinadi.
Qabul qilinadigan qarorlar asoslantirilgan bо‘lishi uchun test asosida yaiqariladigan xulosalar ham valid (asosli) bо‘lishi lozim.
Validlik – testni sifatini belgilaydigan eng asosiy tushunchadir. Validlik deganda testning maqsadidan kelib chiqqan holda test natijalari yordamida chiqariladigan xulosalarning qay darajada ilmiy va emperik jihatdan asosli ekanligi tushuniladi.
Test, odatda, biror-bir qaror qabul qilish uchun ishlatiladi, ya’ni test natijalari asosida ta’lim oluvchilar (o’quvchilar, talabalar), ta’lim beruvchilar (o’qituvchilar, ta’lim muassasasi), hatto ta’lim tizimi uchun test natijasida chiqarilgan xulosalarimiz valid (asosli) bo’lishi kerak. Bu qarorlar to’g’ri bo’lishi uchun test natijasida chiqargan xulosalarimiz valid(asosli) bo’lishi kerak.
Xulosalar valid(asosli) deya olishimiz uchun dalillar kerak. Bu dalillar quyidagicha bo’lishi mumkin:
-testning mazmuniga bilan bog’liq dalillar; -test topshiruvchilarning test topshiriqlarini bajarish jarayoni bilan bog’liq dalillar;
-testning ichki strukturasi bilan bog’liq dalillar. -testning boshqa o’zgaruvchilar bilan bog’liqligi asosidagi dalillar;
-testning oqibatlari bilan bog’liq dalillar. Bu dalillar validatsiya jarayonida yig’iladi.

Yüklə 73,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin