2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – professional ta’lim tizimida ta’lim jarayoni tashkil etish, kasb ta’limi mazmuni, metodlari, didaktik prinsiplari, qo‘llaniladigan tadqiqot metodlari, innovasion texnologiyalar, dual tizimi, tarbiyaviy ishlar nazariyasi va amaliyoti, fanlararo integratsiya va professional ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan maxsus fanlarni metodologiyasini, maxsus fanlar bo‘yicha darslarida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirish, maxsus fanlarni o‘quv me’yoriy xujjatlarini tahlil qilish va qayta ishlash; maxsus fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishda samarali o‘qitish metodlaridan, dars shakllaridan foydalana olish; pedagogik va axborot texnologiyalar asosida darslarni tashkil qilish va o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini pedagogik-psixologik bilimlarni professional ta’lim muassasasi o‘quvchilarida umumkasbiy va ixtisoslik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish; pedagogik–psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; professional ta’lim muassasasi o‘quv ustaxonalarini talab darajasida jixozlash va uning nazorat; professional ta’lim muassasasida ixtisoslik fanlar bo‘yicha darslarini o‘qitishni samarali tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini shakllantirish.
|
II. Nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
I-modul. Fanga kirish
1-mavzu. O‘zbekiston respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun mazmun mohiyati. “Kasb ta’limi metodikasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyati. O‘zbekistonda kasbiy ta’limni tashkil etilishi, shakllanishi, rivojlanish tarixi va metodologik asoslari. “Kasb ta’limi metodikasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Kasb ta’limi metodikasi fanining boshqa kasbiy ta’lim fanlari bilan aloqalari. Kasb ta’lim metodikasi fanining tadqiqot metodlari. Professional ta’lim tuzilmasi va funksional vazifalari.
2-mavzu. Kasbiy ta’limning didaktik tamoyillari
Kasbiy ta’limni amalga oshirish jarayonlari tahlili va asosiy didaktik tushunchalar. Kasb ta’limida umumdidaktik tamoyillar: onglilik va faollik, ilmiylik va tizimlilik, nazariya va amaliyot birligi, ta’lim-tarbiyaning birligi, ko‘rsatmalilik va h.k.
II-modul. Kasb ta’limi o‘quv -me’yoriy xujjatlari
3-mavzu. Kasbiy ta’limni amalga oshirish o‘quv - me’yoriy xujjatlari
Professional ta’lim muassasalari va ularda kasbga tayyorlash tizimi. Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatori. Boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida kasb hunar maktablarida ta’lim jarayonini tashkil etish o‘quv me’yoriy xujjatlari. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv me’yoriy xujjatlari turlari. Tayyorlov yo‘nalishi tasniflagichi. Namunaviy o‘quv reja va uning tuzilishi. Tayyorlov yo‘nalishlari uchun o‘quv jarayoni grafigining tuzilishi.
4-mavzu. O‘quv rejalashtirish me’yoriy xujjatlar
va ularni tayyorlash metodikasi
Kasbiy ta’limni rejalashtirishning umumiy masalalari, fan dasturi, ishchi o‘quv dasturlari va ulardagi mavzuli reja, mavzuli rejadagi boblar bo‘yicha mavzularning taqsimlanishi, istiqbolli(kalendar) mavzuli reja.
Mashg‘ulotlar maqsadi va mazmunini aniqlash, mashg‘ulotlar modiy-texnika bazasini tayyorlash.
O‘quv jarayonini rejalashtirish va o‘qituvchini mashg‘ulotlar o‘tishiga tayyorlanishi. Dars jadvali, uning maqsadi, tarkibi va uni tuzish metodikasi. O‘qituvchining o‘quv yiliga tayyorgarligi, uni navbatdagi mavzuni o‘tishga tayyorgarligi, dars o‘tishga tayyorlanishi.
|