MULTIVIBRATORLAR
Reja:
Multivibratorlar haqida umumiy ma’lumotlar Tranzistorli multivibrator Multivibratorning tebranish davrini hisoblash Multivibrator chastotasini termostabillash
Multivibratorlar haqida umumiy ma’lumotlar
Chiqish kuchlanishi formasi sinusoidaldan farqli bo‘lgan qurilmalar keng qo‘llaniladi. Bunday tebranishlar relaksitsion deb atalib, generatorning boshqa turidir. Multivibrator (lotinchadagi so‘z multim — ko‘p va vibro — tebrataman) — relaksatsion im- puls generatori deyarli to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda bo‘lib, musbat teskari aloqali kuchaytirgich ko‘rinishidagi qurilmadir.
Multivibratorlar ikki turga bo‘linadilar: avtotebranishli (turg‘un holatga ega bo‘lmaydi) va kutuvchi (bir turg‘un holatli shuning uchun bir vibrator deb ataladi).
Multivibratorni ishlashi kondensatorda «C» energiya yig‘ilib R qarshilikda razryadlanishiga asoslangan. Ushbu ulab-uzish tran- zistorli kalitda amalga oshiriladi.
Multivibratorlarni bipolyar tranzistorlarda, operatsion kuchay- tirgichlarda amalga oshiriladi.
Tranzistorli multivibrator. Ishlash prinsipi ossilogrammalari
Multivibrator ikki kaskadli musbat teskari aloqali kuchaytir- gichdan iborat. RC kuchaytirgichdan iborat. Buning uchun ikki kaskadli UE li ulangan sxema (5.1-rasm) yoki ikkita invertirlovchi o‘zgarmas tokli operatsion kuchaytirgich ishlatiladi.
Multivibratorni uyg‘otish uchun ikki shart bajarilishi kerak – fazasi va amplitudasi balansda bo‘lishi.
Faza balansi,
Amplituda balansi
φOC+φy = 0°,
kβ ≥ 1.
Teskari aloqa omili, β = 1 i , φOC = 0° bo‘lganligi uchun.
Kuchaytirgichni faza siljishi φy = 0° bo‘lib, UE sxemali ikki kaskad bilan amalga oshiriladi.
Bipolyar tranzistorli multivibratorlar odatda kollektor-baza aloqali simmetrik sxemadan tuziladi (5.2-rasmga qarang), sxe-
ma simmetrikligi joylashgan elementlarining bir xilligini bildira- di: Rk1=Rk2, Rb1= Rb2, C1=C 2 rezistorlar va kondensatorlar; tran- zistorlar parametrlari bir xil.
Dostları ilə paylaş: |