Mundarij a kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash psixologik-pedagogik komponent sifatida
M U N D A R I J A
KIRISH………………………………………….………………….…………………………2 I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK KOMPONENT SIFATIDA…………………………………………………………………………………….………....3
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlashda ularning qobiliyatlari diagnostikasi…………………………………..………………………………………………….……….3
Pedagogning bolani maktabga tayyorlashdagi faoliyati……………..11
Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari………………………………………………………………………………………….…15
II BOB. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING INNOVATSION SHAKLLARI ……………………………………………………………………......……….……….19
2.1. Ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik tizimini yaratish mexanizmlari………………………………………………………………………………………...…21
2.2. Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalar bilan ishlashning innovatsion shakllari………………………………………….………………….……………..….25
2.3. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasi, oila va maktab bilan hamkorlikdagi ishlarning ahamiyati……………………………………………………………..…………………………….....…28
XULOSA…………………………..……………………………………………..…………. 34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI……………………………..36 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda bolalar to‘g‘risida, onalar haqida g‘amxo‘rlik qilish chinakam davlat ahamiyatiga molik ishdir. Jamiki yaxshi narsalar - bolalarga shior yanada baralla jaranglamoqda. Keyingi yillarda mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar fikrimizning isbotidir.Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o‘qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning duneqarashi, xulqi va didiga ta’sir ko‘rsatishi tabbiy holdir. Oila a’zolarining ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi.Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan mustahkam bog‘lamay turib, tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish bo’lmaydi. Shu maqsadda ota-onalar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaga oid tashviqot ishlarini kengaytirish ularni maktabning faol yordamchilariga, o‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarida har tomonlama foydali tashkilotchilariga aylantirish zarur.Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi shaxs ongiga ko‘rsatayetgan ko‘rinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari kamlik qilib qolmoqda. Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayot ehtiyojga aylanib bormoqda.
Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi.To‘g‘r, bunda ijtimoiy tarbiyaning o‘rnini inkor etib bo‘lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o‘zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan biridir. Ta’kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.