Multimediya texnologiyalari



Yüklə 4,4 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü4,4 Kb.
#190419
Презентация Microsoft PowerPoint

Multimediya texnologiyalari.

Reja

1. Multimedia vositalari

2. Multimedia mahsulotlari

Ta’lim sohasida multimedia.

Ma’lumki, ma’ruzani talabalarning 25% iga yaqini o’zlashtiradi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir vaqtning o’zida ham ma’ruzani eshitish, ham materialni kompyuter ekranida ko’rish va uni ekranga chiqarishni faol boshqarish o’zlashtirish sifatini oshiradi. Hozir multimedia o’quv dasturlaridan Math CAD, PLUS 6.0 kabi kuchli dastur mahsulotlari tarkibida foydalaniladi. Multimedia texnologiyalaridan foydalanadigan etarlicha jiddiy dasturlar hozircha yo’q. Asosiy muammo - professoro’qituvchilarning multimedia imkoniyatlarini yaxshi biladigan programmistlar bilan birgalikda ishlashining tashkil etilmaganidir. Bunday o’quv dasturlarini ishlab chiqish va oliy o’quv yurtlarida keng tarqatish lozim.

Dasturlash texnologiyasida multimedia

Bu zamonaviy dastur mahsulotlarini yaratishdagi yangi texnologiyadir. Bu professional bo’lmagan foydalanuvchini muloqot tavsiyanomalari, chiroyli tasvirlar, sintezlangan tovushlar, musiqa tovushlari, dinamik grafikaning turli samaralari kabi dastur ob’ektlarini dasturlashtirishdek murakkab ishdan ozod qiladi. Multimediaga mansub texnik vositalar mos ma’lumotni, masalan, tovush va videoelementlarni, taqlidli, uzluksiz shakldan kompyuter tushunadigan raqamli shaklga o’tkazadi. Shu bilan birga saqlangan va qayta ishlangan mos ma’lumotni inson adekvat qabul qila olishi uchun multimedia qiziqtirayotgan raqamlardan zarur obrazlar, masalan tovush va videoelementlar yaratadi.

Multimedia - kompyuterlarning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar, hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi. Tovush platasiga shuningdek magnitofon, elektr musiqa qurollari kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin.

Multimedia - kompyuterlarning zaruriy elementi, tovushni qayta ishlovchi tovush platasidir. Tovush platasiga, tovush chiqarish vositasi, akustik tizimlar yoki yakka tinglagichlar, hamda audio ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan mikrofonlar ulanadi. Tovush platasiga shuningdek magnitofon, elektr musiqa qurollari kabi boshqa audiokomplektlar ham ulanishi mumkin.

Video bilan to’laqonli ishlash uchun videoma’lumotni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama - videokarta zarur. Unga videoka-mera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Ammo videoshakllarni kompyuterda qayta ishlash bilan odatda tor doiradagi mutaxassislar shug’ullanadi xolos. Aksariyat foydalanuvchilar uchun videoelementlarni monitorda ifodalay olish etarli bo’ladi. Bunday masalani hal etish uchun har qanday zamonaviy kompyuterda mavjud bo’lgan videoadapter va monitor etarlidir.


Yüklə 4,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin