Milliy liboslarimiz millatimiz faxri



Yüklə 0,66 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#39492
milliy liboslar bayonnomasi


UrDU Xotin-qizlar kengashi va Filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishi 1-kurs talabalarining tashabbusi bilan

Milliy liboslarimiz - millatimiz faxri” mavzusida o‘tkazilgan tadbir



Bayonnomasi

17.03.2021 - yil Urganch shahri

Qatnashdilar: UrDU Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi t.f.n.

dots. Sh.Nurullayeva

Guruh murabbiyi dots. M.Pirnazarova

Filologiya fakulteti ozbek tili yonalishi 1- kurs talabalari



2021-yil 17-mart kuni UrDU Xotin-qizlar kengashi va Filologiya fakulteti 1-kurs talabalarining tashabbusi bilan “ Milliy liboslarimiz - millatimiz faxri” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Filologiya fakulteti 201-guruh talabalari ham o‘z tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Tadbirni UrDU Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi t.f.n.dots. Sh.Nurullayeva ochib berdi va milliy liboslar o‘zbek milatinig g‘ururi, faxri ekanligini alohida ta‘kidladi. Tadbirda qadimiy urf-odatlar, to‘y marosimlari va ularda kiyiladigan milliy liboslar namoyish etildi. Xorzam hududida kiyiladigan nozik bezakli, betakror liboslar namoyish etildi. Har bir milliy liboslarning ta’rifi aytilib, nikoh ko‘ylagi kiydirish marosimi, lachak o‘rash marosimi, Xorazmning manatli taxyasi, cho‘girma va boshqa bosh kiyimlari haqida ko‘rsatib berildi. Tadbirda 201-guruh talabalari o‘zalrining chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar. Xorazm hududida kelin uzatish marosimi, ya’ni ko‘shana tikish maromini ifodalab berdilar.Ko‘shana faqat Xorazm vohasiga xos matolardan biri bo‘lib boshqa viloyatlatda uchramasligi, kelinni uzatish jarayonida uyning katta yoshdagi onaxonlari yoki bo‘lajak kelinning qarindoshlari tomonidan tikiladigan mato turi ekanligi, kelinni uzatish paytida kelin va uning yangasi ustidan yopib qo‘yilishi,kelin kuyovning uyiga bormagunga qadar uning ko‘ziga ko‘rinmasligini anglatishi, uning qanday matolardan tikilishi haqida ma’lumot berildi. Guruhning raqqosa qizlari ishtirokida xorazmcha raqs namoyish etildi. Tadbir ko‘tarinki bahoriy kayfiyat ruhida bo‘lib o‘tdi. Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar betakror raqslar, she’riy aytishuvlar alohida fayz baxsh etdi.

Guruh murabbiyi: dots.M. Pirnazarova

Guruh sardori: Z.Otaxonova



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin