Mavzu: Tòrtinchi sinfda matematikadan murakkab masala va ularni yechishga òrgatish metodikas mundarija I bob Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni o’rganish metodikasi



Yüklə 70,76 Kb.
səhifə1/11
tarix04.01.2023
ölçüsü70,76 Kb.
#78389
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Tòrtinchi sinfda matematikadan murakkab masala va ularni yechishga òrgatish metodikas


Mavzu: Tòrtinchi sinfda matematikadan murakkab masala va ularni yechishga òrgatish metodikas
MUNDARIJA
I Bob Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni o’rganish metodikasi

    1. Murakkab masalalar yechishga o'rgatish. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari.

    2. Murakkab masalalarni yechish usullari

II.BOB 4-sinfda murakkab masala turlari va ular ustida ishlash
2.1 Murakkab masala yechishning eng ratsional usulini tanlash
2.2 Tarkibli masalalar
2.3 Vaqtga doir murakkab masalalarni yechish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Masalalar yechish boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning muhim qismi bo'lib hisoblanadi. Boshlang'ich sinflarda sodda va murakkab masalalar o'quvchilar bilimlarini mukammallashtirishga xizmat qiladi. Ko'pgina masalalar bir necha usul bilan yechiladi. Bunday masalalarni yechishda tartibga rioya qilish bir usul bilan masala yechishni yaxshi o'zlashtirib olgandan keyingina yangi usulga o'tishi lozim. Bir necha usuldan eng o'ng'ayini, maqsadga muvofig'ini tanlab olish kerak.
Masala yechish ishi masala yechish metodini yaxshi tushunishga yordam beradi, o'quvchilarning tashabbuskorligini, masala yechish usullariga nisbatan topqirlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Mavzuning dolzarbligi: Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematika darsligida juda ham ko'p uchraydigan masalalar va ularning yechimlarini topish haqidagi ma'lumotlarni biz I sinfdayoq ularga o'rgatib ulardagi bilish va fikrlash qobiliyatini o'stirib borishimiz juda ham muhimdir. Masala yechishga o'rgatishning muhimligi shundan iboratki, o'qituvchi o'zining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini matematika tiliga ko'chirishga qaratmog'i lozim. Masalalar yechishdagi hisoblash ishlari sonli masalalarni yechish malakalarini shakllantirish mashq qilishga nisbatan kamroq vaqtni talab qiladi. Masalan, biz o'quvchilarga masalaning yechimlari haqida to'liq tushuncha berganimizdan so'ng, bu yechgan masalamizning o'quvchi tushunib yecha olishi uchun biz masalaning eng ratsional qismini aniqlab va shu usulda masala yechishga ko'proq o'quvchini jalb qilishimiz kerak.
Masalalalar yechish avvalo, mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda belgilab berilgan nazariy bilimlarni o'zlashtirishlarida favqulodda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz o'quvchilarga qo'shish haqida to'gri tushuncha shakllantirishni xohlasak, buning uchun bolalar yigindini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to'plamlarni birlashtirish amalini bajarib yechish lozim.
Boshlangich sinflar uchun matematikadan dasturda bolalarni masalalarni yechishga o'rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda bolalarga masalalarni yechishda ular oldindan o'rgangan arifmetik amallarning xossalaridan foydalanishi va o'zlariga ma'lum bo'lgan usullardan eng ratsionalini tanlay olishga o'rgatish zarurligi ta'kidlangan.

Yüklə 70,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin