Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə1/9
tarix14.04.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#97831
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
iqtisod


MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT.
REJA:
Kirish
Asosiy qism
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari.
2. Moliya bozori mohiyati, uning unsurlari.
3. Moliya tizimi.
4. Davlat byudjeti tushunchasi va uning tuzulishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari.
Bozor iqtisodiyotidagi har qanday faoliyat mablag‘, pul talab qiladi, moliyani yuzaga keltiradi. Sababi jamiyatning ravnaqi, aholining farovonligi, yurtning tinchligini ta’minlash va boshqa maqsadlarni amalga oshirish – hammasi moliyaga borib taqaladi.

Moliya

- iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘larini (fondlarini) hosil etish, ularni jamlash, taqsimlash, foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar.



Moliyaning ob’ekti pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar bo‘lib, uning sub’ekti, ya’ni ishtirokchilari firma, jamoat tashkilotlari, davlat idoralari, har xil muassasalar, turli oilalar va ayrim shaxslar bo‘ladi.
Moliya munosabatlari pul munosabatlaridan shunisi bilan farq qiladiki, uning tarkibiga shaxsiy iste’mol xizmati munosabatlari kirmaydi, hamda pul harakati tovar harakati bilan bir vaqtda yuz bermaydi.



MOLIYA




Davlat moliyasi Nodavlat moliyasi

davlatni boshqarish, mudofaani ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash, rezervlar tashkil etish kabilarga sarf etiladi.

tadbirkorlar, oila, jamoa moliyasidan iborat.



Moliyaning vazifalari:
1. Iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi.
Jamiyatda yaratilgan YAMMni va uning asosiy qismi bo‘lgan milliy daromadni xo‘jalik ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanib, pul fondlariga aylantiradi.
Taqsimlash ikki darajada amalga oshiriladi.

Birlamchi taqsimlash

-mikroiqtisodiy darajada, ya’ni firmalar, tashkilotlar va muassasalar ichida yuz beradi. Masalan, firma ichida pul mablag‘lari taqsimlanganda amortizatsiya fondi, ish haqi fondi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, foyda, mukofotlash fondlari, investitsiya fondlari vujudga keladi.

Ikkilamchi taqsimlash

- firma va tashkilotlar bilan davlat o‘rtasida yuz beradi. Korxona aholi daromadlaridan soliqlar, renta va bojxona to‘lovlari, aksiz yig‘indilari kabilar davlat qo‘lida to‘planadi. Bu mablag‘lar aholining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlariga (uy- joy qurilishi, tibbiy xizmat, maorif, nafaqa, stipendiya) daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy mudofaaga, atrof muhitni muhofaza qilish va shu kabilarga sarflanadi.

3. Moliyaning rag‘batlantiruvchi vazifasi.
Rag‘batlantirish davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berish, ishlovchilarga mukofotlar ajratish, boj pulini kamaytirish orqali eksportni rag‘batlantirish kabilarni ko’zda tutadi. Zaruriyat bo‘lgan taqdirda zararni qoplash uchun korxonaga subsidiya beriladi va uning moliyaviy ahvoli sog‘lomlashtiriladi.
4. Moliyadan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Bunda soliqlarni va boshqa to‘lovlarni amaldagi qonunlar bo‘yicha to‘g’ri to‘lanishini, tashkil etilgan fondlarning mablag’larini belgilangan maqsad bo‘yicha ishlatilishini ta’minlash nazarda tutiladi. Moliyaviy nazorat asosan auditorlik firmalari yordamida o‘rnatiladi.
5. Ijtimoiy himoyalash vazifasi.
Jamiyat a’zolari ma’lum qatlamlarining nogironlar, ko‘p bolali kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarni minimal tirikchilik yuritishini ta’minlab turish, ya’ni moliyaviy kafolatlashdan iborat. Undan tashqari aholi sog‘ligini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim berish, atrof muhitni sog‘lomlashtirishni ham o‘z ta’sir doirasiga oladi.
6. Iqtisodiy axborot vazifasi.
Jamiyat iqtisodiy faoliyatining moliyaviy yakunlari xususida ma’lumot va xabarlar berib turishdan iborat. Moliyaviy axborotga qarab, tadbirkorlar o‘z ishining borishi, sheriklarining ahvoli, raqobatchilar imkonidan ogoh bo‘ladilar. Moliyaviy ahborotda auditorlik xizmati ma’lum o‘rin egallab, axborotdan foydalanishni yaxshilaydi va tezlashtiradi.
Moliya resurslari mikro- va makroresusrslarga bo’linadi. Mikroresurslar markazlashmagan resurslarni tashkil etib, ular asosan korxonalar, kompaniya va firmalar orasida harakat etayotgan mablag’lardan iborat. Makroresurslar umumdavlat miqyosida, lekin davlat byudjeti hisobidan tashqarida harakatda bo’lgan mablag’lardan tashkil topgan.

Moliyaviy resurslar










Mikromoliya

Makromoliya






















Oila moliyasi

Firma moliyasi

Agrar soha
moliyasi

Davlat moliyasi

Ijtimoiy moliya




Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin