Me’morchilik



Yüklə 48,5 Kb.
səhifə1/3
tarix25.08.2022
ölçüsü48,5 Kb.
#63269
  1   2   3
ME’morchilik

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • X-XII

ME’MORCHILIK

Me’morchilik keng ma’noda inson mehnatining muayyan sohasi sifatida juda qadim zamonlarda paydo bo’lib, kishilarning eng zarur turmush ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan edi. U insonning turli-tuman amaliy – foydali, ijtimoiy-siyosiy, moddiy, diniy va boshqa ehtiyojllarni qondira oladi. Me’morchilik jamiyatning amaliy-foydali ehtiyojlarini qondirishni o’zining zarur vazifasi va maqsadi qilib olgan. Bundan 2000 yil avval qadimgi Rim me’mori Vitruviy ifodalab bergan « triada » yoki uchlik qoidasi shu kungacha o’z ahamiyatini saqlab qoldi. U me’morchilikda uchta asosiy element bo’lishi,ya’ni fodali, mustahkam va go’zal bo’lishi shart, degan edi.Bu uch yo’nalish musulmon Sharqi me’morchiligida ham ma’lum edi.Bu haqda Abu Ali ibn Sino shunday deydi: « O’ziga yashash joyi tan-laydigan kishi,tuproqning qanday ekanligini va yerning qanchalik baland past ekanligini, suvning tashqariga chiqishini va uning yuqori yoki past joylashganligini, shuningdek, qanday dengizlar, botqoqliklar, tog’lai va ruda konlari... qabriston vahokazo borligini bilish lozim ». Ibn Sinoning me’morchilikdagi bu « inson va muhit » nazariya-siga Mikelanjelo hamda Leonardo da Vinchilar ham keng to’xtalib o’tadi.


Abu Ali ibn Sino o’zining “Tibbiy risolalar” asarida: “Qaysi shahar tog’ ustida joylashgan bo’lsa, u yer sovuq bo’ladi, agar tog’lar tagida joylashgan bo’lsa, uning issiqligi bor” deb hukm qil. Agar shahar tog’ning janubiga joylashgan bo’lsa, unda issiq shamol esib turishi hukm qilinadi. Agar tog’lar shu shaharning janubida bo’lsa, shim-oliy shamolning sovug’ unga ta’sir qiladi. Agar tog’lar g’arb tomonda bo’lsa, u shaharning havosi og’ir bo’ladi. Sharq tomonda bo’lsa, toza bo’ladi” deb yozadi.
Me’morchilik kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichlaridayoq paydo bo’lgan. Ibtidoiy odam tabiat kuchlaridan o’zini muhofaza qilish uchun zarurat tufayli oddiy boshpana va chaylalar qurgan. Asta-sekin u qurilayotgan binoning ko’rkam bo’lishiga ham e’tibor berib, go’zallik qonunlari asosida ijod eta boshlagan.
Me’morchilik (lat. architectura so’zidan olingan) - me’morlik san’ati inson ijodiy faoliyatining qurilish bilan bog’liq alohida turidir. Me’morchilik- me’morlik san’ati tarixi, qonuniyatlari, nazariyasi binolarining turi va uslubi,kompozitsiyasi kabi qator masalalarni o’rganuvchi san’at sohasidir. Me’morchilik jamiyatning ijtimoiy-maishiy va g’oyaviy – badiy ehtiyojlarga xizmat qiladi.Inson dahosi va mehnati bilan yaratilgan muhit - turli-tuman binolar, inshootlar, shahar va qishloqlar me’morchilik nomi bilan yuritiladi. Me’morchilik davr o’tishi bilan o’zgara borib, jamiyat taraqiyotidagi tuzumlarning tub mohiyatini o’zida ifoda etadi. Me’morchilik asari amaliy xizmati bilan bir qatorda ma’lum g’oyaviy-badiiy mazmunni ham ifoda etadi.
Me’morchilik mahsuloti jamiyat moddiy madaniyatining tarkibiy qismini tashkil etadi va ayni vaqtda san’at asari sifatida ham namoyon bo’ladi. Me’morchilik quldorlik jamiyati davrida tez taraqqiy topdi. Jamiyatning sinfiy talabiga munosib uy-joy va jamoat binolari yaratildi. Me’morchilikning modiy-texnik va badiiy imkoniyatlari ham kengaydi. Qadimgi Sharqda (Misr, Mesopotamiya) piromida, zikkurat kabi ulkan diniy binolar majmuasi, shohona saroy va boshqa me’moriy inshootlar barpo qilindi. Me’morchilikning ba’zi amaliy va nazariy masalalari ishlab chiqildi. Qadimgi Yunonistonda binolarning maktab, stadion, teatr, ibodatxona, amfiteatr kabi turlari paydo bo`ldi. Ellinizm davriga kelib order tuzumi arxitektura tarixida keng va chuqur iz qoldirdi. Forum, Zafar darvozasi (Triumfal ark) kabi harbiy qudrat g’oyalarini namoyish etuvchi yangi inshootlar paydo bo’ladi.
Binolar bezagiga e’tibor ortdi. O`rta asr arxitekturasida (asosan G`arbiy ovro`pa mamlakatlarida) (X-XII asrlar) roman-me`morchilik uslubi, keyinroq (XII-XIV asrlar) qotika-me`morchilik uslubi alohida o`rin tutadi. Gotika uslubiga xos bo`lgan cho`ziq ravoqlardan iborat konstruksiyali binolar ichida ulug`vor ibodatxonalar diqqatga sazovor. Me`morchilik va san`at taraqqiyoti tarixida yorqin sahifa ochgan Uyg`onish davri – Renessans (XV asr oxiri, XVI asr boshlari) uslubi negizini qadimgi davr klassik me`morchilik tamoyillarini yangi davr talablari asosida tiklash va rivojlantirish tashkil etadi. Klassik qonunlarni uzviy rivojlantirish tamoyillari binolar kompozitsiyasida yaqqol ko`rinadi. XVI asr o’rtalarida binolar haddan tashqari bezakdor qilib quriladigan bo’ldi.
Movarounnahrda XV-XVI asrda Samarqandda va Hirotda me’morchilikning nodir namunalari yaratildi. Hashamatli jamoat binolari qad ko’tardi. Shohizinda majmuasidagi maqbaralar, Shahrisabzdagi Ko’kgumbaz, Yassidagi Ahmad Yassaviy maqbaralari shular jumlasidandir. O’rta Osiyo me’morchiligi va amaliy san’atida asriy an’analar takominlashtirildi. Bu me’moriy obidalarni muhandis-u me’morlari go’zallikning obyektiv qonunlarini chuqur bilganlar va o’z ijodlarida davirning g’oyasi va ruhini bera olganlar. Ularning me’moriy uslubi, naqshi va o’ziga xos bo’yoqlar jilosi beqiyos va takrorlanmasdir.



Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin