Mavzu: Testning sifati: validlik



Yüklə 73,83 Kb.
səhifə3/4
tarix22.04.2023
ölçüsü73,83 Kb.
#101469
1   2   3   4
loyihalash 2 charos

VALIDLIKNING DALILLARI Test asosida asosli (valid) xulosalar chiqara olishimiz va bu xulosalar asosida to’g’ri qarorlar qabul qila olishimiz uchun testni tuzish, uni o’tkazish, uning natijalarini qayta ishlash va e’lon qilish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar validlikning bir qancha dalillarini keltirish kerak.


Test toshiruvchilarining test topshiriqlarini bajarishi jarayoni bilan bog’liq dalillar keltirish uchun test topshirig’ini bajarish jarayonida test topshiruvchilar nima qilishlarini tahlil etiladi. Bunda quyidagi savolga e’tibor qaratiladi: - Test topshiruvchilarning test topshirig’ini bajarish jarayonidagi amallari test orqali o’lchanayotgan konstrukt bilan qay darajada bog’liq?
Masalan, testning maqsadi “O’tkan kunlar” romanini tahlil qilish ko’nikmasini baholash bo’lsa va testda asar dastlab qaysi jurnalda, qachon chop etilganligi so’ralsa, bu topshiriqni bajarish (savolga javob berish) uchun test topshiruvchi nima qiladi? Bu topshiriqni bajarish uchun haqiqatan ham asarni tahlil qilish ko’nikmasi ishga solinadimi yoki xotirani ishga solish kerak bo’ladimi? Test tuzuvchilar testga test topshiriqlarini kiritayotganda bu topshiriqlarni bajarish uchun qanday ko’nikmalar (malakalar, kompetensiyalar) ishga solinishi lozimligini tahlil qilishlari, bu ko’nikmalar (malakalar, kompetensiyalar) testning maqsadi bilan qay darajada mos ekanligiga baho berishlari lozim. Test topshiriqlarini bajarish jarayoni bilan bog’liq validlik talablariga javob berishni ta’minlashda bir qancha strategiyalarni qo’llash mumkin; testdan keyin test topshiruvchilar bilan suhbatlashish (suhbat davomida “Test topshiriqlarini bajarish uchun nima qildingiz? Qanday ko’nikmalarni ishga soldingiz?” singari savollar berishi mumkin), test topshirish jarayonini hamda bu jarayonda test topshiruvchilar nima qilayotganlarini kuzatib tahlil qilish va hokazo.
Testning boshqa o’zgaruvchilar bilan bog’liqligi asosidagi dalillar keltirishda konvergent va diskriminant dalillarga e’tibor qaratish lozim.
Konvergent dalillar – aynan bir xil yoki bir-biriga yaqin konstruktlarni o’lchaydigan test natijalari orasidagi korrelyatsiyaga asoslangan dalillar.
Diskriminant dalillar – har xil konstruktlarni o’lchaydigan testlar natijalari orasidagi korrelyatsiyaga asoslangan dalillar.
Solishtirma dalillar – test va bu test bilan bir (yoki deyarli bir) paytda olingan boshqa o’lchovlar natijalarining korrelyatsiyaga asoslangan dalillar.
Prediktiv dalillar – test va bu testdan keyin olingan boshqa o’lchovlar natijalarining korrelyatsiyasiga asoslangan dalillar.

Yüklə 73,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin