Mavzu: tokning magnit maydoni mavzusini o‘qitish metodikasi mundarija: kirish i-bob magnit maydon induksiya vektori va kuchlanganligi



Yüklə 131,51 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü131,51 Kb.
#198761
  1   2   3   4   5
tokning magnit maydoni mavzusini o\'qitish metodikasi


MAVZU: TOKNING MAGNIT MAYDONI MAVZUSINI O‘QITISH METODIKASI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………..…..2
I-BOB Magnit maydon induksiya vektori va kuchlanganligi.…… ……….10
1.1. Vakuumda magnit maydoni va uning kuch chiziqlari …………………...10
1.2 Toklarning magnit maydoni ………………………………..……….……..12
II-BOB Tokning magnit maydoni mavzusini o‘qitish metodikasi ………...17
2.1 Bio-Savar-Laplas qonuni va uning qo‘llanilishini o‘qitish metodikasi.….17
2.2 “Tokning magnit maydoni” mavzusida o‘qitishda innaviatsion ta’lim texnalogiyalarining ahamiyati………………………………………………….19
XULOSA……………………………………………………………………….25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………..………….27

KIRISH
Kurs ishining maqsadi. Bu kurs ishi mavzusidan asosiy maqsad o‘quvchilarga “Tokning magnit maydoni” mavzusini yangi innaviatsion usullarda yetkazishdan iborat. Bundan tashqari o‘quvchilarga bu mavzuni hammaga tushinarli va qiziqarli o‘tilishi kerak.Chunki, mavzuni sodda va qiziqarli usulda tushintirilmasa o‘quvchilarning ko‘pchiligi tushinmay qolishlari mumkin.
Dars o‘tilganidan keyin o‘quvchilarning qanchalik darajada o‘zlashtirgan yoki o‘zlashtirmaganligini tekshirishkerak. Buning uchun biz o‘quvchilarning yaxshi tunishlari uchun osonroq dars o‘tish usulini tanlashimiz kerak va bu usular haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Kurs ishining dolzarbligi va ahamiyati. “Tokning magnit maydoni” mavzusining samarali usularini o‘ylab topish kerak bo‘ladi. Chunki, bu mavzuning birinchi bor 8-sinfning ikkinchi semestrda o‘qitiladi va shuning uchun birinchi o‘tilayotgan hamda qiyinligi tufayli biz osonroq usulni tanlashimiz kerakdir. Biz siz bilan dars o‘tishning “o‘yin”, “savol-javob”, “o‘yla-izla-top” va shunga o‘xshash metodlardan foydalanamiz. Bu usular bo‘yicha rejaga binoan tanishtiramiz.
1820 yilda Daniya fizigi X. Ersted tokli o‘tkazgichning atrofida magnit maydoni bor ekanligini tajribada aniqladi. Ersted tajribasining mohiyati quyidagidan iborat. U to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgich olib, undan ma’lum masofada magnit strelkasini joylashtirgan vaqtda uning burilishini kuzatdi. Bu burilish to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichdan o‘tayotgan tokning kattaligiga va yo‘nalishiga bog‘liq ekanligini aniqladi. Tokli o‘tkazgich bilan magnit strelkasining o‘zaro ta’siri masofaga teskari proporsional ekanligini ham aniqladi. Ersted tajriba natijalarini umumlashtirib, shunday xulosaga keldiki, tok bilan magnitning o‘zaro ta’siri tok kuchiga, o‘tkazgichning uzunligiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, masofaning kvadratiga teskari proporsional ekanligini aniqladi. Tajribalar ko‘rsatdiki, bu o‘zaro ta’sir tokning yo‘nalishiga bog‘liq ekanligi, ya’ni bu o‘zaro ta’sirning vektor xarakterga ega ekanligini isbotladi. Shuningdek, u bu o‘zaro ta’sirning kattaligi tok va maydonning ta’siri o‘rganilayotgan masofaga perpendikulyar ekanligini ham aniqladi. Magnit kuch chiziqlarining konsentrik halqalardan iborat ekanligini kurish mumkin.
Keyinchalik Amper doimiy magnitning tokli o‘tkazgichga ta’sirini o‘rganib, ular o‘rtasida ham o‘zaro ta’sir kuchi bor ekanligini aniqladi. Bu haqda biz keyingi ma’ruzalarda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Ma’lumki, Amper yana bir tajribasida parallel va antiparallel joylashgan tokli o‘tkazgichlarning bir-birini tortishini va itarishini kuzatgan edi. Kulon qonunidan ma’lumki, bir xil qutbli magnitlar, bir-birini itarishini va har xil qutbli magnitlar bir-birini tortishishini bilamiz. Bu o‘zaro ta’sirlar magnit maydoni orqali amalga oshiriladi. Tokli o‘tkazgich o‘z atrofida magnit maydoni hosil qiladi u shu maydonda joylashgan har qanday o‘tazgichga ta’sir ko‘rsatadi. Agar o‘tkazgichlardagi tok doimiy bo‘lsa va o‘tkazgichlar qo‘zg‘almas bo‘lsa u vaqtda ular hosil qilgan magnit maydoni fazoning har bir nuqtasida vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Bunday magnit maydoniga doimiy magnit maydon deyiladi. Doimiy magnit maydonining nazariyasi elektrostatik maydon nazariyasiga o‘xshash bo‘ladi. Mana shu holatga e’tibor berishni tavsiya etamiz, chunki bu hol materialni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi.
Bio-Savar-Lapas qonuni va uning tadbiqlari Bio-Saavar-Laplas qonuni. Dastlab, alohida tok elementi hosil qilgan magnit maydon induksiyasini topadigan formulani keltirib chiqarish. Bu yerda izolirlangan tok elementlari orqali tajribadan keyin, cheksiz uzunlikdagi turli shakdagi o‘tkazgichlarning hosil qilgan magnit maydonini tahlil qilish orqali bilvosita magnit induksiyasini aniqlanadigan formulani topishga harakat qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning ish jarayonida raqobatga asoslangan muhitni yuzaga keltirish, o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli o‘quv adabiyotlari bilan va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash kabi masalalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ushbu vazifalarni amalda bajarish har bir ta’lim muassasasining bevosita
burchi hisoblanadi.Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni
muvaffaqiyatli ravishda tadbiq etish har bir fan o‘qituvchisining maxsus bilim va ko‘nikmalarga hamda pedagogik amaliyotda zarur bo‘ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishini taqozo etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, pedagogik texnologiya atamasining o‘ziga ham shu soha bo‘yicha izlanishlar olib borgan har bir olim o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Masalan: “Pedagogik texnologiya psixologik va pedagogik o‘gitlar yig’indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonnig tashkiliy metodik omilini ham bildiradi”(V.Lixachev).
“Pedagogik texnologiya-rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi”(I.P.Volkov).
“Pedagogik texnologiya-talaba va o‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modelidir”(V.M.Monaxov). “Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bo‘lishining tizimli yig’indisi va tartibini bildiradi”(M.V.Klarin).
“Pedagogik texnologiya-o‘zida turli mualliflar(manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab oluvchi mazmuniy umumlashma hisoblanadi.”(G.K.Selevko).
Bu ta’riflar tahlilidan ko‘rinadiki, pedagogik texnologiya natijani qo‘lga kiritish uchun ta’lim doirasida zarur bo‘lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tadbiq etish degan xulosaga kelish mumkin. Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va o‘quvchining bilim darajasiga ko‘ra o‘quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalda bajarilishini ta’minlovchi zarur vositalar majmuasi tushuniladi. Odatda pedagogik texnologiyalarni uchta darajasi mavjud deb aytiladi.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida yetakchi rol o‘ynayotgan an’anaviy
ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni tubdan
o‘zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga ko‘ra quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:
-pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiya;
-o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar;
-ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar;
- o‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlashga asoslangan pedagogik texnologiyalar;
-xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar;
Endi shu texnologiyalarga qisqacha to‘xtalib o‘taylik.
a) Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishga
qaratilgan pedagogik texnologiyalar.
Bu texnologiya o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsi o‘rtasidagi munosabatlarni
mukammallashtirish, o‘quvchi shaxsiga individual yondashish, ta’lim-tarbiya
jarayonini demokratlashtirish, ta’lim mazmunini insonparvarlik g’oyalari bilan
qamrab olishni nazarda tutadi.
b) O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar.
Bu texnologiya o‘tilayotgan fanni (fizikani) o‘qitishda o‘quvchilarning bilish
faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish
imkonini beradi. Bu texnologiyalar guruhni didaktik-o‘yin, rivojlantiruvchi
muammoli, modulli va kommunikativ ta’lim texnologiyalarini o‘z ichiga oladi.
c) Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini
oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Mazkur texnologiyalar berilgan fanni o‘qitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Ularga dasturli o‘qitish , differensial ta’lim, ta’limni individuallashtirish, guruhli va jamoaviy hamkorlik ta’lim texnologiyalari kiradi.
d) O‘quv materiallarini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash asosidagi pedagogik texnologiya. Bu texnologiya o‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash orqali o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda tutadi.
e) Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga qaratilgan pedagogik
texnologiya. Ushbu texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanish ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligiga asoslangan tarbiya texnologiyalaridan iborat. Fizika fanini o‘qitishda mazkur texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol g’oyalarini singdirish imkonini beradi.
Fizika — tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Turli va aniq moddiy tizimlarda materiya shakllarining murakkablashgan oʻzaro taʼsiriga tegishli maxsus krnuniyatlarni kimyo, geologiya, biologiya singari ayrim tabiiy fanlar oʻrganadi. Binobarin, fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir.
Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi.
Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga boʻlib oʻrganish mumkin: 1) qad. zamondan 17-asrgacha boʻlgan davr; 2) 17-asrdan 19-asr oxirigacha boʻlgan davr. Bu davrdagi fizika fani, odatda, klassik fizika nomi bilan yuritiladi; 3) 19-asr oxiridan hozirgi paytgacha boʻlgan davr. Hozirgi zamon fizikasi (yoki eng yangi fizika) shu davrga mansub.
Turli xodisalarni va ularning sababini oʻrganish qad. zamon olimlarining bizgacha yetib kelgan asarlarida aks etgan. Miloddan avvalgi 6-asrdan to milodiy 2-asrgacha boʻlgan davrda moddalarning atomlardan tashkil topganligi haqidagi tushunchalar va goyalar yaratildi (Demokrit, Epikur, Lukretsiy), dunyoning geotsentrik tizimi ishlab chiqildi (Ptolemey), elektr va magnit hodisalari kuzatildi (Fales), statika (Pifagor) va gidrostatikaning rivojlanishiga asos solindi (Arximed), yorugʻlik nurining toʻgʻri chizikli tarqalishi va qaytish qonunlari ochildi, miloddan avvalgi 4-asrda Aristotel oʻtmish avlodlar va zamondoshlarining ishlariga yakun yasadi.
Aristotelning ijodi yutuklar bilan birga kamchiliklardan ham xoli emas. U tajribalarning mohiyatini tan oldi, ammo uni bilimlarning ishonchli belgisi ekanini inkor etib, asosiy eʼtiborni farosat bilan anglashda, deb bildi. Aristotel ijodining bu tomonlari cherkov namoyandalariga qoʻl kelib, uzok, davrlar fan taraqqiyotiga toʻsqinlik koʻrsatdilar. 9—16-asrlarda ilmiy izlanishlar markazi Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga siljidi. Bu davrga kelib, fan rivojiga, jumladan, fizikaning rivojiga Oʻrta Osiyo olimlari ulkan hissa qoʻshdilar. Fizika, matematika, astronomiya va tabiatshunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Termiziy, Ibn Sino, Ulugʻbek, Ali Kushchi va boshqa oʻrta osiyolik olimlarning ishlarida oʻz aksini topgan. Bu olimlarning fizikaga oid ilmiy ishlari, mexanika, geometriya, osmon mexanikasi, optika va turli tabiat xrdisalarini oʻrganish bilan bogʻliqdir. Xorazmiy oʻrta asrlarda, nazariy va amaliy tabiatshunoslik hali boʻlmagan davrda, dunyoviy fanlar, ilgʻor ijtimoiy falsafiy fikrlar ijodkori boʻlib chiqdi.
U Sharqning dastlabki akademiyasi "Bayt ul - Hikma" ("Donolar uyi")ning shakllanishida faol ishtirok etgan. Bu yerda uning rahbarligida arablar va boshqa xalqlar vakillari bilan bir qatorda Ahmad al-Fargʻoniy, Axmad Abdulabbos Marvaziy kabi oʻrta osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar. "Algoritm" soʻzi "Xorazmiy" soʻzining lotincha transkripsiyasi boʻlib, bu soʻzni algebra masalalarini yechishda birinchi marta qoʻllagan edi. Ahmad al-Fargʻoniyning "Osmon jismlari harakati" kitobi 9-asrda bitilgan boʻlib, 12-asrda lotin tiliga, 13-asrda Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilinib keng tarqalgan edi.
Ahmad al-Fargʻoniy asarlari Yevropada uygʻonish davri ilmiy tadqiqotchilarining asosini tashkil etgan asarlardan boʻldi. U yorugʻlikning sinishi va qaytishini aniqlagan. Fargʻoniy stereografik proyeksiya nazariyasining asoschisi sifatida fazo jismlari harakatining tekisliklardagi proyeksiyalari nisbatlari asosida baʼzi bir kattaliklarni oʻlchash mumkinligini isbotladi. Bu fikr bugun ham astrofizika fanida oʻz qiymatini yoʻqotmagan.
Beruniy Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini oʻzi yasagan asboblar yordamida isbotladi va Yer radiusi 6490 km ga yaqin ekanligini aniqladi. U dunyoning moddiyligi, harakatning turlari, atomning boʻlinishi, atomdan keyingi zarralarning oʻzaro taʼsir kuchlari, solishtirma ogʻirlikni aniqlash usullari, jism inersiyasi, boʻshliq, atmosfera bosimi, suyuqliklar gidrostatikasi, qor, yomgʻir va doʻlning paydo boʻlish sabablari, energiya aylanishi, jismlarning elektrlanishi, dengiz hamda ummon suvlarining koʻtarilishi va pasayish sabablari, yorugʻlikning korpuskulyar hamda toʻlqin xossasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlikning qaytishi hamda sinishining sabablari, dispersiya hodisasi, Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakatlari ellips shakliga yaqinligi, fazoviy jismlarning vaznsizligi toʻgʻrisida fikrlar yuritdi.
Abu Nasr al-Forobiyning tovush tezligi, tovushning toʻlqin tabiati, tovush chastotasi, tovush toʻlqinining uzunligi haqidagi fikrlari va ularga asoslanib yaratilgan musiqa notasi hamda optikaga oid koʻpgina ishlari fizika fanining rivojlanishiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. Ibn Sino harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch, massa va tezlanish orasidagi bogʻlanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chiziqli tezlik, boʻshliq va atmosfera bosimi, konveksiya, issiqlikning tabiati, issiqlik uzatilishining turlari, yashin va yashinning turlari, momaqaldiroq hodisasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlik dispersiyasi, linza, atom tuzil ishi va boshqa mavzularga tegishli mulohazalarining aksariyati hozirgi zamon tushunchalariga juda mos keladi.
Hakim Termiziy dunyoviy fanlarning ungacha boʻlgan yutuqlarini qomusiy olim sifatida oʻrgandi, jumladan, tabiat hodisalari va jarayonlarini tahlil etuvchi "Solnoma", "Haftanoma" kabi asarlari maʼlum. Mirzo Ulugbek 15-asrda jahonda yagona rasadxona qurdi. Uning "Ziji Koʻragoniy" asarida astronomiyaning nazariy asoslari yoritiddi va 1018 ta yulduzning joylashish koordinatalarini juda katta aniqlikda beriddi. Uning qiymatlari hozirgi qiymatlarga juda yaqin.
Fizik hodisalarni tushuntirishda oʻrta osiyolik olimlarning mulohazalari qad. anʼanalar taʼsirida rivojlangan boʻlsada, ular matematik usullarni keng joriy etib, tajribalardan foydalanib, fanga katta hissa qoʻshdilar.


Yüklə 131,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin