Mavzu: Yaratilayotgan tizim yoki xizmat uchun ob'ektni tanlash



Yüklə 18,14 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü18,14 Kb.
#186764



3-topshiriq


Mavzu: Yaratilayotgan tizim yoki xizmat uchun ob'ektni tanlash.

Bajardi:Abdurahmonov Otabek
Tekshirdi:Naim Nodira

Click
Tizim va uning imkoniyatlari
«Click» tizimi bu mobil banking tizimi bo'lib, u mobil telefon orqali uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlar va boshqa kompaniyalarning xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirish; an'anaviy va internet-do'konlarda xaridlarga to'lash, kartadan kartaga mablag'larni o'tkazish va boshqa imkoniyatlarni beradi.

«Click» tizimi orqali to'lovlarni turli usul bilan amalga oshirish mumkin:


mobil telefondan USSD orqali (*880#). Mazkur texnologiya to'lovlarni istalgan joyda va vaqtda yaqin atrofda internet bor-yo'qligidan qat'iy nazar amalga oshirish imkoniyatini beradi;


Click Up mobil ilovasi orqali (Android va iOS smartfonlari uchun mavjud);
ommabop Telegram messenjerdagi maxsus bot (@clickuz) orqali;
onlayn “Shaxsiy kabinet” orqali ( https://my.click.uz, https://m.click.uz).
CLICK tizimining asosiy imkoniyatlari:
To'g'ridan-to'g'ri plastik kartadan to'lovlar - kartangiz yoningizda bo'lmagan taqdirda ham
Kartadan kartaga mablag'larni o'tkazish - karta raqami yoki telefon raqami orqali
«Click Terminal» xizmati - do'kon/restoranlarda QR-kodni skanerlash yoki USSD orqali to'lovlar
Sizga yuborilgan hisoblarni boshqarish - tizimdagi barcha mavjud interfeyslar orqali
«Avtoto'lov» xizmati - takrorlanadigan to'lovlarni avtomatlashtirish: mobil telefonga, internetga va hokazo
To'lovlar tarixini ko'rish - kun, karta, operatsiya turlari bo'yicha
Hisoblardagi qoldiqlarni onlayn tekshirish - har bir karta bo'yicha
“Do'st yordami” xizmati - kartangiz hisobida mablag' etarli bo'lmaganda to'lovlar uchun
Olingan kreditlarni qaytarish - bank yoki kredit tashkilotlardan olingan
SMS-xabarnomalar - Click tizimida oshirilgan barcha to'lovlar bo'yicha
Paynet
Paynet to‘lov tizimini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Uzpaynet kompaniyasini xususiylashtirish maqsadida konsalting kompaniyalarni jalb etishni rejalashtirmoqda. Davlat o‘zining 100 foiz ulushini sotish niyatida. Kompaniya hozirda 390 dan ortiq xizmatlarni ko‘rsatadi, u 2021 yilda 94,6 mlrd so‘m sof foydani qo‘lga kiritgan.
Кириллчада31 may 2022, 15:24 Iqtisodiyot
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Uzpaynet kompaniyasini xususiylashtirish bo‘yicha konsalting kompaniyasi (konsultant) tanlab olish maqsadida tanlov o‘tkazilishi haqida xabar berdi. Davlat kompaniya ustav kapitalidagi 100% ulushini sotishni rejalashtirmoqda.
Barcha qiziqish bildirgan talabgorlar taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 1 iyul kuni soat 18:00 ga qadar taqdim etishlari mumkin. Telekommunikatsiya sohasida tajribaga ega maslahatchilarga ustunlik beriladi.
Konsultantlar talab etilgan ish hajmini to‘liq bajarish uchun konsorsiumga kirishlari yoki birgalikda qo‘shma takliflar taqdim etishlari mumkin.
Agar konsorsium tomonidan ariza taqdim etilsa, konsorsium bitimi taqdim etilishi kerak. Agar, birgalikda qo‘shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun mas’ul va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko‘rsatilishi lozim.
Kompaniya haqida
«Uzpaynet» MCHJ — Paynet to‘lov tizimining operatori hisoblanadi. Unga 2005 yilda tadbirkor Botir Arifjonov asos solgan, biroq, oradan ozroq vaqt o‘tib uni davlatga sotib, kompaniyadan ham ketdi.
Hozirda tizim 390 dan ortiq turdagi xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Shu jumladan, Paynet.uz mobil ilovasi orqali barcha kommunal to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
Kompaniyaning respublika bo‘yicha 21 000 ta to‘lov punktlari xizmat ko‘rsatmoqda. Har kuni 1,3 milliondan ortiq foydalanuvchi Paynet tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshiradi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
2021 yil yakuni bo‘yicha ustav kapitali 378,5 mln so‘mni, sof aktivlari — 71,8 mlrd so‘mni, sof foydasi esa — 94,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Yüklə 18,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin