Statistikaning predmeti va uslubi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.10.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#64688
  1   2   3
STATISTIKANING PREDMETI VA USLUBI



STATISTIKANING PREDMETI VA USLUBI
Maqsad: Statistika tushunchasi. Statistika nimani o’rgatishi va uning predmeti,
uslublari.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun.
Xalq so’zi, 2002 yil 26 dekabr.
2. Shodiev X., Statistika (darslik). T.: «Abu Ali ibn Sino», 2004 – 5-23 betlar.,
Noutbuk va tarqatma materiallar
3.
http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/35990
Ishning mazmuni:
1.1. Statistika fanining predmeti va metodlari
1.2. O’zbekiston Respublikasi statistika faoliyatining tashkil etilishi, uning
huquqiy asoslari va vazifalari
1.3. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tizimining tuzilmasi
Statistika deganda nimani tushunamiz.? Statistika nimani o’rgatadi.?
Statistika bu fanmi yoki metodmi.? Bunday savollarni biz juda ko’p uchratamiz.
Javoblar esa bundan ham ko’p. Moskva davlat universitetida chop qilingan
adabiyotlarda statistikaga berilgan ta’riflar 1700 ga yaqin.
Hozirgi kungacha statistikaga berilgan ta’riflarni har tomonlama tahlil qilib, ularni
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1)
statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi
haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ,
ya’ni statistika organlari tushuniladi;
2)
statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi
tushuniladi. Masalan, Futbol bo’yicha jahon chempionati tugadi. Qaysi
komanda nechta gol urdi yoki o’tkazdi, kimlar gol urdi, nechtadan urdi va h.k.
bu statistika emish. Yoki kasalxonani olaylik. Necha kishi operatsiya qilindi,
shundan nechtasi tirik qoldi yoki o’ldi. Bu ham statistika emish;
3)
statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq
olimlari o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif);
4)
statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi;
5)
statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya
(izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k.;
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o’tilishiga, xalqaro statistik va iqtisodiy tashkilotlar
bilan hamkorlik va boshqa ro’y bergan ijobiy o’zgarishlarga qaramasdan, keyingi
yillarda chop etilgan o’quv qo’llanma, darsliklar mualliflari (statistika umumiy
nazariyasi darsliklariga qaralsin) statistikaga 1954 yilda berilgan ta’rif (Moskva,
1954y.) atrofida aylanishadi. Bu holni hatto 2000-2001 yilda nashr etilgan
darsliklarda ham uchratish mumkin.
Shunday qilib, kim haq kim nohaqligini tahlil qilib o’tirmasdan statistika
nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish


mumkin. Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha
ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni
miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish
qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir.
Yuqorida berilgan ta’rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari
ko’rsatilgan:
Birinchi xususiyat. Ommaviy hodisalarni o’rganadi. Masalan, professor
oilasida 3 nafar qiz bola tug’ildi, fermer oilasida 3 nafar o’g’il bola tug’ildi. Bu
erdan, demak professorlar oilasida faqat qiz bola tug’ilar ekan, fermerlar oilasida
o’g’il bola tug’ilar ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki bu voqealar
ommaviy emas. Bunday xulosa chiqarish uchun aholi punkti, shahar, viloyat,
mamlakat yoki dunyo aholisining oilalarida bolalar tug’ilishini o’rganish kerak.
Shunday o’rganishlardan bizga ma’lumki, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o’g’il bola
tug’iladi, lekin doimo ayollar soni erkaklar sonidan ko’p.
Ikkinchi xususiyat. Miqdoriy tomonlarini o’rganadi. Bizga ma’lumki, har bir
hodisa sifat va miqdor tomonlariga ega. Hodisa va voqealarni sifat tomonlarini aniq
fanlar o’rganishi hammaga ma’lum, lekin bu degani statistika hodisalarning
miqdorini o’rganishda, ularning sifat tomoniga umuman e’tibor bermaydi degani
emas. Aksincha, sifat va miqdor ko’rsatkichlari uzviy bog’liqlikda o’rganiladi.
Masalan, Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalarni olaylik.
Ularning 5 yillik iqtisodiy – moliyaviy faoliyatini tahlil qilib, olingan natijalar
asosida qo’shma korxonalarni uch guruhga ajratsak: yaxshi ishlagan, o’rtacha
ishlagan, yomon ishlagan. Ko’rinib turibdiki, biz miqdor ko’rsatkichlarni tahlil
qilib, qo’shma korxonalarni sifat ko’rsatkichi orqali ularni uch guruhga ajratdik.
Uchinchi xususiyat. Aniq sharoit va vaqt. Voqea va hodisalarning miqdoriy
tavsiflanishini statistika raqamlarda ifodalaydi. Ular makonda farqlanadi va vaqt
bo’yicha o’zgaradi. Masalan, Farg’ona va Buxoro shaharlari aholisining soni va
tarkibi bir xil emas, ular vaqt bo’yicha ham o’zgarib turadi. Shuning uchun ham
statistik ma’lumotlar o’zining vaqt bo’yicha chegaralanganligi, joy bo’yicha va
to’plamdagi faktlar hajmining aniqligi xususiyati bilan ajralib turadi.
To’rtinchi xususiyat. Hodisalarning rivojlanish qonuniyatlari. Ko’pchilikning
fikricha, qonuniyat deganda o’rganilayotgan hodisalar-dagi takrorlanish, aniq tartib
va to’g’rilik, birin-ketinlik tushuniladi. Bu holatlar bir-biridan farq qiluvchi
belgilarning umumiy to’plamda o’zaro yoyishib ketishi natijasida paydo bo’ladi.
Shuning uchun ham, ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish yo’li bilan
aniqlangan
qonuniyatlar
statistik
qonuniyatlar
deb
yuritiladi.
Statistik
qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular to’plamdagi ayrim
xodisalarga, elementlarga, birliklarga tegishli bo’lmasdan, balki umumiy to’plamga
tegishlidir.
Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab
qo’shilmasi va o’zaro ta’siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alohida
olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o’zida qamrab olgan to’plamlarda
namoyon bo’ladi. Bu erda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning mohiyati
shundaki, hodisalar to’plami qanchalik ko’proq unsurlardan tashkil topgan bo’lsa,
unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanliklar


shunchalik to’laroq o’zaro yoyishadi va oqibat natijasida hodisalarning zaruriy
bog’lanishi va izchilligining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo’ladi.
Statistika o’z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o’rganadi:

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin