MAVZU: “MEHNAT VA ISH HAQI HISOBI”
Maqsad:
Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari,
mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish
mehnat haqi hisoblashni
hujjatlashtirishni talabalarga o’rgatish.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya
Vazirligining
2002
y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni.
1996 y. 30 avgust.
3.
Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika»,
1974 g.
Ishning mazmuni:
5.1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari
Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol
qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi- soatlar bilan
o‘lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan
mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan xizmatlari uchun sarflangan
mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni tatbiq qiladigan
o‘zaro munosabatlar vujudga keladi.
Ishlab chiqarish faoliyatida markaziy o‘rinni mehnat va uning natijalari
egallaydi, chunki uning yordami bilan mahsulot yaratiladi. Bu holat mehnat
munosabatlarini belgilaydiki, hech bir korxona kerakli miqdordagi va
tasnifdagi mehnat resurslarisiz o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Mehnat
resurslari esa ishlaganliklari uchun mehnat haqi bilan ta’minlanadilar.
Mehnat haqi - bu mehnatning bahosi yoki narxidir. Uning miqdori va
dinamikasi bozor omillariga, birinchi navbatda esa unga bo‘lgan talab va
taklifga bog‘liq.
Mehnat haqi - bu tovaming puldagi ifodasi “ishchi kuchi” yoki “ishchi
kuchining narxi”. Uning miqdori ishlab chiqarish sharoiti hamda bozor
omillari - talab va taklif, ya’ni bu omillar ta’sirida bozorda ishchi kuchi narxi
va ish haqi o‘rtasida tafovut yuzaga keladi (ish haqi haqiqiy narxidan oshishi
yoki kamayishi mumkin).
Mehnat haqi - bu jamiyat koMamida milliy daromadning ishchilar va
xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq
taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan
qismidir.
0‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan. Unga