Mundarija
KIRISH…………………………………………………………………………….2
I.BOB. MOTIV MUAMMOSI VA UNING YECHIMIGA DOIR MULOHAZALAR.
1.1. Psixologiyada motiv tushunchasi……………………………………………5
1.2. Motiv va motivatsiya muammosining jahon psixologiyasida tadqiq etilganligi…………………………………………………………………………..7
1.3. O‘zbekiston psixologlari tadqiqotlarida o‘z-o‘zini baholash va motivatsiya muammosi………………………………………………………………………..14
II.BOB.
XULOSA…………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….……………….………
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil Respublikamizdagi ulkan iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy o‘zgarishlar odamlar psixologiyasi qalbida ham o‘z aksini topmoqda. Jamiyatning yangilanishi esa davlatning kеlajagi buyuk bo‘lishidan darak bеrib turibdi. Xalq ommasining jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan munosabatlari ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor (faoliyat, muomala) motivlari yoki motivatsiyalarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda, milliy an’analarda o‘z ifodasini topadi.Munosabatlar negizida esa inson ongidagi timsollar, tasvirlar, tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, irodaviy xislatlar, xarakter sifatlari, yuksak his-tuyg‘ular, aql-zakovat, barkamol shaxsning barqaror fazilatlari yotadi. Milliy istiqlol mafkurasining mustaqilligi, mustahkamligi, barqarorligi,qudratliligi mamlakatimiz fuqarolarining istagi, intilishi, faoliyat rejasi, xulq-odobi, muomala maromi, yaqqol vazifasi bilan bevosita uyg‘unlashuviga bog‘liq.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yoshlarga murojaat qilib. “ O‘zimiz istagan zamon uchun kurashish, kerak bo‘lsa o‘zimizni, butun borlig‘imizni berishimiz lozim. Shunday intilish bilan yashasak, nafaqat o‘z hayotimiz, balki kelajak avlodlarimiz hayotini, ularning ertangi yorug‘ kunini o‘zimiz, o‘z qo‘limiz bilan barpo etgan bo‘lamiz’’
Shu nuqtai nazardan qaraganda, eng to‘g‘ri yo‘l -ta’lim-tarbiya tizimini
yanada rivojlantirish, yanada mustahkamlash yo‘lidir . Biz bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz. “Yurtboshimizning yuqoridagi fikrlarida milliy mafkuramiz asoslanadigan masalalar qatoriga xalqimizning ruhiyati, tafakkurini ham kiritib psixologlar oldiga ham vazifalar qo‘ydi. Yuksak insoniy, umumbashariy his-tuyg‘ular fuqarolar xatti-harakatlarining, fe’l-atvorlarining regulyatori (boshqaruvchisi) vazifasini(funksiyasini) bajara boshlagan daqiqalardan e’tiboran umumiy, ijtimoiy psixologik negizlarga asoslanuvchi ommaviy harakatlar, qarashlar, g‘oyalar,motivatsiyalar namoyon bo‘ladi va har bir insonda shu umumiyat ishiga o‘ziningshaxsiy ulushini qo‘shish istagi, mayli, xohishi vujudga keladi. Mamlakatimiz fuqarolarining yurtimizda va uning tashqarisida sodir bo‘layotgan ijtimoiy,ijtimoiy-psixologik voqelikka, shaxslararo va millatlararo muomala xususiyatiga, maromiga, umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarga nisbatan munosabatlari ijtimoiy muhitni (makro, mikro, mezo ) harakatlantiruvchi kuchni o‘zida mujassamlashtiradi.
Milliy istiqlol mafkurasining mustaqilligi, mustahkamligi, barqarorligi, qudratliligi mamlakatimiz fuqarolarining istagi, intilishi, faoliyat rejasi, xulq-odobi, muomala maromi, yaqqol vazifasi bilan bevosita uyg‘unlashuviga bog‘liq.
Shuni ta’kidlash joizki, insonning ijtimoiy hodisalarga, holatlarga, voqeliklarga nisbatan munosabatining psixologik mohiyati uning ongli, faol,yaxlit, maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy shartlangan shaxsiy tajribasining tizimiga asoslangan muvaqqat aloqalarining hamda subyektiv jabhalarning majmuasidan iboratligidadir.
“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasi” kabi davlat hujjatlarida motiv va motivatsiyaning roli masalasiga alohida e’tibor berilgan. Ma’lumki, bilimlarni ta’lim subyekti tomonidan o‘zlashtirish, kasbiy amaliy ko‘nikmalarni egallash, mutaxassislikka oid malakalar bilan qurollanish, shaxsni mustaqil fikrlashga, mustaqil faoliyatni tashkil qilishga o‘rgatish, yuzaga kelayotgan vaziyatga muvofiq ravishda xulq-atvorni amalga oshirishga tayyorlanish motiv va motivatsiyasiz ro‘yobga chiqishi mumkin emas. Jahon psixologiyasida motiv va motivatsiya muammolari atroflicha o‘rganilganiga qaramay, ular etnopsixologik nuqtai nazaridan qariyb tadqiq qilinmagan. Shuningdek, turli o‘quv fanlari negizida shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ularning etnopsixologik xususiyatlari, motiv va motivatsiyani takomillashtirish, ularni egallash uchun oqilona yo‘llardan foydalanish o‘qitish, o‘qish samaradorligini oshirishning kafolati sanaladi.
O‘quv motivatsiyasini talabalarda shakllantirish oliy maktab psixologiyasi,pedagogik psixologiya tarmoqlarining markaziy va dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shu bois hozirgi zamon ta’lim va tarbiya tizimining muhim jabhasi-motivatsiya(motiv) masalasini tadqiq etishdir. O‘quv jarayonining motivatsion saboq oluvchilarida uzluksiz ravishda o‘zgaruvchi, ba’zida tubdan zid tuzilishga ega bo‘lgan turli xususiyatli turtki, qo‘zg‘atuvchi, hatto boshqaruvchi(regulyator) sifatida gavdalanadi. Shuningdek, yetakchi, ustuvor,dominant motiv o‘rnini ta’limiy shart-sharoitlarga, vaziyatlarga bog‘liq bo‘lgan boshqa qo‘zg‘atuvchi, turtki, sabab(vaj) egallaydi. O‘quv jarayoniningmuvaffaqiyatli, samaradorligi, mahsuldorligini ta’minlash uchun motivatsiya doirasi tuzilishini inobatga olish, uning har qaysi jabhasi, jihatiga ta’sir o‘tkazishni nazarda tutish maqsadga muvofiq.
Ta’lim tizimini yuksak darajaga ko‘tarish uchun talabalarda anglanilgan, yuqori ko’rsatkichli, indikator xususiyatli o‘quv motivi va motivatsiyani shakllantirish davr talabi. Ma’lumki, faoliyat va xulq-atvor motivsiz, motivatsiyasiz faollikka, muayyan yo‘nalishga, o‘ziga xos mahsuldorlikka, muvaffaqiyatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun turli yoshdagi saboq oluvchilarni motiv, motivatsiya mohiyati bilan tanishtirish mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini zaruriy sharti hisoblanadi. Motivlarning turlari, motivatsiyaning o‘ziga xosligi, ularning tuzilishi, tarkiblari, ularni shakllantirishning muhim omillari yuzasidan talabalarga ma’lumot berish, ulardan foydalanish yo‘l yo‘rig‘larini tushuntirish-faoliyat subyektlarida individual uslubni egallashga mustahkam asos hozirlaydi.
Dostları ilə paylaş: |