O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “MINTAQAVIY IQTISODIYOT VA MENEJMENT ” KAFEDRASI “ RAQAMLI AXBOROT VA TEXNOLOGIYALAR ” FANIDAN MUSTAQIL ISHI
MAVZU: BUXGALTERIYA HISOBINING DASTURIY TA’MINOTI (UzASBO)
Bajardi: 2-kurs Mintaqaviy iqtisodiyot yo’nalishi talabasi G`aniyev Bekzodjon Tekshirdi: Djabborov Rahimjon
REJA: KIRISH Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minoti haqida tushuncha
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish
Buxgalteriya hisobining asosiy dasturlari (1C va UzASBO)
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Hozirgi kunda axborot texnologiyasining jadal rivojlanishi davriga guvoh bo‘lib turibmiz. Axborot texnologiyasining ishlab chiqarish jarayonida joriy etish ham yuqori samaraga ega bo'lmoqda. Xuddi shu kabi buxgalteriya hisobini axborot texnologiyalari orqali yuritish ham yuqori samara berishi hech kimga sir emas. Bu borada, mamlakatamizda yetarlicha amaliy tajriba orttirilgan. Masalan, lS:Buxgalteriya dasturiy ta ’minotini milliy qonunchiligimizga moslashtirilishi yoki 1UZ, BEM dasturiy ta’minotlarining ishlab chiqilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, bizning fikrimizcha, har bir xo'jalik yurituvchi shaxs o‘z faoliyati xususiyatidan, salohiyatidan kelib chiqib, buxgalteriya hisobini yuritish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqishi yoki faqatgina o‘zi foydalanadigan dasturiy ta’minot sotib olishi mumkin. Ushbu holatda savol tug‘iladi. Buxgalteriya hisobini axborot texnologiyalari asosida yuritishda buxgalteriya hisobi qonunchiligi nuqtai nazaridan qanday talablar va chegaralar qo‘yilgan.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida’gi qonunning 1- va 5-moddalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi hamda buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari bilan belgilanishi o‘matilgan.
1-son BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” ga asosan hisob siyosati deganda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishning qoidalari va asoslariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari tomonidan qabul qiladigan usullar yig‘masi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobi usullariga ularni guruhlarga ajratish va xo‘jalik faoliyati faktlariga baho berish, aktivlar qiymatini to‘lash, hujjatlar aylanishini, inventarizatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schyotlarini qo‘llash usullari, hisob registrlari tizimlari, ma’lumotlami qayta ishlash va boshqa tegishli usullar kiritiladi.
Demak, ma’lumotlami axborot texnologiyalarida qayta ishlanishi korxona hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reestri to‘g'risidagi nizomga asosan dasturiy ta’minot vositalari - algoritm tilida taqdim etilgan operatsiyalar, komandalar va ma’lumotlarning mantiqiy tashkil etilgan yig‘indisidan iborat va muayyan natijaga erishish maqsadida kompyuterda amalga oshirish uchun mo'ljallangan intellektual mulk obyekti. Dasturiy ta’minot vositalari deganda ularni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallari ham nazarda tutiladi.
Xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobni yuritishda qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reestri to‘g‘risidagi Nizomda keltirilgan talablarga mos kelishi va undagi algoritm tilida taqdim etilgan operatsiyalar, komandalar va ma’lumotlarning mantiqiy tashkil etilgan yig‘indisi buxgalteriya hisobi qonunchiligida o‘rnatilgan metodologiyaga mos kelishi lozim hamda korxonada shu tartibda yaratilgan dasturiy ta’minot asosida buxgalteriya hisobi yuritilayotganligi korxona hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Bundan tashqari, buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tartibda yuritish yoki yuritmaslikdan qat’iy nazar boshlang‘ich hujjatlar elektron shaklda tuzilganda “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonun va Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to‘g ‘risidagi nizom talablariga rioya qilishi kerak.