Dunyoning global isishi. Cho`llashish jarayoni. Hududiy geoekologik muammolar



Yüklə 38,37 Kb.
səhifə1/3
tarix27.04.2023
ölçüsü38,37 Kb.
#103217
  1   2   3
1 (4)


Sivilizatsiya va ekologik muhit
Reja.

  1. Dunyoning global isishi.

  2. Cho`llashish jarayoni.

  3. Hududiy geoekologik muammolar

Insonniyag mehnat faoliyati natijasida atrof muhitga turli chiqindilar chiqariladi. Tadqiqotchilarning hisob kitoblariga qaraganda, 70 yillarning oxirlarida, insonning xo’jalik faoliyati natijasida dunyo bo’yicha yiliga 23—40 mlrd. t chiqindi vujudga kelgan. XXI asr boshlarida bu ko’rsatkich 105 mlrd. t gacha ko’payishi kuzatildi.
Chiqindilar (qattiq, gaz simon va suyuqlik holatda) ning bir qismi havoga, boshqasi suvga, tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga o’tib, to’planib boradi. Tadqiqotlar natijalari shuni tasdiqlaydiki, hyech bir chiqindi modda Yerning tortish kuchini yengib koynotda izsiz yo’qolib ketmaydi. Shu boisdan ham zamindan ko’tarilgan chiqindilar atmosferada, daryo va ko’llarga tashlangan oqava suvlar, mineral xom ashyolar, kimyoviy moddalar, xo’jalikda foydalanilgan chiqindi buyumlar mazkur havzalarda, okeanga tushgan chiqindilar esa suvda to’planib boradi. Chiqindilarning yillar davomida asta sekin to’planib borishi ma’lum me’yorga yetganda turli muammolarni, ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli muammolarni keltirib chiqarishi endilikda to’liq tasdiqlanmoqda. Mazkur geoekologik muzmmolarning ba’zi birlarini quyida bayon etamiz.
Dunyoning global isishi. Atmosferaning quyi qatlami— troposferaning qalinligi o’rtacha 10—12 km bo’lib, unda havoning 80% massasi to’plangan. Mazkur qatlamda ob-havaning barcha hodisalari, shuningdek. suv va boshqa kimyoviy elementlarning aylanma harakati sodir bo’ladi. Yer atmosfera havosining o’rtacha harorati Quyosh radiasiyasi miqdori, Yerning albedosi, ya’ni Yer yuzasidan qaytgan radiasiya miqdori bilan aniqlanadi. Shu bilan birga troposferada mavjud bo’lgan turli moddalarning oz yoki ko’pligi «issiqxona samarasini belgilandi. Masalan, troposferada suv bug’lari, uglerod ikki oksidi, metan, xlor, uglerod, azot oksidi, ozon va boshqalarning mavjudligi tufayli qaytgan radiasiyaning ma’lum miqdori yana yerga qaytadi. Ma’lumotlarga ko’ra, ayni shu moddalarning troposferada mavjudligi sababli hozirgi vaqtda atmosferaning quyi qismidagi havoning o’rtacha harorati 15° ni tashkil qiladi. Agar issiqxona samarasi bo’lmagania harorat minus 30° bo’lishi mumkin edi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida yerdan qaytgan radiodiya hisobiga havo ma’lum darajada isiydi va bu harorat qaytadan yerga qaytad, binobarin, sayyora sathi qo’shimcha miqdorda isiydi. Ushbu hodisani «issiqxona samarasi» deb ataladi.
50 yillardan boshlab ko’p miqdorli energiya olish maqsadlarida mineral yoqilg’i turlaridan foydalanishga o’tilishi yildan yilga atmosferaga ko’proq hajmda turli chiqindilarning chiqishiga olib keldi. 80 yillarning boshlarida elektroenergiya ishlab chiqarish, po’lat quyish va avtomobillarning harakati natijasida atmosferaga 5 mlrd. t uglerod, taxminan 100 mln. t oltin gugurt va undan biroz kamroq, azot oksidi chiqarildi. Uglerodning ko’p chiqarilishi asosan ko’mirni ko’plab yoqilishi bilan bog’liq, neft va tabiiy gazdan uglerod nisbatan kam ajralib chiqadi. Endilikda uglerodning atmosferaga chiqarilayotgan jami miqdori 6 mlrd. t ga yetdi. Tabiiy o’rmonzorlarning yo’q qilinishi ham is gazi hajmining (0,4—2,5 mlrd. t) (ko’payishiga sabab bo’lmoqda.
Atmosferaga ko’p miqdorda turli chiqindilarning chiqarilishi Yerda havoning o’rtacha haroratini 1890 yildagi 14,5° dan 1980 yilda 15,2° darajaga oshishiga sabab bo’ladi. Aslida bu o’zgarish unchalik katta bo’lmasa ham, lekin u ortib borish xuhusiyatiga ega. Chunki atmosferada is gazi, metan va boshqa moddalarni yil sayin (yiliga 100 mln. t) ko’payib borishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uglerod gazining tabiatdagi aylanma harakatida o’rmonlar muhim o’rin tutadi. Daraxtlar qirqilganda ularda to’plangan va ularning ostidagi tuproqda mavjud bo’lgan uglerod achiydi, buning natijasida u havoga ko’tarilib, havodagi is gazi miqdorini ko’paytiradi. Bu jarayon o’tinning yoqilishi natijasida ham tezlashadi.
Olib borilgan hisob kitoblarning natijalariga ko’ra 1860 yillardan 1980 yillargacha atmosferaga 90—180 mlrd. t uglerod Qo’shilganligi aniqlangan, bu raqamni xuddi shu davr mobaynida ko’mir, neft va tabiiy gazni yoqish natijasida ajralgan 150—190 mlrd. t uglerod bilan solishtirish mumkin. Hozirgi vaqtda mutaxassislarning hisobiga ko’ra o’rmonlarni yo’q qilinishi natijasida yiliga o’rtacha 1,0—2,6 mlrd. t uglerod atmosferaga qo’shilmoqda. Bu ko’rsatkich mineral yoqilg’ilardan foydalanishning 20—50% ini tashkil qiladi. o’rmonlarni tadqiq qiluvchi Massachuset markazining xizmatchisi Richard Xouton va uning hamkasblari baholashiga ko’ra atmosferaga chiqayotgan uglerodniig 40% Amerikaga, 37% Osiyoga, 23 % Afrikanint tropik mintaqalariga to’g’ri keladi. Mazkur raqamlar o’rmonlar mintaqasida keyingi vaqtlarda daraxtlarning ko’plab Qirqilayotganligadan darak beradi. 50 yillardan boshlab 70 yillarning oxiriga qadar dunyoda o’rmonlar maydoni ikki baravar, ya’ni 50 mln. km2 dan 25 mln. km2 gacha qisqaradi, asr oxirigacha yana 2 hissa kamayishi taxmin qilinmoqda. Keyingi 40 yil mobaynida nam-tropik o’rmonlarning maydoni ikki baravar qisqargan.
O’rmonlarning to’xtovsiz qirqilayottanining bir necha muhim sabablari mavjud. Shulardan biri rivojlanayotgan davlatlatning 2/3 qism aholisining uy-ro’zg’or ishlarida go’tin qilib yoqib ishlatilishidir BMT yuziq ovqat komissiyasi (FAO) ning bahosiga ko’ra 1980 iilda taxminan 1,2 mlrd. aholi o’tindan asosiy yoqilg’i sifatida foydalangan. O’sha tashkilyutning taxminiga ko’ra 2000 yilda o’tin yoqilg’isiga bo’lgan talabgorlarning soni rivojlanayotgan davlatlarda 2,4 mlrd. kishiga yetadi. Afrikadagi Burkino—F,aso (96%), Tanzaniya (92%), Malaziya (93%), Nigeriya (82%), Sudan (74%), Keniya (71%), Osiyoda Nepal (94%), Indoneziya (50%), Hindiston (33%), Xitoy (25%>), Lotin Amerikasida Paragvay (64%), Nikaragua (50%), KostaRika (33%), Braziliya (20%) davlatlari o’tin yoqilg’isidan keng foydalanadilar. Himolay "tog’lari va Afrikaning Sohil mintaqasi mamlakatlar ayollari va bolalari yiliga._. 100 dan 300 kungacha uzoq uzoqlardan o’ta-cho’p terish bilan shug’ullanadilar.
Nam tropik mintaqadagi davlatlar chyurvachilikni rivojlantirish maqsadida o’rmoilarni tobora ko’proq mirqib, yangi yaylovlar tashkil qilmoqdalar. Shu bilan birga sayohat korxonalari va yo’l qurilishlari maksadida bir vaqtlar odam o’tolmaydigan quyuq changalzorlar va mangra o’rmonlari qirqilib, aholi yashaydigan joylari va xo’jalik qurilishlari bunyod qilinmoqda. Bu borada Amazonka daryosi havzasida o’rmonlarning yo’q qilinishi juda xavfli sur’atlarda sodir bo’lmoqda. Nam tropik o’rmonlar bu havzada 5 mlya. km2 maydonni egallaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, Amazoniya ulkan biologik va genetik hudud hisoblanadi, bu yerda dunyoning 80% o’simlik va hayvonot dunyosi turlari mavjud, chunonchi bu joyda 4 ming xildagi daraxt, 1000 xil baliq va boshqalarni ko’rsatib o’tish. kifoya. Ko’pincha Amazoniyani «sayyoramizning o’pkasi» deb ta’riflaydilar, chunki o’simlik dunyosi nihoyatda boy bo’lgan bu noyob o’lkada inson uchun eng zarur kyslorod ishlab chiqariladi Lskin «keyingi vaqtlarda turli mamlakatlarda «S0S Amazoniya!» («Amazoniyani qutqaring!») degan shior ko’tarilib chiqilmoqda. Gap (Shundami, Braziliya hukumati yangi yaylovlar tashkil qilish, Atlantika okeani bilan Tinch okeaini bog’laydigan transamazoniya temir va avtomobil yo’llari qurish, havzadagi juda katta temir rudasi qonini ishga tushirish va daryolarga GZS )qurish maqsadida o’rmonlarni qirqishga va chet el firmalariga sotishga kirishdi. 80 yillarning o’rtalarida havzada yangidan tashkil qilingan yaylovlarning maydoni 10 mln. gektarga yetdi. AQSh ning «Diskaveri» koinot kemasidan oshingan surat ma’lumotlariga qaraganda, 1988 yilda Amazoniyada 13 mln. gektar maydondagi o’rmonlar qirqish va o’t tushish natijasida yo’q bo’lgan. Hozirgi kunda nam tropik mintaqada o’rmonlarni qirqish yiliga 16—20 mln. ga maydonda sodir bo’lmoqda yoki 1 minutda 34 ga maydondagi o’rmon yo’q qilinmoqda.
Troposferada is gazi, shuningdek, metan, azot oksidi, xlor, ftor, uglerodning oshib borishi Yer kurasida issiqxona samarasini tobora ko’paytirmoqda. Is gazi hajmining 50yillarning oxiriga nisbatan hozirda ikki baravar oshganlik havo haroratining ko’tarilib borishiga olib keldi. AQSh dagi butun dunyoni kuzatish institutining mutasaddilaridan biri Lester R. Braunning (1989 y.) bashorat qilishicha havoning o’rtacha harorati 1,5—4,5° ko’tarilishi ehtimol qilinmoqda. Uning ta’kidlashicha, bu hodisa 2030—2050 yillar orasida sodir bo’lishi mumkin.
Kellog (AQSh) ning 1978 yilda ishlab chiqqan hisob-kitobiga ko’ra havo harorati 2000 yilda 1,2°, 2050 yilda 4,0° ga ko’tariladi.
Olimlar Yerning o’rtacha havo xarorati o’zgarishini quyidaticha ta’kidlaydi: 2000 yilda 0,9° (yo’l qo’yilgan xato±0,3), 2025 yilda 1,4° (±0,7), 2050 yilda 2,0 (±1,0), 2075 yilda 2,5° (±1,6), 2100 yilda 3,2° (±2,0) ko’tariladi.
AQSh dagi «Uorld risorsiz institutining xizmatchisi amerikalik ekspert R. Pomeransning (1988 yil) fikricha, issiq xona samarasini vujudga keltiruvchi gazlarning hozirgi sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2—0,5 darajaga ortib boradi.
Havo haroratining tobora oshib borishi turli ekologik va ijtimoiy iqtasodiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi mutaxassislar tomonidan asoslanmoqda. Dunyo miqyosidagi havo haroratining 1—2 darajaga ko’tarilishi geograflarning tasdiqlashicha, Yevropada Arktika kontinental tundraning to’liq yo’qolishi, Osiyoda esa uning janubiy chegarasi sezilarli darajada shimolga tomon surilishi kutilmoqda. Shu bilan birga tayga mintaqasining shimoliy chegarasi shimoliy kengliklarga tomon ancha suriladi. Hozirgi igna bargli o’rmonlar zonasining janubiy qismi aralash o’rmonlar bilan egallab olinadi. Havo harorati 2° ga ortganda aralash o’rmonlar shimolga tomon 10° surilishi ehtimol qilinmoqda.
Havo harorati 1 ga oshganda tundra va o’rmon-tundraning maydonlari 2 baravar, agarda u 2° ga ko’tarilsa, 6 barobar kamayishi mo’ljal qilinmoqda. Yevrosiyoda cho’llashish jarayonlari yuz bermasliga mumiin.
Havo o’rtacha haroratining o’zgarishi asosan Shimoliy va Janubiy qutblarga yaqin bo’lgan Arktika va Antarktika, shuningdek, shimolda mo’tadil mintaqaning shimoliy qismiga ko’proq ta’sir ko’rsatishi ehtimol qilinmoqda, ekvatorial va tropik mintaqalarda bu o’zgarishlar unchalik sezilmaydi. Turkiston hududida qishda harorat 1 daraja, yozda 0,5—1 darajaga o’zgarishi mumkin.
Rossiya gidrologik instituti ishlab chiqqan bashoratlashtirish natijalariga ko’ra, dunyo miqyosida iqlim isishining ilk bosqichida (2000 yil) Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi daryolarning suv oqimi miqdori kamayishi ehtimol qilinmoqda. Buni havo haroratining sezilarli darajada tezdan ko’tarilishi va bu davrda yog’in miqdori hali ko’payishga ulgurmasligi bilan tushuntiriladi. Janubiy hududlarda (Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya) havo harorati unchalik yuqori ko’tarilmay, yog’in miqdorining oshishi ancha sezilarli bo’lishi kutilmoqda, Umuman olganda, yangi asr boshida dunyo suv oqimi me’yori o’zgarishga uchramaydi.
Dunyo okeani sathining ko’tarilishi havo haroratining ortib borishi bilan bevosita bog’liq. Dunyo okeani sathining ko’tarilishida ikki jarayoini e’tiborga olishga to’g’ri keladi: 1) okean suvining issiqlik ta’sirida kengayishi va 2) quruqlikdagi muzliklarning erishi. Havo haroratining ortib borishi natijasida, okean sathining ko’tarilishi to’g’risida turlicha fikrlar mavjud. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, keyingi 100 yil mobaynida okean sathi yiliga 1,2 mm dan ko’tarilib bordi. Natijada, XX asr davomida okean sathi o’rtacha 17,5 sm ko’tarilgan. Uning yarmi muzliklarning erishi, qolgan qismi okean suvlarining issiqlikdan kengayishi tufayli yuz bergan. Ularning takidlashicha XXI asrning o’rtalarida okean sathining yana 30—100 sm ga ko’tarilishi ehtimoli bor.
Atrofmuhitni muhofaza qilish bo’yicha Amerika agentligining basharatiga ko’ra 2100 yilga kelib Dunyo okeanining sathi 1,4—2,2 m ga ko’tarilishi taxmin qilinmoqda. Okean sathining bunchalik ko’tarilishi quruqlikning katta qismini suv bosishiga olib keladi. Bu noxush hodisa okeanlarga quyiladigan yirik daryolarning deltalaridagi sholi ekin dalalarini suv bosishiga olib keladi (chunonchi, Bangladesh, Fillipin, Indoneziya va b.), Yevropada Niderlandiya, Daniya va dengiz bo’yidagi past tekisliklarda joylashgan boshqa mamlakatlarning hududlari suv ostida qolishi ehtimoli bor. Yirik shaharlar Yangi Orleon, Qohira, Shanxay va b. shaharlar suv bosishdan jiddiy zarar ko’radi.
Xlor, ftor va uglerod gazlari freon guruhini tashkil qilib, issiqxona samarasini vujudga keltirishda faol qatnashmoqda. Mazkur gazlar atmosferada 1950 yillardan boshlab to’planib, yiliga 5—10% hajmda ko’payib bordi. Ular odatda sovuqxona texnikasida, havoni sovutishda, penoplastik mahsulotlar tayyorlashda, sanoat uchun aralashmalarni eritishda foydalaniladi. Yer sathidan 15—25 :km balandlikda ozon qatlami, ya’ni uch atomli kislorod tarqalgan. U o’ziga xos qatlam — «ozon ekranini hosil qiladi. Bu qatlam Quyoshdan keluvchi ultrabinafana nurlarni ko’plab yutib, Yer yuzasiga o’tkazmaydi. Amerikali mutaxaasislarning fikricha, atmosferaga chiqarilgan turli texnogen chiqindilar tarkibidagi freon, gazlar atomlari Yer yuzasidan ko’tarilgan issiqlikni is gaziga nisbatan 20 ming marta samaraliroq to’xtatib Qolar ekan. Xlor atomi 100 ming ozon molekulasini, yo’q qilishga qodir. Hozirgi vaqtda atmosferaga chiqqan freon atomlari 100 yildan! so’ng ham saqlanib qolish qobiliyatiga ega.
Binobarin, ozon qatlamining freon gazlari ta’sirida yemirilishi uning ultrabinafsha nurlarini qaytarish qobilyatini borgan sari kamaytiradi. Ozon qatlamining yupqalanishi bilan o’rtacha to’lqindagi ultrabinafsha nurlarning Yer yuzasiga kelishi ko’payadi. O’tkazilgan tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ushbu nurlar boshoqli eninlar (bug’doy, arpa, sholi), kartoshka va g’oyaning mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, baliq va okean planktonining yashash sharoitlarini yomonlashtiradi, odamning teri rak kasalligiga chalinishini tezlashtiradi.
Ozon qatlamining buzilishi ilk bor 1985 yilda Antraktika osmonida yuz berdi, bu hol «ozon tuynuga» nomi bilan atala boshlandi. «Ozon tuynugi» 1995—1996 yillarda aholi zich yashaydigan Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropa ustida ham kuzatildi..
Ozon qatlami buzilishining oldini olish maqsadida 1987 yilda Monreal shahrida 24 mamlakat vakillari ishtirokida Menreal qaydnomasi imzolandi. Unda 1999 yilga kelib barcha mamlakatlarda freon mahsuloti ishlab chiqarishni 50% ga kamaytirishga kelishib olindi. 1989 yil 5—6 martda «Ozon qatlamini qutqaraylik» shiori ostida Londonda o’tkazilgan xalqaro konferensiyada 120 mamlakat vakillari ushbu muammoni tezroq hal .qilish yo’llari xususida fikr almashdilar. 1989 yil may oyida 81 mamlakat olimlari, mutaxassislari hamda davlat arboblari qabul qilgan «Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki deklarasiyasieda 2000 yilga qadar freoya gazlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni bosqichmabosqich kamaytirib borish tadbirlari belgilab berildi. Ana shu tadbirlar izchillik bilan amalga oshirib borilsagina sayyoramizdagi hayot qalqoni har doim butun bo’lib, inson salomatliti va butun tirik organizmlarning yashash sharoitlarini to’la saqlab (Qolinadi.

Yüklə 38,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin