Mavzu 1: Tibbiy radiologiyaga kirish. Tibbiy radiologiya



Yüklə 59,87 Kb.
səhifə1/15
tarix23.03.2023
ölçüsü59,87 Kb.
#89250
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mavzu 1 Tibbiy radiologiyaga kirish. Tibbiy radiologiya


Mavzu 1: Tibbiy radiologiyaga kirish. 
Tibbiy radiologiya-tibbiy maqsadlarda nurlarni qo'llash nazariyasi va amaliyotini o'rganadigan fan.
U ikkita yo'nalishni o'z ichiga oladi:
Nurli diagnostika normal va patologik sharoitda organizmning organ va to'qimalarining tuzilishi va funksiyasini nurlardan foydalanib o'rganadigan fan.
Nurli terapiya esa kasalliklarni davolashda ionlashtiruvchi nurlanishdan foydalanish haqidagi fandir.
1895 yilning 8 noyabrida Vyursburg universitetining rektori, fizika-matematika fakultetining professori Vilgelm Konrad Rentgen ish kunini tugallayotib, qorong’u xonada, stol ustida yotgan platina sian bariy tuzi kristallaridan tarqalayotgan shu’laga e’tibor beradi. Xonani kuzatib, bu shu’lani nariroqda turgan Kruks nayidan yuqori kuchlanishli elektr toki o’tishi bilan bog’likligini ko’rsatadi. Kruks nayini qora qog’oz bilan o’rash, karton, kitob bilan to’sish shu’lalanishni yuqotmadi. Katod nayi bilan ekran o’rtasiga qo’l panjalari kiritilganda soya tasvir xosil bo’ladi. Bu tasvirda yumshoq to’qimalar soyasi ichida alohida suyaklar soyasi ko’rinib turardi. Rentgen hali hech kimga ma’lum bo’lmagan nurlarga duch kelganini angladi. 1895 yil 28 dekabrda Rentgen «Nurlarning yangi turi» deb atalgan qisqa axborotni Vyursburg fizika-meditsina jamiyatiga topshirdi. Qo’lyozma birinchi kun ichida qisqa axborot shaklda bosmadan chiqdi. Yangi nurlar kashf etilgani xaqidagi xabar tez tarqaldi va axborot darhol ingliz, fransuz va rus tillariga tarjima qilindi. 16 yanvarda Sankt-Peterburg universitetida qo’l panjalarining Rossiyada birinchi rentgen surati tushirildi (insonning tarixidagi birinchi rentgen suratni yangi nurlarni o’rganish jarayonida kashfiyotchi o’z xotinining qo’l panjalarini tushirgan 1-rasm). 1896 yil 23 yanvarda Vyursburg tabiatshunos olimlar kengashida Rentgen o’z kashfiyoti to’g’risida ma’ruza qildi. Shu joyning o’zida majlisga raislik qiluvchi anatomo-gistolog olim Kelikkerning qo’l-panjasi suratini tushirib to’planganlarga namoyish qildi. Bu xodisa kengash a’zolarini larzaga keltirdi va Kelikker bu kashf etilgan nurlarni kashfiyotchining nomi bilan - Rentgen nurlari deb atashni taklif qildi.
Ikkinchi jahon urushi tibbiyot fani uchun, shu qatorda rentgenologiya uchun ham og’ir sinov bo’ldi. Bu davrda qisqa muddatda harakatdagi armiya va front orqasidagi tibbiy-sanitariya muassasalarida rentgen xizmatining keng tarmog’i yuzaga keldi, minglab rentgenolog-vrachlar, rentgen-texniklar tayyorlab yetkazildi va rentgenologiyaning yangi sohasi harbiy dala rentgenologiyasi (VPR-voenno-polevaya rentgenologiya) yuzaga keldi.
Urushdan keyingi yillar rentgenologiya fanining yanada taraqqiyot davri bo’ldi. Bu o’rinda 1979 yilda amerika olimi Mak Karmak va ingliz injeneri Xaunsfild tomonidan kompyuter tomografiyasining yaratilishi alohida o’rin tutadi. Bu metod rentgenologik tekshirishning imkoniyatini benihoyat oshirib yubordi. Ayni vaqtda nurli diagnostikaning boshqa turlari - ultratovush tadqiqoti, radionuklid tadqiqoti yuzaga keldi va takommillashib bordi. Asrimizning 80- yillarida radionurlar diapazonidagi elektromagnit tulqinlari vositasida tasvir olish - magnit rezonansi kompyuterli tomografiyasi kashf etildi. Bu metod organizmga butunlay bezarar bo’lgan holda yuqori aniqlikdagi tasvir olishga imkon beradi.


Yüklə 59,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin