Modellashtirish usuli



Yüklə 3,6 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü3,6 Kb.
#161000
Biologik modellashtirish usuli-fayllar.org


Biologik modellashtirish usuli

. Modellashtirish usuli. 
Kasalliklarni modellashtirish masalasi tibbiyotda katta ahamiyatga ega. 100 yildan
ortiqroq vaqt davomida ko‘pgina insonlarda uchraydigan kasalliklarining patogenezini,
davolash usullarini va profilaktikasini o‘rganish maqsadida hayvonlarda biologik 
modellashtirish usuli qo‘llanilmoqda. Ayniqsa infektsion kasalliklarni davolash va
oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqishda modellashtirish katta rol o‘ynaydi.
Irsiy patologiyani o‘rganishda ham modellashtirish usuli katta ahamiyatga ega.
N.I.Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori qonuniga ko‘ra bunday
modellar tabiatda mavjuddir. Bu qonunga ko‘ra irsiy jihatdan yaqin bo‘lgan turlar va
avlodlar o‘xshash irsiy o‘zgaruvchanlikka egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish
lozimki, doimiy jihatdan yaqin bo‘lgan hayvonlarda odamlarga o‘xshash irsiy
kasalliklar uchrashini kutish mumkin. Hayvonlarda uchraydigan irsiy anomaliyalarni
chuqur o‘rganish, ularning patogenezi odam irsiy kasalliklariga o‘xshashligini
ko‘rsatdi. Masalan, mushak distrofiyasi odamlarda, sichqonlarda, xomyaklarda,
olmaxonlarda, tovuqlarda uchraydi, itlardagi A va B gemofiliyalari odamlardagi kabi
X ga birikkan retsessiv genlar orqali yuzaga chiqadi, qandli diabet xitoy
xomyaklarida, irsiy semiruvchanlik kalamushlarda, irsiy karlik mushuklarda uchraydi.
Hozirgi vaqtda maxsus laboratoriyalarda odam irsiy patologiyasini o‘rganishda
foydalanadigan mutant sichqonlar, kalamushlar, quyonlar va itlar ko‘paytirilmoqda.
Biologik modellashtirish irsiy kasalliklar patogenezida muhit omillari va irsiyatning rolini

65 


aniqlashda ham qo‘llaniladi. Bu usul odam irsiy patologiyalarini davolash va profilaktika
qilish yo‘llarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga egadir.
Albatta, odamda faqat uning o‘ziga xos bo‘lgan irsiy kasalliklari ham uchraydi,
hayvon modellari insonlarda uchraydigan kasalliklarining aniq nusxasi bo‘la olmaydi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan biologik modellashtirish usuli o‘zining ahamiyatini
yo‘qotmaydi.
Modellashtirishning ikkinchi xili - matematik modellashtirishdir.
Bu usul populyatsiyalardagi genetik jarayonlarni o‘rganishga imkon beradi.
Kompyuter texnikasidan foydalanib belgining rivojlanishida irsiyat va muhit omillarining
o‘zaro munosabatlarini o‘rganish, genlarning birikishini tahlil qilish mumkin. Tibbiy
genetik maslahatlarda matematik modellashtirish usuli oilada kasal bolaning tug‘ilish
xatarini aniqlashda qo‘llaniladi. Shuning uchun ham bu usul katta istiqbolga ega. 
http://fayllar.org
Yüklə 3,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin