Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 1,05 Mb.
tarix21.01.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#51466
Hamroyev Dilshod Kompyuterlarni tashkil etish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti

" Kompyuter tizimlari" kafedrasi

"Kompyuterni tashkil etish" fanidan


MUSTAQIL ISH


Mavzu: Hisoblash texnikasining asosiy tushunchalari.

Bajardi: 206-guruh talabasi

Hamroyev D.T

Qabul qildi: Sobirov R.A


SAMARQAND – 2021

Mavzu: Hisoblash texnikasining asosiy tushunchalari.

Reja:


1.Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi.

2.Hisoblash texnikasining davrlari.

3.Xulosa


1.Asosan biz hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga ega ekanligini ko’rish mumkin. Amaliy asos deganda biz o’sha davrda texnika erishgan yutuqlar tushunsak, nazariy asos esa o’sha davrda fanlar sohasida olingan natijalarni tushunamiz. Hisoblash texnikasi nazariy tomondan pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji qat’iy tartib qoida va mantiq nazariyasiga asoslangan. Eramizdan avvalligi IV-asrda yashab o’tgan Arastu o’zining asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan.Bundan tashqari bu yo’nalishning rivojiga Gotfrid Vilgelm Leybnits belgili mantiq yo’nalishini kashf etish bilan katta hissa qo`shdi. XIX- asrda Ingliz matematigi Jorj Bul ham Leybnitsning bu g’oyasini “Mantiqning matematik tahlili” asarida yanada rivojlantiradi. Ya’ni e’tiborli tomoni shundaki Jorj Bulning asaridagi har qanday miqdor va mantiqiy amallar natijasi faqat 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi. Shunday qilib matematikada Bul algebrasi yo’nalishi vujudga keladi. Bul algebrasi hisoblash mashinalari kashfiyotchilari uchun juda katta imkoniyat ochib berdi. Chunki zamonaviy kompyuterlar faqat 0 va 1 qiymatlarni tushunadi va shularga asoslanib mantiqiy bog’liqlik asosida ishlaydi.Bundan tashqari IX-asrda hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshim Muhammad al-Xorazmiy "Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”, ”Hind hisobi haqida kitob” va Qo’shish va ayirish haqida kitob” asarlari orqali kata hissa qo’shgan.Asosan Muhammad al-Xorazmiy o’z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan va mukammallashtirib arifmetik ammallarni bajarish tartib qoidalarni ishlab chiqqan hamda algoritm nazariyasiga turtki bergan algebra faniga asos solgan Asta sekin yillar o’tib al-Xorazmiy bobomizning asarlari Yevropaga kirib boradi va shunday qilib pozitsiyali sanoq sistemasi butun dunyoga tarqaladi.Hozirgi kunga kelib ham zamonaviy kompyuterlarimizda pozitsiyali sanoq sistemasidan foydalaniladi.

2.Hisoblash texnikasi asosan 4 ta davrga bo’linadi.Ular bir biridan ishlash prinsipi tezligi va boshqa qurilmalari bilan ajralib turadi.Ularga quyidagilar kiradi:

1.Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr.

2.Mexanik mashinalar davri.

3.Elektromexanik davri.

4.Elektron hisoblash mashinalari davri.

Asosan biz mexanik mashinalargacha bo’lgan davrga kelsak bu davrda insonlar hisoblashlashga ehtiyoj seza boshlaydi va ular dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlaridan foydalaniladilar.Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo’l va oyoq barmoqlaridan foydalanib faqat sanash ishlarini bajarishgan.Keyinchalik insonlar hisoblash bilan bog’liq muommolarni hal etish uchun asta sekin turli tuman sun’iy hisoblash vositalarni ixtiro qila boshlaganlar.Shulardan birinchisi eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho’pxatdir.Cho’pxat bu birka – belgi qo’yib biron narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha ya’ni taxtachadir. Keyingi e’tiborli hisoblash vositalari bo’lib Shotland matematigi Jon Neperning 1617-yilda yaratilgan tayoqchalari keyinchalik 1632- yida Ingliz matematika o’qituvchilari Vilyam Otredning doiraviy va Richard Delameyning to’g’ri burchakli logarifm chizg’ichi yaratildi.



Mexanik mashinalar davriga kelsak bu davrda nemis matematika Vilgelm Shikkard 1623-yili loyihalashtirish moslamadan mexanik mashinalar davrini boshladi.Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas edi.Chunki 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonadan Leonardo da Vinchining nashr etilmagan qo‘lyozmasi topilgan. Qo‘lyozmadagi chizmalar ichida o‘n uchta raqamli sonlarni qo‘sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo‘lib, ular asosida yasalganda qurilma qo‘shish va ayirish amallarini bajaruvchi mashina ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shunga asosan uyg‘onish davrining buyuk rassomi, italiyalik matematik Leonardo da Vinchi birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi.Keyinchalik 1642-yilda fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal qo’shish va ayirish amallarini bajara oladigan “Paskalina” nomini olgan mexanik mashina yasadi. 1642­–1645-yillarda Paskal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakllarini ixtiro etdi. Ularning 1645-yilda yasalgan eng mukammali «arifmetik mashina» yoki «Paskal g‘ildiragi» deb nomlandi. Bu qurilma sonlarni “eslab” qolardi va 4 ta arifmetik amalni bajara olardi.



Keyinchalik 1673-yilga kelib nemis matematigi va fizigi Gotfrid Vilgelm Leybnits ikkilik sanoq sistemasi qo’llangan 4 ta amal bajara oladigan hamda ildiz chiqara oladigan mashina ixtiro qildi.



Elektromexanik mashinalar ham o’z navbatida ya’ni XX – asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi.Ya’ni bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko’p vaqt qilishi ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xildagi mashina yaratish zaruriyati tug’ildi.Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi elektron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi.

Shu maqsa yo’lida 1942-1945 – yillarda birinchi bo’lib AQSHdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan elektron lampalar yordamida raqamli mashinasi yaratildi. BU hisoblash mashinasining og’irligi bazi kitoblarda 30 tonna deb bazi kitoblarda esa 70 tonna deb berilgan.U 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta electron lampaga ega bo’lgan hisoblash mashinasi ENIAK deb nomlandi.1946- yili amerika olimi Djon Fon Neyman shunday electron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi.Asosan bu xil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi ya’ni fan texnikasining turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki bo’ldi.Keinroq AQSHda va Buyuk Britaniyada “ADVAK” ,“EDSAK”,”SEAK”,”BINAK” va “UNIVAK” mashinalari yartildi.

Elektron hisoblash mashinalari davri kelsak bu davr asosan 4 ta davrni o’z ichiga oladi


Avlodlar

Asosiy

element


Amal bajarish

tezligi


Kiritish-chiqarish qurilmasi

Dasturiy ta’minot

Shu avlod

EHMiga misol



1-avlod

1946-1955



Elektron

lampa


1 sekundda

10-20 ming



Boshqarish pulti, perfokarta

Mashina tili, dasturlash tili

ENIAC, MESM,

MINSK-1, URAL



2-avlod

1956-1965



Tranzistor

1 sekundda

100-500 ming



Perfokarta,

perfolenta, magnitli baraban



Dispetcher va paket sistemasi,

IBM 707, BESM-6

MINSK-22


3-avlod

1966-1974



Integral

sxema


1 sekundda

2106 gacha



Videoterminal

sistemasi



Operatsion sistemalar

IBM 360,

EC-1030


4-avlod

1975 -…


Katta

integral


sxema

1 sekundda 108

va yuqori



Rangli grafik displey

Ma’lumotlar ombori, ekspert sistemasi

PRAVETS, IBM,

Pentium


3.Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkunki hisoblash texnikasi qadim zamonlardan paydo bo’lib asta sekinlik bilan rivojlanib kelgan.Birinchi hisoblash texnikasi bu qo’llar hisoblangan ya’ni insonlar barmoqlarini sanash orqali hisob kitob qilganlar.Keyinchalik insonlar asta sekinlik bilan rivojlanib sun’iy hisoblash texnikalarini ixtiro qila boshlagan.Hozirgi kunga kelib biz hisoblash texnikalarisiz biron bir ishni qilolmaymiz ya’ni har qiladigan ishimiz hisoblash texnikalariga bog’liq.Misol uchun kompyuterlarni olsak biz bu kompyuterlarsiz biron bir ishni qilolmaymiz.Chunki hozirgi kunda biz barcha hisob kitob ishlarimizni kompyuterda qilamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

A.A.Abduqodirov

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari (Toshkent 2005)

Internet saytlari:

Kompy.info

Sehriyoinf.ucoz.ru

www.ziyonet.uz
Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin