Mikrobiologiya



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#158928
  1   2   3
Mikrobiologiya (2)



O ‘ZBEK ISTO N RESPU BLIK ASI O LIY VA O ‘RTA MAXSUS
T A ’LIM V A ZIR LIG I
ABU RAYHON BERUNIY N OM IDAGI 
TO SHKENT DAVLAT TEXNIKA U N IV ERSITETI
MIKROBIOLOGIYA
fanidan laborotoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo ‘llanma
Toshkent 2015


“Mikrobiologiya” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun 
uslubiy qo‘llanma / Safarov J.E., Sattarov M.E., Sultanova Sh.A. -
Toshkent.: ToshDTU, 2015. -3 0 b.
“Mikrobiologiya” fanidan laboratoriya 
mashg‘ulotlarni bajarish 
uchun tayyorlangan ushbu uslubiy qo‘llanma 532500 -biotexnologiya 
(biofaol moddalar biotexnologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 
talabalar hamda turdosh yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun 
m o‘ljallangan.
T aqrizchilar:
A.Mengliyev - ToshDTU ilmiy tadqiqotlar marketingi bo‘limi 
boshlig‘i, kimyo fanlari nomzodi.
Z.R. 
Axmedova 
-
O ‘zR 
FA 
Mikribiologiya 
instituti 
“Mikroorganizmlar fermentlari” laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari 
doktori.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2015
2


1-LABORATORIYA ISH I 
B IO L O G IK M IK RO SK O PN IN G TU ZILISH I
Mikroorganizmlarni o ‘rganish uchun har xil tuzilgan mikroskoplar 
ishlatiladi. Hozir oddiy biologik mikroskopdan tashqari, elektron 
mikroskop ham ko‘p ishlatiladi. U bakteriyalar hujayrasini 100-200 ming 
marta kattalashtirib ko‘rsatadi.
Deyarli hamma o ‘rta maktablar laboratoriyasida biologik mikroskop 
ishlatilishi sababli uning tuzilishi ustida qisqacha to ‘xtalib o ‘tamiz (1- 
rasm). SHtativ (1) mikroskopning ayrim qismlarini o ‘rnatish uchun 
ishlatiladi. Tubus (2) ga tekshiriladigan obyektini turli kattalikda 
ko‘rsatadigan okulyar (3) o ‘rnatilgan. Okulyarning ko‘rsatish darajasi 
uning halqasidagi 7x, 10x va 15x belgilar bilan ifodalanadi. Tubusning 
pastki uchiga revolver (4) vositasida obyektiiv (5) o ‘rnatilgan. 
Obyektiivlar ustiga 8x, 40x, 90x va 120x ishoralar yozilgan bo‘lib, ular 
obyektiivlarning kuchini, ya’ni tekshirilayotgan obyektini necha marta 
katta qilib ko‘rsatayotganligini ifodalaydi. Mikroskopning necha marta 
katta qilib ko‘rsatayotganligini aniqlash uchun, obyektiivdagi raqam 
okulyardagi raqamga ko‘paytiriladi.
1 - rasm. Biologik mikroskop (MBI - 1).
3


Masalan, obyektiiv 8x, okulyar 15x ga teng bo‘lsa, obyektiivning 
kattaligi shu sonlarni bir-biriga ko‘paytirish natijasi (8 x 15=120) ga teng 
keladi. Demak, kuzatilayotgan obyekti 120 marta katta bo‘lib ko‘rinadi. 
Kuzatilayotgan obyekti mikroskopdagi makrovint (6) yordamida topiladi. 
Tekshirilayotgan obyektini aniqroq ko‘rish uchun mikrovint (7) 
ishlatiladi. U juda nozik ishlangan mexanizm bilan bog‘liq bo‘lganidan 
uni ortiqcha burash yaramaydi. Ikki qavatli stolcha (8) ning ostki qavati 
shtativga mahkam birikitrilgan bo‘lib, u stolchaning 
ustki 
qavati 
(9) ni tutib turadi. Stolchaning ustki qavati harakatchan bo‘lib, 
uni 
o ‘ngga, chapga, 
orqaga va 
oldinga surish mumkin. Buning uchun 
stolchaning ikki tomonidagi vintlar (10) dan foydalaniladi. 
Buyum 
oynasi qo‘l bilan oldinga yoki bir chekkaga surilganida tekshirilayotgan 
obyekti ko‘zga chalinmay qolishi 
mumkin. Shu sababli uni qo‘l bilan 
emas, balki stolchani harakatga keltiradigan vintlar bilan surib, 
mikroskop doirasining markaziga keltirish kerak. Abbe kondensori (11) 
maxsus oynalardan tuzilgan bo‘lib, mikroskopga yorug‘lik to ‘plash 
maqsadida ishlatiladi. Kondensor yuqoriga ko‘tarilsa, tubusga tushadigan 
yorug‘lik nurining kuchi ortadi. Kondensorni harakatga keltirish uchun 
mikroskop stolchasi ostiga o ‘rnatilgan vint (12) buraladi. Mikroskopdagi 
oyna (13) yorug‘likni o ‘lchash maqsadida qo‘llaniladi. Yorug‘lik 
kuchayib ketsa, u holda kondensor ostidagi halqacha (14) ga oq yoki havo 
rang va boshqa tusdagi shisha filtrlar o ‘rnatiladi. Buyum oynasini 
siljitmay bir o ‘rinda saqlash maqsadida oynani mahkamlovchi qisqich 
(15) lar ishlatiladi.
Mikroorganizmlarni tekshirganda, 
asosan, 
90x yoki 
120x li 
obyektiivlar qo‘llaniladi. Bu obyektiivlar im m ersion yoki moyli 
obyektiiv deyiladi. 90x va 120x li obyektiivlarni ishlatish vaqtida 
tayyorlangan va kuzatilayotgan obyektiga kedr yoki kastorka moyi 
tomiziladi. So‘ngra moy tomchisiga immersion obyektiivning uchi 
botiriladi. Kondensor yuqoriga surilib oxirigacha ko‘tariladi. Bu paytda 
kondensorda to ‘plangan yorug‘likning hammasi moy tomchisi orqali 
o ‘tib, 
muhitda 
tarqalmasdan 
immersion 
obyektiivga 
boradi. 
Tekshirilayotgan obyekti esa juda aniq va ravshan ko‘rinadi. Q uruq 
sistem ada, ya’ni 8x yoki 40x obyektiivlarda qaralganda moy
4


ishlatilmaydi. Obyektiiv bilan obyekti o ‘rtasida havo bo‘shlig‘i bo‘ladi. 
Havo bo‘shlig‘i orqali o ‘tgan yorug‘likning bir qismi obyektiivga 
bormasdan yo‘qoladi. Chunki havoning yorug‘lik sindirish koeffisienti 
(n=1,0), buyum oynasining yorug‘lik sindirish koeffisienti (n=1,52) dan 
pastroq bo‘ladi. Bunda yorug‘likning bir qismi yo ‘qolishi natijasida 
obyekti ham yaxshi ko‘rinmaydi. Shu sababli immersion sistema 
qo‘llaniladi. Bunda moyning yorug‘lik sindirish koeffisienti (n=1,515) 
bilan buyum oynasining yorug‘lik sindirish koeffisienti (n=1,52) bir- 
biriga yaqin bo‘lishi yorug‘likning chetga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Yorug‘likning hammasi obyektiiv ichiga o ‘tib ketadi. 8x li obyektiiv 
ishlatilganda kondensor oxirigacha pastga tushirilgan holda bo‘ladi, 40x 
li obyektiiv ishlatilganda bir oz yuqoriga ko‘tariladi.
Tekshirish tugallangandan so‘ng 90x yoki 120x li obyektiiv ustidagi 
kedr moyini avval filtr qog‘oz, so‘ngra benzin shimdirilgan mayin latta 
bilan artib olish zarur. Immersion obyektiivlarni ehtiyotlik bilan ishlatish 
kerak.
Sinov savollari:
1. Mikroskopning qanday xillarini bilasiz?
2. Mikrpskopning umumiy tuzilishi?
3. Mikroskopning qancha marta kattalashtirilishi qanday aniqlanadi?
2-LABORATORIYA ISH I 
M IK RO O RG A N IZM LA R N I FIKSATSIYALANGAN VA 
B O ‘YALGAN HOLDA TEK SH IR ISH
K erakli jihozlar: mikroskop, buyum oynasi, bakterial ilmoq, spirt 
lampa, to ‘xtab qolgan suv yoki tish kiri, filtr qog‘oz, lyoffler sinkasi yoki 
fuksin bo‘yog‘i.
N azariy tushuncha: B akteriyalarning shakli va o‘lchami xilma-xil 
bo‘ladi. Sharsimon bakteriyalarning diametri 1-2 mkm dan katta 
bo‘lmaydi, biroq 
Tiofisa
valutansning diametri 18 
mkm ga etadi. 
Sharsimon bakteriyalar eng oddiy tuzilgan mikroorganizmlardir.
Yakka-yakka joylashgan bakteriyalar kokk, ikkitadan joylashganlari
5


diplokokk 
to ‘rttadan 
joylashganlari 
tetrakokk, 
sakkiztadan 
joylashganlari sarsina va bo‘linish natijasida zanjir hosil qilganlari 
streptokokk, uzum shingili shaklidagilari stafilokokk deb ataladi.
Tayoqchasimon bakteriyalarning uzunligi 1-4 mkm, ko‘ndalang 
kesimi 0,5-1 mkm dan oshmaydi. Lekin oltin gugurt bakteriyasi Beggiato 
mirabilisning ko‘ndalang kesimi 50 mkm ga etadi. Yirik bakteriyalar 
unchalik ko‘p uchramaydi. Tayoqchasimon bakteriyalar asosan spora 
hosil qiladigan hamda spora hosil qilmaydigan ikki katta gruruhga 
bo‘linadi. Spora hosil qiluvchi bakteriyalar basillalar deyiladi. Hujayrasi 
bir oz bukilib turgan bakteriyalar vibrion, bir necha marta oddiy bukilib 
spiral shaklida bo‘lganlari spirilla va oddiy spiral shaklidagilari 
spiroxeta deyiladi (2-rasm).
2 - rasm. Mikroorganizmlarning shakllari: 
a - kokklar; b - diplokokklar; v - stafilokokklar; g - sarsinalar; d -
streptokokklar; e - tetrakokklar; j - tayoqchasimon bakteriyalar va basillalar; z -
vibrionlar; i - spirillalar; k - spiroxetalar.
Bulardan tashqari, oddiy mikroskopda ko‘rinmaydigan 0,02-0,03
mkm yoki 20-30 nm kattalikdagi tirik organizmlar ham bor. Ular maxsus
6


filtr orqali o ‘tib ketganligi sababli filtrlanuvchi v iru slar deb ataladi. 
Filtrlanuvchi viruslar yoki ultramikroblar qatoriga bakteriofaglar ham 
kiradi. Bakteriofaglar lizin moddasi ajratadi. Lizin ta’sirida zararli 
mikroblar nobud bo‘ladi, ya’ni erib ketadi.
Mikrobiologiyaga oid mashg‘ulotlar vaqtida yuqumli kasalliklar bilan 
zararlanmaslik uchun, ehtiyotlik bilan ishlash, jumladan, mashg‘ulot 
boshlashdan oldin va uni tugatgandan so‘ng qo‘lni sovunlab yuvish 
hamda boshqa sanitariya-gigiena qoidalarini bajarish zarur, aks holda 
ko‘ngilsiz oqibatlar yuz berishi mumkin.
Mikroorganizmlarning 
shakli 
quyidagi 
mashg‘ulotlar 
vaqtida 
o ‘rganiladi.
Ishning borishi: Bu mashg‘ulotda to ‘xtab qolgan iflos suvdan yoki 
tish kiridan bakteriyali preparat tayyorlash uchun oddiy buyum oynasi 
ishlatiladi. U yaxshilab artilib sterillanadi. Buning uchun oyna spirt lampa 
alangasi ustidan 2-3 
marta o ‘tkaziladi. 
So‘ngra tekshiriladigan 
suyuqlikdan sterillangan bakterial ilmoq yordamida bir tomchi olib, 
buyum oynasiga surkaladi, ya’ni mazok tayyorlanadi. Mazok quritiladi. 
So‘ngra bakteriyalarni oyna ustida fiksasiyalash maqsadida, oyna spirt 
lampa alangasi ustidan 2-3 marta o ‘tkaziladi. Tayyorlangan preparat 
ustiga 2-3 tomchi lyoffler sinkasi yoki fuksin bo‘yog‘i tomiziladi. Oradan
1-2 minut o ‘tgach, bo‘yoq yuviladi. Preparat ustidagi suv tomchilari filtr 
qog‘ozga shimdirib quritiladi. So‘ngra mazok ustiga bir tomchi kedr yoki 
kastorka moyidan tomizib, u avval quruq (moyga botirilmagan, 8x li) va 
keyin immersion obyektiiv orqali tekshiriladi. Preparatda sharsimon, 
tayoqchasimon, spiralsimon va boshqa shakldagi mikroblar borligi 
aniqlanadi.
Sinov savollari:
1. Stafilokokklar qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
2. Bakteriofaglar nima?
3.Filtrlovchi viruslar nima?
4.Mikroorganizmlarni aniqlashni qanday usullarini bilasiz?
7


3-LA BO RA TO RIY A ISH I 
M IK RO O RG A N IZM LA RN IN G O ‘LCH A M IN I NIQLASH
K erakli jihozlar: 
mikroskop, 
obyektiiv 
mikrometr, 
okulyar 
mikrometr.
Ishning borishi: Bu mashg‘ulotda okulyar va obyektiiv mikrometrlar 
(3-rasm) qo‘llaniladi. Okulyar mikrometr shishadan tayyorlangan 
doiradan iborat. Doiraning diametri mikroskop okulyarining diametridan 
bir oz kichikroq bo‘ladi. Okulyar mikrometr doirasining markazida 5 mm 
uzunlikdagi 50 ta chiziq bor. Chiziqlarning orasi 0,1mm ga teng keladi 
(3-rasm, a).

a
3 - rasm. a - obyektiiv; b - okulyar mikrometrlar.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin okulyar mikrometr mikroskop 
okulyarining ichiga joylanadi. Mikroskopda qaragan vaqtda okulyar 
mikrometrning chiziqlari aniq ko‘rinadi, lekin chiziqlar o‘rtasidagi 
oraliqlar yuqorida ko‘rsatilgan darajaga teng bo‘lmaydi. Mikroskopning 
okulyar mikrometr chiziqlari o‘rtasidagi oraliqni aniq belgilash 
maqsadida obyektiiv mikrometrdan foydalanishga to ‘g‘ri keladi. 
Obyektiiv mikrometr buyum oynasiga ishlangan, ya’ni oynaning 
markaziga uzunligi 1 mm keladigan masofada 100 ta chiziq chizilgan. Bu 
chiziqlar orasi 0,01 mm, ya’ni 10 mkm, ga teng keladi.
8


Okulyar mikrometr
10 mk
Ob’yektiv mikrometr
4 - rasm. Okulyar mikrometr chiziqlari o‘rtasidagi oraliqlarni belgilash.
Obyektiiv mikrometr yordamida okulyar mikrometr chiziqlari 
o ‘rtasidagi oraliqlar necha mikrometrga tengligi aniqlanadi. Buning 
uchun obyektiiv mikrometr mikroskop stolchasiga joylanib, so‘ngra 
okulyar mikrometr chiziqlari obyektiiv mikrometr chiziqlari bilan 
taqqoslab ko‘riladi. Agar obyektiiv va okulyar mikrometr chiziqlari bir - 
biriga to ‘g ‘ri kelsa, okulyar mikrometr chiziqlari o‘rtasidagi oraliqlar 10 
mkm ga tengligini ko‘rsatadi. Bordi-yu, okulyar chiziq oralig‘ining 
beshtasi obyektiivdagi 2 ta chiziq oralig‘iga to ‘g ‘ri kelsa, u holda 
okulyardagi chiziq oralig‘i 4 mkm ga teng bo‘lib qoladi. Okulyar 
mikrometrdagi 5 ta chiziq orasi obyektiiv mikrometrdagi chiziqlarning 10 
bo‘lagiga to ‘g ‘ri kelsa, u holda okulyar mikrometr chiziqlarining 
oraliqlari 2 mkm ga teng bo‘ladi.
Obyekti yoki buyumni tekshirish vaqtida ishlatilayotgan okulyar yoki 
obyektiiv 
o ‘zgartirilsa, 
okulyar 
mikrometrda 
ko‘ringan 
chiziq 
oraliqlarining qiymati ham o ‘zgarishini hisobga olish lozim. Masalan, 8x 
li obyektiivda ko‘ringan chiziq oraliqlari 40x li obyektiiv ishlatilganda 
boshqa songa tenglashib qoladi. Demak, bu sonni aniqlash uchun 
mikroskop 
stolchasiga obyektiiv 
mikrometrni 
qo‘yib, 
okulyarda 
ko‘ringan chiziq oraliqlarining qiymatini qaytadan aniqlab olish lozim.
Okulyar mikrometr chiziqlari oraliqlarining qiymati aniqlangandan 
so‘ng mikroskopda ko‘ringan har qanday obyektining o ‘lchamini bemalol 
aniqlab olish mumkin.
9


Sinov savollari:
1.Mikroorganizmlarning o ‘lchamlari qanday aniqlanadi?
2. Okulyar mikrometr nima?
3. Obyektiiv mikrometr nima?
4-LABORATORIYA ISH I 
M IK RO O RG A N IZM LA R N I TEKSH IRISH D A
ISHLATILADIGAN O ZIQ M U H ITLA RIN I TAYYORLASH VA
STERILLA SH USULLARI
K erakli jihozlar: go‘sht, pepton, maxsus tunuka voronka, shisha 
voronka, filtr qog‘oz, qizil lakmus qoroz, kristalik soda, avtoklav, 
probirka va kolbalar, jelatina va agar-agar, Kox qaynatgichi, tuxum.
Ishning borishi: Mikrobiologiya amalyotida mikroogranizmlarning 
morfologiyasini va fiziologik jarayonlarini o ‘rganish hamda ularni bir- 
biridan ajratib olish uchun quyidagi oziq muhitlari ishlatiladi:
1. 
Peptonli go‘sht sho‘rvasi (PGSh). Bu sho‘rvani tayyorlash uchun 
avval 500 g go‘sht suyak, chandir va yog‘idan tozalanib maydalanadi. 
Maydalangan go‘shtga 1 l suv qo‘shib 15° haroratda 24 soat tinch 
qoldiriladi. Shundan so‘ng go‘sht aralashtirilgan suv doka orqali kolbaga 
filtrlanadi. Bu filtrat 30 minut qaynatiladi, so‘ngra issiqligida burmali 
filtrdan qayta o ‘tkaziladi. Sho‘rvani qaynatish vaqtida kamaygan suv 
miqdori tiklanadi, ya’ni kolbadagi suvni 1 
l
etkazish uchun sho‘rvaga 
toza suv qo‘shiladi. Shu tartibda tayyorlangan eritma go‘sht sho‘rvasi 
(bulon) deb ataladi.
Bir litr go‘sht sho‘rvasiga 10 g pepton va 5 g osh tuzi qo‘shiladi. 
Qo‘shilgan pepton eriguncha sho‘rva isitiladi. Peptonli sho‘rvani neytral 
holga keltirish maqsadida unga kristalik soda qo‘shiladi. Sho‘rva neytral 
holga kelganligini aniqlash uchun undan bir necha tomchi olib, lakmus 
qog‘ozga tomiziladi, qizil lakmus qog‘oz endi ko‘kara boshlagan bo‘lsa, 
bu hodisa sho‘rvaning kuchsiz ishqoriy yoki neytralga yaqinligini 
ko‘rsatadi. Neytrallangan vaqtda eritma loyqalanadi, uni tindirish uchun 
avtoklavga qo‘yib 120°C haroratda 30 minut qizdiriladi. Keyin 
avtoklavdan olinib filtrlanadi va toza probirkalarga yoki kolbalarga
10


taqsimlanadi. Probirka va kolbalarning og‘zi paxtadan yasalgan tiqin 
bilan bekitiladi. Filtrat quyilgan va og‘zi bekitilgan kolba yoki probirkalar 
qaytadan avtoklavga joylanib, 120°C issiqlikda 15 yoki 30 minut 
qizdiriladi. Sovigandan so‘ng u oziq muhiti sifatida ishlatiladi.
Bakteriyalarning turini aniqlashda va ularni bir-biridai ajratishda 
suyuq 
oziq 
muhiti 
(go‘sht-peptonli 
sho‘rva) 
unchalik 
qulay 
bo‘lmaganligidan, odatda, kam ishlatiladi. Buning o‘rniga jelatina yoki 
agar-agar qo‘shilgan qattiq oziq muhitidan foydalaniladi. Qattiq oziq 
muhiti sathida har qaysi bakteriya o‘ziga xos koloniya hosil qiladi. Bu 
koloniyalar rangi va shakliga qarab bir-biridan farq qiladi.
Qattiq oziq muhiti tayyorlash uchun jelatina yoki agar-agar ishlatiladi. 
Bulardan tashqari, kremniy (suyuq oyna) dan tayyorlangan gel va boshqa 
moddalar qo‘shish ham mumkin.
2. 
G o‘sht-pepton-jelatina (G PJ). Bu oziq muhitini tayyorlash uchun 
1 l peptonli go‘sht sho‘rvasiga 100-120 g maydalangan jelatina 
qo‘shiladi. Sho‘rvaga qo‘shilgan jelatinani eritish uchun kolba Kox 
qaynatgichida yoki avtoklavda qizdiriladi. Avtoklavning harorati 100°C 
dan ortib ketmasligi uchun uning jo ‘mragi ochiq bo‘lishi kerak, chunki 
jelatina yuqori haroratda o ‘z xususiyatini yo‘qotadi. Go‘sht-pepton- 
jelatina aralashmasi Kox qaynatgichidan yoki avtoklavdan olinib 
filtrlanadi. Buning uchun burmali filtr qo‘yilgan shisha voronka, 
tunukadan 
yasalgan 
ikki 
qavatli 
maxsus 
voronkaga 
(8-rasm) 
joylashtiriladi va shu voronka ichiga quyilgan suv isitib turiladi. Bu 
filtrdan o ‘tadigan go‘sht-pepton-jelatinaning qotib qolishiga yo‘l 
qo‘ymaydi. Filtrat probirka yoki kolbalarga taqsimlanadi.
Probirka va kolbalarning og‘zi paxtadan yasalgan tiqin bilan 
bekitilib, 
ular 
Kox 
qaynatgichiga joylanadi. 
GPJ 
eritmasidagi 
mikroorganizmlarni nobud qilish uchun u Kox qaynatgichida 100°C 
haroratda 
15-30 
minut 
sterillanadi. 
Oradan 
24 
soat 
o ‘tgach, 
qaynatgichdagi GPJ qaytadan qizdiriladi. Yana 24 soat vaqt o ‘tgach, 
100°C haroratda 15 minut saqlanib qaytadan sterillanadi. SHunday qilib, 
bu oziq muhiti Kox qaynatgichida 3 sutka davomida 3 marta sterillanadi.
GPJ asosan sovuq sharoitda ishlatiladi, chunki harorat 24° gacha isishi 
bilan jelatina suyulib qoladi. Shuning uchun mikrobiologiya amaliyotida
11


ko‘pincha agar-agardan tayyorlangan oziq muhitidan foydalaniladi.
3. 
G o‘sht-pepton agar-agarli oziq m uhiti (GPA). Bu oziq muhitini 
tayyorlash uchun kolbadagi 1 l peptonli go‘sht sho‘rvasiga 15-20 g 
maydalangan agar-agar aralashtiriladi. Aralashmadagi agar-agarni eritish 
uchun kolba avtoklavga joylanib, 120°C haroratda 20 minut qizdiriladi. 
Agar-agar erigandan so‘ng bir dona tuxum oqi suvda suyultirilib, 
avtoklav ichidagi eritmaga qo‘shiladi. Avtoklavning qopqog‘ini mahkam 
bekitib, kolba ichidagi eritma 120°C haroratda yana 15-20 minut 
qizdiriladi. Eritma ichidagi oqsil va boshqa moddalar tuxum oqi 
ta’sirida cho‘kadi, tiniq eritma esa cho‘kma ustiga yig‘iladi.
8 - rasm. Filtrlash uchun maxsus tunuka voronka.
Shu tarzda tindirilgan GPA avtoklavdan olinib, issiq voronka orqali 
filtrlanadi va probirka yoki kolbalarga taqsimlanadi. GPA quyilgan 
idishlarning og‘zi paxtadan yasalgan tiqin bilan bekitilib yana avtoklavga 
joylanadi va 120°C haroratda 20-30 minut sterillanadi.
Yuqorida aytib o ‘tilgan oziq muhitlaridan tashkari, sut, kartoshka, 
tuproq va boshqalardan ham fondalaniladi.
Sinov savollari:
1. Peptonli go‘sht sho‘rvasi qanday tayyorlanadi?
2.G o‘sht-pepton-jelatina qanday tayyorlanadi?
3.Go‘sht-pepton agar-agarli oziq muhiti qanday tayyorlanadi?
4.Ozuqa muhitlari nima maqsadda ishlatiladi?
5-LABORATORIYA ISH I
12


O ZIQ M U H ITI VA ID ISH LA RN I STERILLA SH HAMDA 
M IK R O O RG A N IZM LA RN I PARVARISH Q ILISH VA SHU 
MAQSAD UCHUN ISHLATILADIGAN ASBOBLAR
Kox qaynatgichida sterillash. Buning uchun qaynatgichga 5 sm 
qalinlikda suv quyiladi. So‘ngra sterillanadigan probirka va kolbalar sim 
savatga yoki tunuka chelakka joylanib, qaynatgich ichidagi tirgak ustiga 
qo‘yiladida, qaynatgichning qopqog‘i yopiladi (9-rasm). Bular 3 kun 
davomida 3 marta sterillanadi.
Birinchi kuni qaynatgich ichidagi probirka yoki kolbalar 100°C 
haroratda 30 minut qizdirilganda, spora hosil qilmaydigan hamda 
sporalari issiqqa chidamsiz bakteriyalar nobud bo‘ladi. Sterillanayotgan 
idishlar Kox qaynatgichida kelgusi kungacha qoldiriladi. Ikkinchi kuni 
qaynatgich qaytadan 100°C gacha qizdirilganda sporalari issiqqa 
chidamli bakteriyalar ham nobud bo‘ladi. Oziq muhitini butunlay 
sterillash maqsadida uchinchi kuni yana 30 minut qizdiriladi. Shunda 
oziq muhiti mikroorganizmlardan butunlay tozalanadi.
9 - rasm. Kox qaynatgichi.
A vtoklavda sterillash. Avtoklavga avval 5-10 sm qalinlikda suv 
quyiladi. So‘ngra sterillanadigan buyumlar unga joylanib, qopqog‘i 
mahkam bekitiladi. Ichidagi havo chiqib ketguncha uning jo ‘mragi ochiq 
holda qoldiriladi. Suv bug‘i bir tekis chiqa boshlagandan keyin jo ‘mragi
13


bekitiladi (10-rasm). Avtoklavga o ‘rnatilgan manometr bir atmosferaga 
ko‘tarilganligi kuzatiladi. Manometr bosim bir atmosfera ko‘tarilganini 
ko‘rsatgan vaqtda avtoklavning ichidagi va probirka ichidagi oziq 
muhitining harorati 120° ga yetadi. Bunday haroratda oziq muhitidagi 
mikroorganizmlarning hammasi nobud bo‘ladi.
10 - rasm. Avtoklav turlari: a - vertikal; b - gorizontal shakldagi avtoklavlar; v 
- strillash uchun qo‘yilgan buyumlarning o‘rnatilishi.
Sterillash 20 minut davom etadi. Shundan so‘ng manometr strelkasi 
nol darajaga kelguncha avtoklav sovitiladi, so‘ngra bug‘ chiqib 
bo‘lguncha jo ‘mragi ochiq qoldiriladi. Bug‘ chiqishi to ‘xtagandan keyin 
qopqog‘i ochilib, undan sterillangan oziq muhiti olinadi.
Sut va issiqlik ta’sirida buziladigan boshqa suyuqliklar ichidagi 
sporasiz bakteriyalarni nobud qilish maqsadida pasterlash usuli 
qo‘llaniladi. Bu usulda suyuqliklar 60-70° issiqda 15-30 minut yoki 70- 
80°C issiqda 5-10 minut qizdiriladi.
Yuqoridagi usullardan tashqari, 
sovuq sterillash usuli ham 
qo‘llaniladi. Bu holda Paster-Shamberlen ishlab chiqargan sopol 
idishlardan foydalaniladi. Buning uchun sterillanadigan eritma mayda 
teshikchalari bo‘lgan sopol filtrdan o ‘tkaziladi. Biroq bakteriofaglar va 
ultramikroblar sopol filtr orqali o ‘tib keta oladi. Shuning uchun bunday
14


filtratda mikroblar bo‘lmaydi deyish noto‘g ‘ri. Keyingi yillarda asbestdan 
yasalgan Zeyts filtri ham qo‘llannlmokda (11-rasm).
Sterillangan oziq muhitlarini sterillangan idishlarga solish kerak. SHu 
sababli idishlar ham quruq issiqda barvaqt sterillab qo‘yilishi kerak. 
Buning uchun Paster pechkasi yoki quritgich shkaflar ishlatiladi (12- 
rasm). Petri va Kox idishlari, probirkalar va ishlatiladigan boshqa 
buyumlar qog‘ozga o ‘ralib, quritish shkafiga joylanadi va harorat 150- 
160°C 
ga 
etguncha 

soat 
davomida 
qizdiriladi. 
Tajribada 
foydalaniladigan mikroorganizmlarni parvarish qilish uchun turli 
sxemada ishlangan termostatlar qo‘llaniladi. Termostatda mikroorganizm 
uchun zarur bo‘lgan harorat muayyan nuqtada saqlab turiladi.
11 - rasm. Zeys filtri: a - filtrlanuvchi suyuqlikni quyish uchun voronka; 
b - filtr; v - havoni tortib turish uchun Komovskiy nasosi.
15


а
12 - rasm. Quritgich shkaflar: a - zamonaviy shkaf; b - Paster pechkasi.
Sinov savollari:
1. Kox qaynatgichida sterillash usuli qanday amalga oshiriladi?
2. Avtoklavda sterillash vaqtida avtoklav ichidagi haroratni qanday 
aniqlaymiz?
3. Sovuq sterillash usulida nimalardan foydalaniladi?
4. Sterillash usullari afzalliklari va kamchiliklari bormi?
6-LABORATORIYA ISH I 
M IK RO O RG A N IZM LA RN IN G KISLORO D GA
M UNOSABATINI ANIQLASH
K erakli jihozlar: Yarmigacha qattiq oziq muhiti quyilgan probirkalar 
yoki silindr.
Ishning borishi: Mikroorganizmlarning turini aniqlashda ularning 
kislorodga bo‘lgan munosabatiga ham e ’tibor berish zarur. Kislorodga 
bo‘lgan munosabatiga qarab ular quyidagi uch gruppaga bo‘linadi:
a) aerob m ikroorganizm lar-havo o ‘tib turadigan sharoitda normal 
rivojlana oladi, havosiz sharoitda rivojlanmaydi;
b) anaerob bakteriyalar-havosiz sharoitda normal o ‘sadi va 
rivojlanadi;
v) fakultativ anaerob bakteriyalar-kislorodli va kislorodsiz
16


sharoitda ham bemalol o‘sadi va rivojlanaveradi. Agar qattiq oziq muhitli 
silindr yoki probirkaga mikroorganizmlar, ukol vositasida yuqtirilsa, 
ularning kislorodga bo‘lgan munosabati yaqqol ko‘rinadi. Jumladan, 
aerob bakteriyalar oziq muhitining ustki tomonida, anaerob bakteriyalar 
pastki tomonida, fakultativ anaerob bakteriyalar esa har ikkala tomonida 
rivojlanganligi aniqlanadi (21-rasm).
21 - rasm. Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan munosabatlari: a - aerob; 
b - fakultativ anaerob; v - haqiqiy anaerob sharoitda o‘suvchi formalari.
Sinov savollari:
1. Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan munosabatlarini qanday 
aniqlanadi?
2. Qaysi mikroorganizmlarga aerob mikroorganizmlar deyiladi?
3. Anaerob mikroorganizmlar deb qaysi mikroorganizmlarga aytiladi?
4. Fakultativ mikroorganizmlar qanday aniqlanadi?
7-LA BO RA TO RIY A ISH I 
HAVO TA RK IBIDA G I M IK R O O RG A N IZM LA RN I 
ANIQLASH VA ULARNI BIR-BIRIDAN A JRA TIB O LISH
K erakli jihozlar: Petri idishlari, probirkada sterillangan GPA yoki 
GPJ oziq muhitlari, termostat, Volfgyugel kamerasi.
N azariy tushuncha: Havo m ikroflorasi. Tuproqdan ko‘tariladigan 
chang o ‘zi bilan birga mikroorganizmlarni ham havoga tarqatib, havoni
17


ifloslaydi. Havoning quruq bo‘lishi va ultrabinafsha nurlarning ta ’siri 
havodagi mikroorganizmlarning hayoti uchun xavflidir.
Havodagi mikroorganizmlar soni yil fasllariga qarab o‘zgarib turadi. 
Bu mikroorganizmlar qish faslida oz, yozda ko‘p, kuzda va bahorda 
o ‘rtacha bo‘ladi. 
Havoning yuqori qatlamlariga ko‘tarilgan sari 
mikroorganizmlar soni kamaya boradi.
Ishning borishi: Bu mashg‘ulotni o ‘tkazishda Kox usulidan 
foydalanish mumkin. Bunda go‘sht-pepton-agarli (GPA) yoki go‘sht- 
pepton-jelatinli (GPJ) qattiq oziq muhiti ishlatiladi.
Mashg‘ulot uchun kerakli oziq muhiti Petri idishiga solinib, plastinka 
shaklida qotiriladi, so‘ngra idishning qopqog‘i olinib, bir necha (5-10) 
minut ochiq qoldiriladi. Keyin qopqog‘ini bekitib, 25-30°C li termostatga 
qo‘yiladi.
Qattiq oziq muhitidagi har bir mikroorganizm hujayrasi ko‘payib 
o ‘ziga xos 
koloniyalar hosil 
qiladi. 
Bu koloniyalar 
(to‘dalar) 
mikroorganizmning turiga qarab har xil shaklda bo‘ladi va turli rangda 
tovlanib turadi. Bir necha kun o ‘tgandan so‘ng Petri idishidagi qattiq oziq 
muhitida paydo bo‘lgan koloniyalarning soni havo tarkibida qancha 
mikroorganizm borligini aniqlashga imkon beradi.
22 - rasm. Volfyugel kamerasi. a - kataklarga bo‘lingan plastinka; 
b - plastinka tagiga joylangan buyumli Petri chashkasi.
Petri idishidagi oziq muhitida bakteriyalar sonini Volfgyugel kamerasi 
yordamida aniqlash juda oson. Buning uchun kamera ichiga Petri idishi
18


л
to ‘ntarib qo‘yiladi. Kameraning yuqori tomonidagi oyna 1 sm ga teng 
bo‘lgan kataklarga bo‘lingan. Petri idishining sathiga ro‘parama-ro‘para 
kelgan 10-20 katakchadagi koloniyalarning sonini sanab, 1 sm sathga 
teng kelgan bakteriyalarning o ‘rtacha soni topiladi, so‘ngra bu son 
idishdagi oziq muhitining umumiy sathiga ko‘paytiriladi. Natija havoning 
mikroorganizm bilan ifloslanganlik darajasini ko‘rsatadi (22-rasm).
о
1 m havo tarkibidagi mikroorganizmlar sonini topish uchun avval
л
100 sm oziq muhitidagi mikroorganizmlar koloniyasini aniqlash kerak. 
Chunki V.S. Omelyanskiy m a’lumotiga ko‘ra, 10 l havo tarkibida bo‘lgan 
mikroorganizmlar 5 minut ichida 100 sm yuzaga o ‘tirar ekan. Bu 
ko‘rsatkich aniqlangandan so‘ng 1 m , ya’ni 1 000 litr havo tarkibidagi 
mikroorganizmlar sonini aniqlash juda oson bo‘ladi. Masalan, Petri
л
idishining umumiy sathini 70,84 sm ga teng deb olib, tajriba natijasiga 
ko‘ra, undagi oziq muhitida 25 dona bakteriya koloniyasi bor deb faraz 
qilaylik, u vaqtda 100 sm yuzaga to ‘g ‘ri keladigan mikroorganizmlar 
koloniyasini aniqlash uchun quyidagicha proporsiya tuziladi:
70,84 sm2 — 25 dona
100sm2 — X dona 
л=100x25 = 

=35
dona
70,84 
70,84
Demak, V. S. Omelyanskiy m a’lumotlariga asoslanib, 10 litr havo
о
tarkibida 35 dona bakteriya koloniyasi borligi aniqlandi. Endi 1 m , ya’ni 
1000 l havo tarkibidagi bakteriyalar koloniyasini aniqlash uchun 
tubandagicha proporsiya tuziladi:
10 l — 35 dona
1000х35 
3500
100 l — X dona 
х = — —— = —j— = 3500 dona
Sinov savollari:
1. Havo tarkibidagi mikroorganizmlarni qanday aniqlanadi?
2. Havo tarkibidagi mikroorganizmlarni bir-biridan qanday ajratib 
olinadi?
3. Havo tarkibidagi mikroorganizmlarni aniqlashda qaysi oziqa 
muhitidan foydalaniladi?
19


8 - LABORATORIYA ISH I 
O QSIL C H IR ISH I JARAYONIDA ISH T IR O K ETADIGAN 
BAKTERIYALARNI ANIQLASH
K erakli jihozlar: kolba, pepton (eruvchan oqsil), tuproq, qizil lakmus 
qog‘oz, qo‘rg‘oshin atsetat [Pb(CH3COO)2] tuzi eritmasi va oksalat 
kislota (H2C2O4), shimdirilgan qog‘ozlar, tiqin tayyorlash uchun paxta, 
buyum oynalari, fuksin, mikroskop, bakterial ilmoq, immersion moy 
(kedr moyi).
N azariy tushuncha: A m m onifikatsiya jarayoni. 
Oqsil 
va 
tarkibida 
azot bo‘lgan boshqa organik birikmalar parchalanib, o ‘zida 
ammiak hosil qilishi am m onifikatsiya deyiladi. Odatda, bu jarayon 
oqsilning 
chirishi deb aytiladi. Oqsil chirishi jarayonida ammiakdan 
tashqari, 
H2S, indol (C8H7N), 
metil-merkaptan 
(CH3CH), fosfat 
kislota (H3PO4) va boshqa birikmalar hosil bo‘ladi. O ‘zidan tashqi 
muhitga proteolitik fermentlar ishlab chiqaradigan tirik organizmlargina 
bevosita oqsilga ta’sir qila oladi va 
uni 
parchalaydi. 
Boshqa 
organizmlar pepton va aminokislotalarni ammiakkacha parchalashi 
mumkin. Ammonifikatsiya 
jarayonida 
bakteriyalardan tashqari, 
aktinomisetlar 
va 
mog‘or 
zamburug‘lari 
ham 
qatnashadi. 
Ammonifikatsiya jarayoni tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, 
qishloq 
xo‘jaligida juda muhim rol o ‘ynaydi. Bu jarayonda hayvon va o ‘simliklar 
qoldig‘i tarkibidagi azotli organik moddalar parchalanib, o ‘simliklarning 
oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan mineral moddalar hosil bo‘ladi. SHuni 
ham aytib o ‘tish kerakki, agar tabiatda ammonifikatsiya jarayoni yuz 
berib turmasa, er shari o‘simlik va hayvonlar 
qoldig‘i 
bilan to ‘lib 
ketgan bo‘lar edi.
Demak, ammonifikatsiya jarayoni tabiatda azotning aylanishida 
birinchi tartibli jarayon bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonda qatnashuvchi 
bakteriyalar juda xilma-xil bo‘lib, ularning ba’zi turlari anaerob, ikkinchi 
xil turlari aerob sharoitda hayot kechiradi. Bu jarayonda fakultativ 
anaerob bakteriyalar ham ishtirok etadi.
Ishning borishi: Bu ishni bajarish uchun 200 ml hajmli kolbaga 
uning 3/4 qismigacha 3% li pepton eritmasi to ‘ldirilib, eritma ichiga 0,5 g
20


chamasida tuproq aralashtiriladi. Tuproq tarkibidagi aerob va anaerob 
bakteriyalar 
ta’sirida 
bu 
aralashmada 
ammonifikatsiya jarayoni 
boshlanadi.
Kolba og‘ziga qo‘yilgan paxta tiqinning bir joyiga qizil lakmus 
qog‘oz, ikkinchi joyiga konsentrlangan oksalat kislota (N2S2O4) va 
uchinchi joyiga qo‘rg‘oshin atsetat [Rb(SN3SOO)2] tuzi eritmasi 
shimdirilgan qog‘oz parchalari osib qo‘yiladi. Bakteriyalarga qulay 
sharoit yaratish uchun kolba 30° li issiq termostatga qo‘yiladi (23-rasm).
23 - rasm. Ammonifikatsiya jarayonini tekshirish uchun tajribaning qo‘yilishi: 
a - qizil lakmus qog‘oz; b - oksalat kislota (H2C2O4) tuzi eritmasi shimdirilgan 
filtr qog‘oz; v - qo‘rg‘oshin atsetat (Pb(CH3COO)2) tuzi eritmasi shimdirilgan filtr
qog‘oz.
Oradan bir necha kun o ‘tgach, kolba tiqiniga osib qo‘yilgan 
qog‘ozlarning rangi o‘zgargan-o‘zgarmaganligi tekshiriladi. Jumladan, 
kizil lakmus qog‘oz jarayon vaqtida ajralib chiqqan ammiak ta’sirida 
ko‘k rangga kiradi. Qo‘rg‘oshin atsetat tuzining eritmasi shimdirilgan 
qog‘oz N 2S ishtirokida qora rangga, oksalat kislota shimdirilgan qog‘oz 
indol ta’sirida pushti rangga bo‘yaladi.
Bu reaksiyalarning hammasi ammonifikatorlar ta’sirida peptonning 
parchalanishi natijasida vujudga kelgan mahsulot borligini isbotlaydi.
Aerob sharoitda yashab, oqsilning chirishida ishtirok etadigan 
bakteriyalarni ko‘rish uchun kolbadagi suyuqlikning yuza qavatidan 
sterillangan ilmoq yordamida bir tomchi olib mazok (surtma)
21


tayyorlanadi. Mazok (surtma) quritilib, fiksasiyalangandan va fuksin 
bilan bo‘yalgandan so‘ng unga bir tomchi kedr moyi tomizilib, 
mikroskopning immersion sistemasi orqali tekshiriladi.
Mikroskopda oval shaklli spora hosil qiladigan kichik tayoqcha- 
basillus mikoides (Bacillus mycoides) borligi ko‘rinadi. Bu basilla 
peritrix tipda joylashgan xivchinli bo‘lib, oqsilni ammiakkacha 
parchalaydi. Qattiq oziq muhiti betida zamburug‘ misellalari (iplari) ga 
o‘xshash koloniyalar hosil kiladi (24-rasm, a). Oqsilning chirishida 
pichan basillasi 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin