Menejmentda akt orqali boshqaruvni tashkillashtirish



Yüklə 39,5 Kb.
tarix15.10.2023
ölçüsü39,5 Kb.
#155924
22Menejmentda AKT orqali boshqaruvni tashkillashtirish


Menejmentda AKT orqali boshqaruvni tashkillashtirish.



  1. Menejment jarayonini axborot bilan ta’minlash nima ?

Axborot atamasi lotincha so‘z bo'lib, xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo'lish m a’nosini bildiradi. Axborot menejment tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol ta’sir etish uchun zarur m a’lumotlar yig'indisidan iboratdir. Yetarli va aniq axborotga ega bo'lmay boshqaruvni tashkil etish mumkin emas.


Ishlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o'rtasidagi aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo'jalik faoliyati to‘g‘risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, menejmentni yanada takomillashtirish maqsadida ko'rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi.
Axborot menejment tizimida alohida bo'g'in bo'lib hisoblanadi. Unga qator o'ziga xos xususiyatlar mansub bo'lib, ular axborot boshqaruvining barcha bo'g'inlari, barcha vazifalarini qamrab olishiga bog'liqdir.
Axborot - bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudligi sharti, mustahkamlash usulidir. Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko'rsatkichlariga bo'lgan talab ham ortib boradi.
Menejment jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to'plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko'rinishida axborot berish va uni ijrochilarga yetkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, operativ, iqtisodiy, hisob, moliya, ta’minot, kadrlar bo'yicha, texnologik, marketing, konstruktorlik, ijtimoiy va boshqalar.

  1. Menejmentning funksiyalari va ularning tasnifi nimalardan iborat?

Menejmentning asoschilaridan bo’lgan Anri Fayolning nazariyasi bo’yicha menejmentda quyidagi beshta funktsiyani ajratishadi:


1. Rejalashtirish – bu bashorat va kelajakka tayyorlanish.
2. Tashkillashtirish – bu faoliyat ko’rsatish uchun barcha zaruriy narsalar, shart-sharoitlarni ta’minlash (asbob-uskunalar, materiallar, moliyalashtirish, odamlar), bu yerda eng muhim element menejerning o’quv tayyorgarligi hisoblanadi.
3. Motivlashtirish – aniq maqsadli yo’nalishi bor insonning faoliyatga qiziqishi, hissiyoti va tuyg’ularini uyg’otish bo’yicha boshqaruv faoliyati turi.
4. Muvofiqlashtirish – taqsimlash. Tashkiliy ishlarni bajarishda vosita sifatidagi jamoaviy faoliyat. Mohiyati bo’yicha bu -bo’ysunuvchilarni boshqarish.
5. Nazorat – tekshiruv va nazorat – hammasi rejadagidek bo’lishi kerak.
Rejalashtirish. Menejmentning bosh funktsiyasi rejalashtirish hisoblanadi. Tadbirkor yoki boshqaruvchi uni amalga oshirishda hozirgi vaqtda tashkilotdagi vaziyatni, uning istiqbolini har tomonlama va mukammal tahlil qilishi asosida keyingi davr uchun maqsadi va vazifalarini shakllantiradi, harakatlar strategiyasini ishlab chiqadi va nihoyat ularni amalga oshirishning zaruriy rejalarini va Rejalarni tuzishda quyidagi tamoyillardan foydala- niladi:
• rejalashtirishning to’liqligi – rejalashtirishda tashki- lotni rivojlantirish uchun muhim
hisoblangan barcha vaziyat- lar, voqealar va jarayonlar hisobga olinishi kerak;
• rejalashtirishning aniqligi – rejalarni tuzishda basho- ratning aniqligini ta’minlovchi
taktikalar va tartiblar, vositalar, zamonaviy usullardan foydalaniladi;
• rejalashtirishning ochiqliligi, tiniqliligi – rejalash- tirishning maqsadi va o’lchamlari
tashkilotning barcha a’zolari uchun tushunarli bo’lishi uchun shakllar, standartlar, oddiy va
yengil izohlarda, tavsiflarda berilishi kerak;
• rejalashtirishning uzluksizligi – rejalashtirish bir marotabalik dalolatnoma emas, u
uzluksiz, doimiy jarayon;
• rejalashtirishning iqtisodliligi – rejalashtirishning xarajatlari rejalashtirishdan
olinadigan foydaga mos va mutanosib bo’lishi kerak.



  1. Menejmentning o`ziga xos xususiyatlariga nimalar kiradi ?

Menejment tushunchasi tor m a’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo‘lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi faoliyat yo'nalishini qanchalik to‘g ‘ri tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog'liq bo‘ladi. Menejment keng m a’noli tushuncha sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilm agan b etartib om m ani bir m aqsadga yo'naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, ijtimoiy o'zgarishlarni rag‘batlantiruvchi element hisoblanadi». M enejment nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo'li, maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta ’sir etuvchi kuch hisoblanadi. Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog'lab, shu bilan birga, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o'rganish lozim.


Bugungi kunda «menejment ilmi», «qabul qilish ilmi», «tizimli tahlil», «tizimlar haqida ilm», «operatsiyalar tadqiqoti» kabi birbirini almashtirib qo'yish mumkin bo'lgan tushunchalarni uchratish m um kin. Menejment ilmining yondashish sifatida o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
- ilmiy usulning qo'llanilishi;
- tizimli yondashish;
- modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan, har qanday ilmiy tadqiqotning. fundamental tadbiridir
Yüklə 39,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin