2
Annotatsiya
Dastur 5А230102– Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
magistratura
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar
bo‘yicha) ta’lim yoʻnalishining 2017/2018-o’quv yilida tasdiqlangan o’quv
rejasidagi fanlar asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar:
Abdulloyev A.J – BuxDU “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri,
i.f.f.d (PhD).
Yavmutov D.Sh – BuxDU “Iqtisodiyot” kafedrasi
dotsent., i.f.n.
Toirova M.M. – BuxDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsent.,
i.f.n.
Taqrizchilar
:
Navro‘z-Zoda B.N. – BuxDU, Servis iqtisodiyoti
kafedrasi professori, i.f.d.
Boboyev A.Ch. – BuxMTI, Menejment kafedrasi
dotsent,i.f.n
Dastur Buxoro davlat universitetining 2021 yil 3 iyuldagi 19 sonli
Kengashida ko’rib chiqilgan va maqullangan.
3
KIRISH
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi – iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u turli mulk shakllariga
tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, moliya, kredit va
sug‘urta muassasalari, davlat hamda
mahalliy hokimiyat organlari, akademik va
tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus va
oliy ta’lim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish –
iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi, tarmoqlar va korxonalarni
rivojlantirishga,
istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik
kobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va
uslublari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
-
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt faoliyatini rejalashtirish, hisob-kitob va tahlil qilish bo‘yicha
uslubiy ko‘rsatmalar, huquqiy hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar; rejalashtirish
ishlarini tashkil etish; xo‘jalik yurituvchi sub’ektini xo‘jalik-moliyaviy
va ishlab
chiqarish faoliyati bo‘yicha istiqbolli va joriy rejalarni (dasturlarini) ishlab chiqish;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy faoliyatini oqilona tashkil etishda
mamlakatimiz va xorij tajribasini o‘rganish; ishlab chiqarishni texnologik
asoslarini bilish; xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni texnika-iqtisodiy hisob-kitoblar
va xo‘jalik faoliyati tahlilini olib borishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan
foydalanish; mehnatni muhofaza qilish me’yor va qoidalariga amal qilish;
tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar faoliyati sifatini boshqarish jarayonlarini
ishlab chiqish va tatbiq qilish; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish
jarayonlari
va resurslarini rejalashtirish; zamonaviy axborot texnologiyalari
tizimini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish
jarayonlari monitoringi va sifatini baholash metodlari va mexanizmlarini ishlab
chiqish; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish
samaradorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yechimlarini amaliyotga
tatbiq etish; fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;
tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar ishini tashkil qilish va uni boshqarish;
bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va
amalga oshirgan ishining natijalarini baholash; atrof-muhitni
muhofaza qilish va
mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini
nazorat qilish; favqulodda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni tahlil
qilish; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalariga investitsiyalarni jalb
qilish mexanizmlarini qo‘llash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok
etish; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
korxonalarida iqtisodiy xizmat bo‘linmalarini tashkil etish; tarmoqlar va sohalar
bo‘yicha korxonalarda yangi tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning
namunaviy texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va qo‘llash; tarmoqlar va
sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini rejalashtirish;
tarmoqlar
va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan samarali
foydalanish tamoyillarini qo‘llash; bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi
4
bo‘yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq
etish; zamonaviy axborot texnologiyalardan boshqaruvda foydalanish, ishlab
chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini
ishlab chiqish; ishlab chiqarish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
tashkilotning tashqi va ichki muhiti omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash,
qayta ishlash va tahlil qilish; qaror qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va
boshqarish uchun ma’lumot to‘plash, tashkilotning ichki axborot tizimini yaratish
va
uning ishlashini boshqarish; tashkilotning ichki hujjat aylanishi tizimini ishlab
chiqish va boshqarish, tashkilotlar faoliyatining turli ko‘rsatkichlari bo‘yicha
ma’lumotlar bazasini yuritish; loyihalar samaradorligini baholash; mulkchilik
shaklidan qat’i nazar korxonalar faoliyatini xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari
va talablari asosida tahlil qilish; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalar
ko‘rsatkichilari o‘zgarish tendensiyalari va dinamikasini tahlil qilish; tarmoqlar va
sohalar bo‘yicha korxonalar moliyaviy va statistik hisobotlarini tuzish
hamda
ularni
sharhlash; tahliliy masalalarni hal qilishda zamonaviy axborot
texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish; axborot-tahlil faoliyati natijalari
bo‘yicha hisobot tayyorlash; ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy markazlarda
iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga
oshirishda qatnashish; tarmoqlar va sohalar bo‘yicha korxonalarda ishlab chiqarish
faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda
qatnashish; yangi biznes-loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish; biznesni
tashkil etish, biznes-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish
bo‘yicha hamda
ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini oshirish va
ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.
5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi
negizidagi 5A230101-Iqtisodiy nazariya, 5A230102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va
sohalar
bo‘yicha),
5A230103-Makroiqtisodiyot,
5A232301-Mintaqaviy
iqtisodiyot, 5A232401-Iqtisodiy xavfsizlik, 5A230501-Bojxona ishi (faoliyat
turlari
bo‘yicha), 5A230302-Biznes boshqarish (Master of Business
Administration-MBA) magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar uchun
ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Industrial
iqtisodiyot”, “Makroiqtisodiy tahlil, “Global iqtisodiy rivojlanish” va 2 ta
umumkasbiy fanlar bo‘yicha: “Innovatsion iqtisodiyot”, “Investitsion loyihalar
tahlili” test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan
ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.