Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 16,59 Kb.
tarix20.06.2022
ölçüsü16,59 Kb.
#61937
Diktantni yozish tartibi



Mavzuning dolzarbligi.Ma`lumki,Respublikamizda umumiy o`rta ta’lim maktablari uchun Davlat ta`lim standartlari ishlab chiqilganligi munosabati bilan yozma ishlarga bo`lgan talablar ham ortmoqda.Yozma nutq faoliyati insoniyat uchun eng mahsuldor tur hisoblanadi. Yozma ishlar ona tili va adabiyotdan o`quvchining qanchalikbilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`layotganini,
nutq madaniyati taraqqiyoti darajasini, savodxonligini ko`rsatsa, ikkinchi
tomondan,matn mazmuni orqali axloqiy estetik kamolotga etaklaydi,
mehnat va tabiatga muhabbat ruhini singdiradi, chinakam insoniy fazilatlarni 
shakllantiradi. 
Darslarda o`rganiladigan bilimlar tizimi fanning so`nggi yutuqlariga 
asoslanib, tanlangan kompyuter dasturlariga kiritilgan bo`lishi zarur.
Ta`limdan asosiy maqsad bolalarga bilim berishgina emas, balki bilim olish 
yo`llarini o`rgatish, ularni ta`lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish 
demakdir. Yangicha ijtimoiy, iqtisodiy sharoitda ona tilini o`qitish mazmunini takomillashtirish, darslarni jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilish o`quvchi faolligini oshiradigan muhim omillardan hisoblanadi. Nutqiy faoliyatda har bir til hodisasining o`z o`rni, o`z vazifasi bor. Buning uchun ona tili o`qituvchisi o`z ixtisosligini puxta bilishi, ilg’or pedagogik texnologiya hamda zamonaviy o`quvtexnika vositalaridan yaxshi xabardor bo`lishi lozim. Shundagina ta`lim samarasi ham, o`qitish darajasi ham yuqori bo`ladi. 
Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga 
jiddiy e`tibor berila boshlandi. «Ta`lim to`g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi», «Davlat ta`lim standartlari»ning e`lon etilishi ushbu jarayonlardagi 
eng muhim bosqich sifatida xarakterlanadi. Yoshlar til imkoniyatidan vaziyatga qarab foydalanish malakasiga ega bo`lishlari, o`z fikrini aniq ifodalashga, zarur bo`lgan so`z va gap shakllari, ibora va tasviriy ifodalarni tanlay va qo`llay bilishlari davr talabidir. 
O`quvchilar yozma nutqidagi xatolarni miqdor jihatidan aniqlash o`quvchilarning umumiy savodxonlik darajasini belgilash uchun qulay bo`lib, bilimini oshirishda amaliy qimmatga ega emas. O`quvchilar bilimini oshirish va mustahkamlash, malakasini kengaytirishda esa xatolar sifati (tipi va xarakteri)ga e’tibor berish muhim ilmiy-metodik va amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu ma`noda olganda yozma ishlarni baholash mezonlari texnologiyalarini o`rganish masalasi dolzarblik kasb etadi. 
Kurs ishining maqsadi : o`quvchilarda subyektiv baho ifodalovchi qo‘shimchalar uslubiyati ustida ishlash malakalarini rivojlantirish uslubini atroflicha o`rganishdir.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarning subyektiv baho ifodalovchi qo‘shimchalar uslubiyati ustida ishlash malakalarini rivojlantirishda qo`yiladigan talablarni aniqlash;
2. Subyektiv baho ifodalovchi qo`shimchalar va ularning ma`nolarini o`rganish -o`quvchilar nutqi va ularning tafakkurini o`stirishda muhim vosita ekanligi ko`rsatish;
3. 10- sinf o`quvchilarida subyektiv baho ifodalovchi qo`shimchalar va ularning ma`nolarini o`rganish o`rni hamda ahamiyatini ochib bеrish.


2 Karimov I.A. Til elni birlashtirishi lozim. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O’zbekiston. 2012., 439 b, 66-bet.

Diktantni yozish tartibi


26.04.2018
1. Matn tushunarli, ifodali tarzda o‘qib beriladi.
2. Keyin birinchi jumla qayta o‘qib eshittiriladi.
3. Yozish oson bo‘lishi uchun o‘qituvchi birinchi gapni sintagmalarga bo‘lib o‘qib beradi, o‘quvchilar yoza boshlaydilar.
4. Gap tugaganligini anglatish uchun u qayta o‘qiladi. Shu tariqa jumlama- jumla o‘qib beriladi.
5. O‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini berish uchun matn yana to‘la o‘qib eshittiriladi.
Imlosi qiyin yoki o‘quvchiga notanish so‘zlar izohlanishi ham mumkin.
Diktantni tekshirishda savodxonlikka, imloviy (orfografik, punktuatsion va uslubiy) xatolarga, husnixatga e’tibor beriladi. Xatolar turi va soni ko‘rsatiladi. Diktant natijasi, albatta, ko‘rib chiqilishi, xatolar ustida ishlanishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa yo‘l qo‘ygan xatolarni tuzatish imkoniyatini beradi va uni takrorlamaslikka o‘rgatadi.
Saytda keltirilgan audiodiktantlar va imlo qoidalari bo‘yicha metodik ta’minot yordamida uzluksiz ravishda o‘z savodxonligingizni oshirib boring!
Yüklə 16,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin