Mavzu: Zargarlik san’ati. Zargarlik san’ati tarixi, zargarlik maktablari va ustalari. Zargarlik buyumlari, zargarlikda ishlatiladigan materiallar va asboblar, zargarlik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/2
tarix24.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#160863
  1   2
Ro\'ziyeva


Mavzu: Zargarlik san’ati. Zargarlik san’ati tarixi, zargarlik maktablari va ustalari.Zargarlik buyumlari, zargarlikda ishlatiladigan materiallar va asboblar, zargarlik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi
Reja:
1. Zargarlik san’ati.
2. Zargarlik san’ati tarixi, zargarlik maktablari va ustalari.
3. Zargarlik buyumlari, zargarlikda ishlatiladigan materiallar va asboblar, zargarlik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi.
Tayanch so’zlar: Zargarlik, oltin, badiy bezak, gavhar, shabaka, marjon, naqsh, mis buyumlari.
Zargarlikbadiiy hunarmandlik sohasi; oltin, kumush, mis, qalay kabi rangli metallardan zeb-ziynat buyumlari (taqinchoqlar) va bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda quyish, bolgʻalab (zarb berib) yasash, hallash (oltin va kumush suvi yuritish), oʻyib yoki boʻrttirib naqsh yasash, bosma, zigʻirak, sovotkori, qolipaki, shabaka kabi usullardan keng foydalanadi. Qimmatbaho toshlar (gavhar, feruza, dur, hatsik va b.)ga ishlov berib, zargarlik buyumlari (bargak, bibishak, bilaguzuk, bozuband, bozgardon, boldoq, buloqi, boʻyintumor, gajak, duotuzi, jevak, jigʻa, zarkokil, zebigardon va boshqalar yasaladi.
Zargarlik: tillaqosh (Toshkent, 1880-yil); Dalvarzintepadan topilgan ayollar taqinchogʻi (pektoral, milotdan avval 1-asr) don, zulf, isirgʻa, kokil, oyboldoq, osmatuzi, sanchoq, tavq, tilla bargak, tilla tuzi, tillaqosh, turunj, uzuk, shokila, qashqarboldoq, halqa kabi) yaratilgan.
IV-V asrlarda zargarlik buyumlari kam ishlangan. Ular tosh, shisha, pastalardan qilingan. Masalan. Xorazmda shishadan qilingan sher va qurbaqa shaklidagi munchoqlar topilgani Bolaliktepadagi topilmada V asr oxiri VI asr boshlarida ishlangan devoriy rasmda ayol kishining qulog’i va barmog’ida zargarlik taqinchoqlari tasvirlangan. Afrosiyobdagi VI-VII asrga mansub devoriy rasmda erkak kishining qo’lida sovg’a taqinchoqlarni olib kelayotgani tasvirlangan. Bulardan tashqari ayol sochlarida osma taqinchoqlar osilganligi tasvirlangan.
XIII-XIV asrlargacha zargarlik buyumlarida ko’pincha hayvonlar tasvirlangan bo’lsa, keyinchalik esa arab yozuvlari kompozisiyaga kirib o’ziga xos ko’rinish berdi. XVIII asrda O’rta Osiyodagi o’zaro ichki urushlar zargarlik san’atining rivojlanishiga salbiy ta’sir etdi. XVIII asrda mo’g’ul bosqinchilaridan so’ng birinchi marta oltin tangalar ishlab chiqarila boshlandi. Qurol aslahalar ajoyib qimmatbaho toshlar, shisha, billur, oltin va boshqalar bilan bezatildi. Zargarlar juda yumshoq va yorqin bo’lmagan nefrit va kumushdan, juda yorqin oltin va nefrit kabilarni ishlatdilar.
Xalsedon - u marmar dengizi qirg’og’idagi qadimgi Xalkedon shahri nomidan olingan bo’lib rangi oq, kulrang, havorang, sariq, ko’k, qizg’ishqo’ng’ir bo’ladi. Uning dog’dog’ yoki yo’lyo’l turlari ko’pichoqchilikU abraziv materiallar sifatida, soat toshlari tayyorlashda hamda zargarlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Arxeologik topilmalar zargarlik sanʼati qadimdan mavjudligini koʻrsatadi. Qad. Misr, Yunoniston, Eron, Xitoy zargarlari zargarlik buyumlari tayyorlashda marjon, nefrit, kahrabo va b.dan keng foydalangan. Oʻzbekiston Respublikasining koʻpgina muzeylarida saqlanayotgan topilmalar respublika hududida (Yunon Baqtriya podsholigi, miloddan avval 3—2-asr; Qadimgi Xorazm, asosan, miloddan avval 1ming yillik oʻrtalaridan Xorazmda zargarlarning obro’si bõlgan va hurmat qilingan. 8-asr gacha) zargarlik rivoj topganini koʻrsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qoʻqon, Shahrisabz va b. shaharlarda zargarlik rivojlangan. 19-asr oxiri 20-asr boshida oʻziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari, xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilgan xilma-xil zargarlik buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari toʻplamlari vujudga kelgan. Asrlar osha avloddan avlodga oʻtib kelayotgan zargarlik sanʼati 20-asr boshlarida inqirozga yuz tutdi, xalq ustalarining soni qisqara boshladi.
Ustalarga qimmatbaho xom-ashyolardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmadi. zargarlik fabrikalarida ijod qilgan usta-zargarlar ish jarayonida astas-ekinlik bilan mavjud anʼanalardan yiroqlasha bordilar. Natijada ular tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlarning shakli-shamoyili oʻzgarib "eklektik" manzarani yuzaga keltirdi va baʼzi anʼanalarni butkul yoʻqolishiga olib keddi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng zargarlik sanʼati jonlandi. Qimmatbaho metall materiallardan foydalanishga imkon yaratildi.
Ijod qilayotgan ustalar, asosan, 2 yoʻnalishda: mahalliy - zargarlik unutilib borayotgan anʼanalarni qayta tiklash va anʼanaviy - zamonaviy uslubda zargarlik buyumlari yaratish ustida ijod qilmoqdalar. Anʼanaviy zargarlik buyumlari — tumorlar, isirgʻalardan "uch koʻzacha", "oy boldoq", "er bidor", "qashqarboldoq" va b. yaratildi. Ustalardan Dadamuhamedovlar sulolasi, G. Yoʻldosheva, R. Muhametshin, M. Nozirxonov, Sh. Nizomov, I. Olimov, G. Tosheva va boshqalar zargarlik anʼanalarini oʻrganish, rivojlantirish va yangi yoʻnalishlarni kashf etish borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa zargarlik maktablarning ayrim chizgilari bir-biriga uygunlashtirilib, yangi zamonaviy zargarlik buyumlari yaratilmoqda. A. Ulumbekovaning "Ayol" (1998), "Afrika" (1999), "Baliqcha" (1999); E. Gostevning "Parvoz" (1998) asarlari, R. Muhametshin ijodiy namunalari ("Hayot daraxti", 1993; Bilaguzuklar: ilon shaklidagi bilaguzuk (Baqtriya, mil. av. 3-asr); soatli bilaguzuk (20-asr).

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin