Xalqaro menejer odatda bosh kompaniya joylashgan mamlakatda o’z darajasidagi rahbardan ko’ra kengroq doiradagi majburiyatlarni bajaradi. Eng avvalo u qabul qiluvchi mamlakat sharoitlarida faoliyat ko’rsatishga moslashishi hamda o’z korporatsiyasi aktivlarini yo’qotish imkoniyatini bartaraf qilish uchun, shuningdek qabul qiluvchi mamlakat hukumati yoki raqobatchilar xatti-harakatlari sababli bozordagi o’z ulushining qisqarishiga qarshi choralar ko’rishi kerak. Bundan tashqari, u yuqori martabali hukumat a’zolari bilan muloqotlar olib boradi va demak, siyosatchilar va diplomatlarga zarur bo’lgan qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak. U o’z xorijiy faoliyati va xususan qaror qabul qilish jarayonida ikkita asosiy savolga: 1) Kim bilan ish olib borayapman? 2) O’z xorijiy sherigimdan nima kutishim mumkin? degan savollarga javob topish uchun chet ellik sheriklar to’g’risida to’la axborotga ega bo’lishi zarur. Bunda sheriklar bilan to’g’ridan-to’g’ri vositachilarsiz ishbilarmonlik munosabatlari o’rnatishga harakat qilishi lozim.