Moliya Tayyorladi: Ibrohimov Qudrat Mavzu: Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi



Yüklə 322,97 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü322,97 Kb.
#107984
Moliya 7

Moliya

Tayyorladi:Ibrohimov Qudrat

Mavzu: Moliyaviy risklar va ularning tasniflanishi.

Reja:

1.Moliyaviy risklarning turlari.

2.Risk darajasi qanday aniqlanadi.

3.Investitsiya riski nima?

1.Moliyaviy risklarning turlari.

Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma`lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi – bu risk turini aniqlashdir. Risklarini turli belgilar bo`yicha tasniflash mumkin.

Tarkibi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi: iqtisodiy risk, bozor riski, inflyatsiya riski, valyuta riski, siyosiy risk, ijtimoiy risk, ekologik risk, texnologik risk, marketing riski, moliyaviyriski, kredit riski, bankrotlik riski, ilm-texnika riski, informatsion risk va boshqalar. Ushbu risk turlaridan iqtisodiy risk, bozr riski va kredit riskiga ta’rif bersak.

Kredit riski – bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo`yicha to`lov majburiyatlarini to`liq yoki umuman to`lay olmaslik riski hisoblanadi.

Iqtisodiy risk - bu umumiy yirik tizim va uning tarkibi rivojlanishida, shu jumladan, agar bunday tizimning umumiqtisodiy muvozanatini va uning YAIMning o‘sish sur’atini jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotni chiqarish orqali o‘rnatish maqsadi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish shakllarini oqilona uyg‘unlashuvini tanlashda yuzaga keladigan risklar majmui tushuniladi, davlatning antitsiklik usullar va boshqalardan foydalanib samarali chora-tadbirlar o‘tkazishini taqozo qiladi.

Iqtisodiy risk - bu umumiy yirik tizim va uning tarkibi rivojlanishida, shu jumladan, agar bunday tizimning umumiqtisodiy muvozanatini va uning YAIMning o‘sish sur’atini jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotni chiqarish orqali o‘rnatish maqsadi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish shakllarini oqilona uyg‘unlashuvini tanlashda yuzaga keladigan risklar majmui tushuniladi, davlatning antitsiklik usullar va boshqalardan foydalanib samarali chora-tadbirlar o‘tkazishini taqozo qiladi.

Bozor riski - bu mamlakatdagi makroiqtisodiy sharoit va bozoridagi ishbilarmonlik darajasiga bog`liq bo`ladi. Bozor riski o`z tarkibiga valyuta, foiz, moliya bozori va tovar narxi risklarini o`z ichiga olib, ularning bozor bahosidagi o’zgarishlar natijasi hisoblanadi. Ushbu risklar bir- biriga juda bog’liq hisoblanadi.

2. Risk darajasi qanday aniqlanadi.

Risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad, loyihaga ta’sir etuvchi risk turlarni aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini, usullarini qo’llashdan iboratdir. Risklarni baholash deganda risk darajasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash tushuniladi. Risklarni pasaytirish usullari turlicha bo’lib, ular risk turiga va risk guruhiga qarab tanlanadi. Riskni aniqlash – bu identifikatsiyalash, tahlil qilish va qiyosiy baholashni birlashtirgan jarayon. Xavf butun tashkilot, uning bo’linmalari, alohida loyihalari, faoliyati yoki ma’lum bir xavfli hodisa uchun baholanishi mumkin. Shuning uchun, turli vaziyatlarda xavflarni baholashning turli usullari qo’llanilishi mumkin.

3. Investitsiya riski nima?

Investitsion risk – bu investitsiyalarni qisman yoki to’liq yo’qotish, kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko’zlangan maqsadlarga erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko’p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik yuqori riskli hisoblanadi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig’indisini ham anglatadi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 322,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin