Mavzu: Zamonaviy biologiya rivojlanishida bioinformarikaning o’rni



Yüklə 489,38 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü489,38 Kb.
#118462
bioinformatika

Mavzu: Zamonaviy biologiya rivojlanishida bioinformarikaning o’rni.


Reja: 1.Bioinformatikaning fan sifatida shakllanishi. 2.Zamonaviy biologik tadqiqotlarda bioinformatika fanining o'rni. 3.Bioinformatikaning rivojlanish bochqichlari va yutuqlari.
BIOINFORMATIKA
Informatika fanining XX asming ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan davrdan
boshlab fizika-matematika, texnika, gumanitar va boshqa fanlarga ham tadbiq
qilinishi hamda ular bilan hamkorlikda ishlashi tobora kengayib bormoqda.
Hozirgi kunda informatika fani usullarini chetlab o‘tadigan biron-bir fan
sohasini topish mushkul. Tabiiy fanlar ham bundan mustasno emas. O‘tgan
asming 60- yillar oxiri 70-yillar boshlarida biologiyada EHM -elektron
hisoblash mashinalari faol qo‘llanila boshlandi: Shu bilan birgalikda ularning
xotiralari, operatsion tezliklari oshdi, o‘lchamlari kuchraytirildi hamda biologiya
sohasida information tahlillarni talab etuvchi katta miqdordagi eksperimental
ma‘lumotlar to‘planib qoldi. Bunga misol qilib bir qancha davlat olimlari
hamkorligida 2003 yildayoq odam genomining sekvenirlanishini bo‘yicha
olingan ma‘lumotlarni keltirish mumkin. Shunday qilib, XXI asr boshlariga
kelib bioinformatika sohasi jadal chegaralanib qolganligi hamda tobora ko‘payib
borayotgan axborot hajmini saqlash zaruriyati tug‘ilganligi bilan bog‘lanadi. Ilk
ketma-ketliklari aniqlangan bir necha yuz oqsillar haqida ma‘lumotlar kitobatlas shaklida nashr qilindi. 70 yillar boshlariga kelib aniqlangan ketma-ketliklar
miqdori shu qadar ko‘paydiki, ularning hajmi tufayli bu ma‘lumotlarni kitob
shaklida nashr qilishning umuman iloji yo‘q edi. Inson miyasi bunday
axborotlarni tahlil qila olmasligi va ketma-ketliklarni taqqoslash uchun maxsus
dasturlar kerak bo‘la boshladi.
XX asrning 20 yillariga kelib esa
yana bir italyan olimi Vito Volterra -Vito
Volterra ―yirtqich-o‘lja‖ ko‘rinishidagi
ikki biologik turning o‘zaro harakati
modelini yaratdi. 40 yillar oxirida
biologiyaga fizik va matematiklar kirib
kela boshladi. Biologiyaning zamonaviy
tarixi 1953 yildan, Amerika olimlari
Jeyms Uotson hamda Frensis Krik
tomonidan DNK ning qo‘sh spiralligi
kashf qilingan davrdan boshlandi
Jeyms Uotson-chapda,
Frensis Krik-o’ngda
Zamonaviy biologik tadqiqotdarda bioinformatikaning ahamiyati
Bioinformatika biologiyaning ilmiy tajribalari asosida olingan natijalami
tahlil qiladi. Olingan ma‘lumotlarni tadqiqotchi ma‘lumotlar bazasida mavjud
bo‘lgan barcha to‘plamlar bilan solishtiradi. Bordiyu, u o‘zi aniqlagan ketmaketlikni ma‘lumotlar bazasidan topa olmasa bunda u bu ma‘lumotni shu joyga
kiritib qo‘yadi va bu bilan bazani yanada boyitadi.
Bu operatsiyalar esa katta qudratlardagi
kompyuterlarni talab qiladi. Shuningdek biologik mavzular majmuidagi ilmiy
nashriyotlar bazalari ham mavjud. Biologiya bo‘yicha istalgan ilmiy jurnalning
barcha sonlarida chiqadigan har bir maqola ma‘lumotlar bazasiga joylashtiriladi
izlanuvchi uni internet tarmog‘i orqali oson topib olishi uchun qisqa ta‘rif berib
qo‘yiladi .
Integral ma‘lumotlar bazasi va ensiklopediyalar konkret gen, oqsil,
funksiyalarni amalga oshishi haqida ma‘lumot beradi. Ular katta miqdordagi
boshqa ma‘lumotlar bazalari axborotlarini umumlashtiradi va uni hamisha
yangilab turadi. Har qanday yangidan o‘qilgan genom harflaming turli xil
kombinatsiyalarida takrorlanuvchi ulkan ketma-ketliklar ko‘rinishida namoyon
bo‘ladi. Bioinformatika bunday xilma-xillikdagi matndan genlarni ajratib olish
imkoniyatini beradi.
Genomdan genni ajratib olish kabi bunday operatsiya genomni belgilash
deb ataladi. Barcha genlar funksiyalarini tajribalar asosida aniqlash yetarli
darajada murakkablikni yuzaga keltiradi.
Bioinformatikaning rivojlanish bochqichlari va yutuqlari
Bir qancha xorijiy davlatlarda ХХ-ХХI asrlarda bioinformatika jadal
suratda rivojlanayotgan dunyo biotibbiyot fanlari sohasiga aylanib bordi.
Bioinformatsion texnologiyalar iste‘molchilari tadqiqotchilar, fundamental
ishlanmalar mualliflari bilan bir qatorda tibbiyot, farmakologiya, biotexnologiya
hamda o‘quv muassasalari hisoblanadi. Fanning bu sohasi AQSHda va
shuningdek boshqa rivojlangan davlatlarda muhim yo‘nalish safatida qaraladi.
Yevropa, Osiyo, AQSH hamda Avstraliya davlatlarida bioinformatika
markazlari soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bioinformatika bo‘yicha
yuqoridagi davlatlarda, akademiya hamda ta‘lim markazlari bilan bir qatorda
so‘nggi yillarda sohada olingan tadqiqot natijalardan tijorat maqsadida
foydalanishga yo‘naltirilgan sezilarli darajadagi tashkilot va loyihalar yuzaga
keldi. Bu eng avvalo genomlarning, shuningdek odam genomining strukturaviy,
funktsional hamda qiyosiy tahlili bo‘yicha faoliyat yurituvchi tashkilotlardir.
Bioinformatika sohasi bo‘yicha yaratilgan usullarni qo‘llash bilan birga amaliy
muammolarni yechish yo‘lida, xususan farmokologiyada texnik hamda dasturiy
bazalar jadal suratda rivojlanibbormoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda
dasturiy ta‘minot sanoati ham takomillashib bormoqda.
Mamlakatimizda genomika va bioinformatika fanlarining rivojlanishiga
qaratilayotgan alohida e‘tibor tufayli dunyo fanida o‘z o‘rniga ega nufuzli ilmiy
maktab va muhit shakllantirildi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilib, keng
miqyosda xalqaro ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi ―Genomika va bioinformatika‖ markazida
sohada anchagina muvaffaqiyatli dasturlar amalga oshirildi. Markazda yetakchi
xorijiy ilmiy markaz tajribalariga ega, bioinformatsion texnologiyalar bo‘yicha
bilim va ko‘nikmalarni puxta egallagan ilmiy xodimlarning faoliyat olib borishi
va shular hisobga olingan holda markazda bioinformatika laboratoriyasining
tashkil etilganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Yüklə 489,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin