Menejmentda axborot va kommunikatsiya



Yüklə 7,3 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü7,3 Kb.
#166557
  1   2
Menejmentda axborot va kommunikatsiya-genderi.org


Menejmentda axborot va kommunikatsiya

Menejmentda axborot va kommunikatsiya
Reja:

  • Axborot to’g’risida tushuncha.

  • Axborotlarning turkumlanishi.

  • Kommunikatsiya va kommunikatsion jarayon.

  • Hujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish.


Axborot — ma’lumot va xabarlar to‘plami bo‘lib, mazmunan yangilik unsuriariga ega bo'ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o‘ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar boshqaruv negizi hisobladi.
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar axborot vositasida amalga oshiriladi
Ichki axborot
Boshqaruv buyrug‘i
Boshqaruvchi organ boshqariluvchi obyektning holati hamda boshqariluvchi obyekt bog‘liq bo‘lgan tashqi muhit holati haqida axborotlar olib turadi. Bu axborot boshqaruvchi organ tomonidan qabul qilinadi va shu axborot asosida u boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq) ni ishlab chiqadi. Shundan keyin axborot boshqariluvchi obyektga ta’sir o‘tkazadigan boshqaruvchi tizimning ijroiya organiga yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi.
Axborotlar turlari
iqtisodiy
huquqiy
sotsial
texnikaviy
tashkiliy
texnologik
Boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to‘g‘risidagi ichki axborot boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi.
Ichki axborotga quyidagilar kiradi:

Tashqi axborotlar, ya’ni:



  • yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar;

  • mahsulot iste’molchilarining talablari;

  • boshqa korxonalaming ilg‘or tajribalari;

  • raqobatchilarning xatti-harakatlari;

  • bozorlardagi holat va muvozanat;

  • inflyatsiya va ishsizlik darajasi;

  • budjetga to‘lovlar va boshqa ma’lumotlar shu turkumdagi axborotlar sirasiga kiradi.

Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi.


Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: ishonchlilik; tushunarli, bir ma’nolilik; tezkorlik; to‘liqlik; tejamlilik.
Axborot tushunarli bo‘lishi kerak, chalkash, bir-biri bilan taqqoslab bo‘lmaydigan ko‘rsatkichlar to‘g‘ri rahbarlik qilishga va o‘z vaqtida qaror qabul qilishga putur yetkazadi. Axborotning o‘z vaqtida kelishi va o‘z vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi, ya’ni tezkorligi hamjuda muhimdir.
Boshqarish organlari ma’lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari bilan qanchalik mukammal ta’minlangan bo‘lsa, rahbarlarga ortiqcha, befoyda ma’lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa, o‘z navbatida axborot oqimidagi tejamkorlikni ta’minlaydi.
Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti faqat to‘g‘ri aloqagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjudligidir. Teskari aloqa har qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal mexanizm hisoblanadi.
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko‘p tomonlama va xilma-xil aloqalar mavjudligi sharoitida ayniqsa teskari aloqaning ahamiyati ortadi. Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin uning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida teskari aloqa yo‘li bo'yicha o‘z vaqtida axborot bilan ta’minlanib turiimasa, boshqarish jarayoni buziladi va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqishi mumkin.
Axborot tizimlari ikki xil bo‘lishi mumkin.


Yüklə 7,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin