Mavzu: Yarim o’tkazgichli materiallar



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/4
tarix25.07.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#137454
  1   2   3   4
1 Yarim o’tkazgichli materiallar


Mavzu: Yarim o’tkazgichli materiallar

Reja:



  1. Qattiq jismlarni elektr o’tkazuvchanligi

  2. p-n o’tish hodisasi

  3. Potentsial to’siq

  4. Yarim o’tkazgichli diod va bosh….

  5. Yarim o’tkazgichli tranzistorlar

Xulosa
Adabiyotlar

Qattiq jismlar o’zlarining elektr o’tkazuvchanlik xususiyatlariga ko’ra o’tkazgichlar, dielektriklar va yarim o’tkazgichlarga ajratiladi.


-O’tkazgichlar guruhiga metallar va elektr o’tkazuvchanligi 105-106 Om-1sm-1 bo’lgan materiallar kiradi.
-Elektr o’tkazuvchanligi 10-10-10-15 Om-1sm-1 tartibda bo’lgan jismlar dielektriklar yoki izolyatorlar guruhini tashkil etadi.
-Yarim o’tkazgichlar guruhiga esa elektr o’tkazuvchanligi 105-10-10 Om-1sm-1 tartibda bo’lgan barcha materiallar kiradi.
Yarim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanlik xususiyati metallarnikidan sifat jihatdan farq qiladi. Ular quydagilar.
а) Oz miqdordagi aralashmaning o’tkazuvchanlikka kuchli ta‘sir etishi;
b) o’tkazuvchanlik harakteri va darajasining temperaturaga bog’liqligi;
v) o’tkazuvchanlikning tashqi kuchlanishga kuchli bog’liqligi.
Yarim o’tkazgich materiallariga kimyoviy elementlar - germaniy va kremniy, kimyoviy birikmalar, metall oksidlari (oksidlar), oltingugurt birikmalari (sulfidlar), selen birikmalari (selenoidlar) kiradi.
Kimyoviy sof yarim o’tkazgich kristalida elektron kovak juftining hosil bo’lishi asosida ikki xil o’tkazuvchanlik - elektron va kovak o’tkazuvchanligi mavjud bo’lib, ularning miqdori bir-biriga tengdir. Yarim o’tkazgichning elektron o’tkazuvchanligi n-tur o’tkazuvchanlik (negative - manfiy so’zidan olingan) kovak o’tkazuvchanligi esa, p-tur o’tkazuvchanlik (positive - musbat so’zidan olingan) deb ataladi.Ular birgalikda yarim o’tkazgichning xususiy o’tkazuvchanligi deyiladi.
Asosiy o’tkazuvchanligi elektron o’tkazuvchanlikdan iborat bo’lgan kristal n- tur kristall yoki yarim o’tkazgich deyiladi.
Margumushga o’xshash o’z valent elektronlarini bog’lanishga beruvchi begona element donor modda yoki oddiy donor deb ataladi.
Asosiy o’tkazuvchanligi kovak o’tkazuvchanlik bo’lgan yarim o’tkazgich p- tur yarim o’tkazgich deb ataladi. Uni hosil qiluvchi begona modda aktseptor deyiladi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin