Mavzu: Yer bozori va renta



Yüklə 96,13 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü96,13 Kb.
#202311
  1   2   3   4   5
Mavzu Yer bozori va renta-hozir.org (1)


Mavzu: Yer bozori va renta
Mavzu: Yer bozori va renta
Reja:

Kirish
Asosiy qism


1.Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni va ahamiyati.
2.Renta munosabatlari va uning shakllanishi.
3.Agrobiznes faoliyati tahlili.
4.O’zbekistonda yer bozori va yerdan foydalanish holati tahlili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.

Kurs ishining maqsadi.

Kurs ishi vazifalari.

Kurs ishining obyekti bo’lib, yer bozori hisoblanadi.

Kurs ishining predmeti.

1.Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni va ahamiyati.
Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo‘lib, unda insoniyat
hayoti uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi
uchun iste’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo
ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu sohani rivojlantirishga
har doim alohida e’tibor berib kelinmoqda. «2016-yilda

qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami va tarkibiy o‘zgarishlarni

yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirildi»1 deb ta’kidlaydi mamlakatimiz Prezidenti. Agrar soha oldida turgan
vazifalami bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog‘liq bo‘lgan
sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma sohalarini xorijiy
davlatlar tajribasi asosida har tomonlama rivojlantirish zarurdir.
Boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham kishilar o‘rtasida iqtisodiy
aloqa va munosabatlar sodir bo‘ladi.
Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi.
Uzoq yillar davomida tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik “oziqlanishi” mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Agrar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta‘siri natijasida, ya‘ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun‘iy yo’l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.
Qishloq xo’jaligida foydalanadigan barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lish mumkin. Hozirgi paytda qishloq ho’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fermer va dehqon shakllarida bo’lib, ulardan ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlaridan foydalanish asosida olib boriladi.
Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish vositalar (traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari) kapital tarkibini tashkil qiladi. Aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, hizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – invertarlar, yoqilg’i va moylash materiallaridan iborat bo’ladi. Kapital doiraviy aylanib turadi, ya‘ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib keladi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vaqti uzoq davom etadi va ish vaqti kunlar bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumliyligi bilan xususiyatlidir.Masalan, kombaynlar, turli ekish asboblaridan qisqa vaqtda foydalaniladi.Aholini nisbatan zichligi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olinishini bildiradi. Yerga egalik kishi deganda avvalo yerga bo’lgan mulkchilik va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko’zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo’lgan mulkdor yoki davlat amalga oshiradi.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ham to’rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati, ishchi kuchi qatnashadi.Bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi.Bu omillarni barchasini harakatga keltirish ishchi kuchi omiliga bevosita bog’liqdir.Kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi degan tushunchalar – xato fikr-mulohazalardir, uni barchasini jonli mehnat egasi bo’lgan ishchi kuchi yaratadi.Aytish mumkinki, ishchi kuchi - moddiy vositalarni harakat keltiruvchi ishlab chiqarishning ustuvor omilidir.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo‘jaligida mavjud bo’lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan,
seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g‘alla o‘rish kombaynlari, paxta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig‘im-terim paytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida mehnatning kapital va energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo‘lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va mehnat jarayonlarining
mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag’laming sarfi bir me’yorda bolmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablag’lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablag’laming ko’pgina qismi (urug’lik, yem-xashak, turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, nefit mahsulotlari va shu kabilaming hissasi ortib boradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida
sanab o‘tilgan xususiyatlami hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlaming cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.
2015-yilda qishloq xo’jaligi tarmog’ida muhim ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Chunki ko’pgina qishloq xo‘jaligi mahsuloti turlarini ishlab chiqarish bo’yicha o’sishga erishildi .


Yüklə 96,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin