Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
SHAYX MAHMUD AS’AD JO’SHON
RAMAZON
va
TAQVO
Tarjimon:
Sayfiddin SAYFULLOH
«Movarounnahr» 2004
Mas’ul muharrir:
Shayx Muhammad Sodiq MUHAMMAD YUSUF
Muharrir:
Shahobiddin ODILOV
Taqrizchi:
Abdurrazzoq YUNUSOV
Imom A’zam mazhabidagi atoqli alloma, Naqshbandiyya tariqatining murshidi komili,
yurtimizda o’nlab asarlari tarjima bo’lgan professor, Shayx Mahmud As’ad Jo’shonning
(1938-2001) ushbu kitobida ro’zaning farzligi, bu xususdagi fiqhiy ahkomlar, uning
moddiy va ma’naviy foydalari, jamiyat hayotiga ijobiy ta’siri va taqvoning ahamiyati
haqidagi bir qator muhim shar’iy masalalardan bahs yuritiladi. Shuningdek, asarda
muborak uch oylar va muborak kechalar fazilati haqida ma’lumot va tavsiyalar berilgan.
Kitob sodda, xalqchil, suhbat uslubida tartib berilgan bo’lib, keng kitobxonlar ommasiga
manzur bo’ladi, degan umiddamiz.
© Sayfiddin Sayfulloh
RAMAZON – RAHMAT OYI
Bizni inson qilib yaratgan va imon gavhariga musharraf etgan mehribon Alloh taologa
behad hamdu sanolar bo’lsin!
Olamlarga rahmat bo’lib kelgan sevimli, mushfiq payg’ambarimiz hazrat Muhammad
Mustafo sallallohu alayhi vasallamga salotu salomlar yo’llaymiz.
Muborak ramazon oyining ro’zasi Islomning besh shartidan biri bo’lib, payg’ambar
yuborilgan har bir ummatga farz qilingan. Qur’oni karimda: «Sizlarga ham sanoqli
kunlarda ro’za tutish farz qilindi», «Sizlardan kim bu oyga hozir bo’lsa, ro’za tutsin» kabi
xitoblar bilan ro’zaning farzligi sobit bo’lgan va fiqhiy asoslaridan bahs yuritilgan
1
.
Hadisi qudsiylardan birida: «Ro’za men uchundir va uning mukofotini men beraman», –
deyiladi va ro’zaning xos ibodat hamda ulug’ savobga ega ekanligiga ishora qilinadi.
Dinning ustini namoz bo’lsa, jamiyatniki – zakot, ruhniki esa ro’zadir. Ro’za ruh
shifosidir.
Har bir ilohiy amrda o’ziga xos hikmat bor. Ro’zaning barcha xususiyati va hikmati
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Dostları ilə paylaş: |