Mavzu: Testning sifati: validlik



Yüklə 73,83 Kb.
səhifə2/4
tarix22.04.2023
ölçüsü73,83 Kb.
#101469
1   2   3   4
loyihalash 2 charos

Validatsiya – testdan chiqariladigan xulosalar asosli (valid) ekanligini tasdiqlovchi ilmiy dalillar keltirish jarayoni. Demak, validlik -testning xususiyati emas, testing o’zi valid (asosli) yoki novalid (asossiz) bo’lmaydi, balki test natijasida chiqarilgan xulosalar valid (asosli) yoki novalid (asossiz) bo’lishi mumkin. Test natijalari interpretatsiyasi(talqini)ga bog’liq:
-nima maqsadda test olgan edik va testnatijalari nimani ko’rsatyapti deb oylaymiz?
-nisbiy tushunchadir:
- test natijasida chiqarilgan xulosalarimiz ma’lum bir darajada valid yoki novalid bo’lishi mumkin, mutaxxassislarning vazifasi esa bu xulosalarning validligi imkon qadar yuqori bo’lishini taminlashdan iborat.
Validlik pedagogik o’lchovlarning (testologiyaning) eng asosiy tushunchasi bo’lishiga qaramay, bu tushunchaning ta’rifi boyicha mutaxassislar orasida yakdillik bo’lmagan –fanning rivojlanishi davomida ta’riflar o’zgarib borgan.
Validlik tushunchasi tadrijini bir qancha bosqichlarga bo’lish mumkin:
-1920-1950-yillar- “validlik” tushunchasining paydo bo’lishi va rivojlanishi;
-1950-1970-yillar-“validlik” tushuncgasining frag-mentatsiyalanishi (parchalanishi);
-1970-2000-yillar-“validlik” tushunchasining birlantirilishi;
-2000-yildan keyin-“validlik” tushunchasining zamonaviy talqini.
“Validlik” tushunchasi dastlab paydo bo’lganda uning ta’rifi quidagicha bo’lgaan: “validlik testing o’lchanishi lozim bo’lgan xususiyatni qay darajada o’lchashdir”. Ushbu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, validlik dastlab testing xususiyati sifatida qaralgan, ya’ni testing o’zi valid yoki novalid bo’lishi mumkin deb hisoblangan va ushbu qarash 1970-19080 yillargacha davom etgan.
1950-yillarga kelib validlikning uch turi mavjud degan qarash shakillandi:
-mezoniy (kritirial)validlik- testing biror-bir mezon bilan mosligi, o’z navbatida, mezoniy validlikning ikki turi mavjud deb qaralgan;
-prediktiv validlik- testing biror-bir mezon bilan mosligi, o’z navbatida, mezoniy validlikning ikki turi mavjud deb qaralgan;
-prediktivlik validlik-testning belgilangan mezon boyicha natijalarni bashorat qila olish xususiyati. Masalan, oliy ta’lim muassassasiga kirish testlari bo’lajak talabalarning tanlangan sohalarini qay darajada muvaffaqqiyatli o’zlashtira olishlarini bashorat qila olishi lozim. Agar kirish testlarida yuqori natijalarga erishib o’qishga qabul qilingan talabalar o’qishda ham yuqori natijalarga erishsa, prediktiv validlik talablari bajarilgan hisoblanadi.
-solishtirma validlik-test natijasining belgilangan mezon boyicha boshqa o’lchovlar natijalari bilan mosligi.
Masalan, o’quvchilarning ingiliz tilidan bilim darajasini baholaydigan test ishlab chiqsak, uning xuddi shu domenni o’lchaydigan shu paytgacha mavjud boshqa test (masalan, IELTS yoki TOEFL imtihonlari) bilan solishtirma validligini aniqlashimiz mumkin. Buning uchun biz yaratgan testni IELTS imtihoni topshirgan gruhda sinab ko’ramiz va test topshiruvchilarining bizning testimiz boyicha natijalari IELTS testi boyicha natijalariga o’xshash bo’lsa, solishtirma validlik talablari bajarilgan hisoblanadi:
-mazmuniy validlik- testning olchanilishi lozim bo’lgan domen mazmuni bilan mossligi;
-konstruktiv validlik- testning o’lchanilishi lozim bo’lgan konstruktni (xususiyatni) to’g’ri o’lchashi;

Yüklə 73,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin