5.1-rasm. Tranzistorli multivibratorning prinsipial sxemasi
Multivibrator umumiy emitterli ikkita kuchaytirgich kaskadidan iborat bo‘lib, chiqish kuchlanishlari bazalariga uzatiladi. Keltiril- gan multivibrator sxemasida p-n-p tipli tranzistor qo‘llanilgan. Sxemani Ektok manbaiga ulaganda har ikkala tranzistor ochiq va kollektor toklari mavjud. Ularning ishchi nuqtalari aktiv sohada
bo‘ladi, chunki, Rk1, Rk2qarshiliklardan manfiy siljish kuchlani- shi beriladi. Lekin sxemaning bunday holati noturg‘un. Sxema- da musbat teskari aloqa bo‘lgani uchun β•kU≥1 va ikki kaskadli kuchaytirgich o‘zi uyg‘onadi. Regeneratsiya jarayoni boshlanadi – bir tranzistorning toki tezkor ortib, ikkinchisiniki esa kamayadi.
VT1– tranzistorning Ik1– toki tranzistorning bazalari yo- ki kollektorlarida ixtiyoriy o‘zgarishi natijasida kamaysin desak. Bunda VT1 tranzistor kollektori manfiy ΔUke1± kuchlanishiga ega bo‘lmaydi. C1 – kondensatordagi kuchlanish bir onda o‘zgara ol- maganligi uchun ushbu kuchlanish VT2tranzistor bazasiga be- riladi va uni ochadi.
VT2 tranzistor bazasidagi potensial manfiy Ik2tok ortadi, Rk2qarshilikdagi kuchlanish pasayishi ortadi. ΔUke1±ortishiga ega bo‘ladi va ΔUbe1ga beriladi (ΔUke1=ΔUbe1), ya’ni tok kamayadi, Ik2 tok esa ortadi, ushbu jarayon tez kechadi va natijada VT2tranzis- tor to‘yinish rejimiga, VT1tranzistor esa qirqish rejimiga kiradi.
Sxema o‘zining vaqtinchalik biror turg‘un holatiga o‘tadi (kva- zi turg‘un holati), kvazi turg‘un holatida bo‘lishi sig‘imni qayta zaryadlash jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.
VT1tranzistor yopiq, VT2tranzistor ochiq deb faraz qilsak, bu holat birinchi vaqtinchalik turg‘un holat. Zaryad zanjiri EB2, C1, Rk1, chunki VT1yopiq, bunda Uke1=Ekavvalgi holatda VT1 ochiq va kuchlanish unda Uke1 nasedi.