Mundarija: Kirish. Mashina traktor agregatlari va yoqilg‘i sarfiga bo‘lgan talablarni aniqlash Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan samarali foydalanishni
Kirish. 2
1.Mashina traktor agregatlari va yoqilg‘i sarfiga bo‘lgan talablarni aniqlash 3
2. Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan samarali foydalanishni tashkil etish 5
3. Fermer xo‘jaligining mashina saroyini texnologik loyihalash 5
4. Neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash 6
5. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar 6
Xulosa 9
Foydalanilgan adabiyotlar 10
Kirish.
Loyihaning kirish qismida quyidagilarni, ya’ni agrosanoat majmuining rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha respublikada ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan zamonaviy yuqori unumli texnikalardan foydalanish istiqbollarini ko‘rsatib o‘tish, bozor iqtisodiyoti sharoitida ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklaridagi texnikalardan samarali foydalanishni tashkil qilish zarurligini asoslash.z
Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarish uchun birlamchi ma’lumotlar. Mashina-traktor agregatlaridan (MTA) samarali foydalanishni tashkil qilish uchun asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish bo‘yicha istiqbolli texnologik xaritalar, me’yorlar, fermer xo‘jaliklarining rivojlanish istiqbollari va mashinalarning ish sharoitlaridan kelib chiqqan holda quyidagi ma’lumotlar:
- xo‘jalikning dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqish rejasi, ekin maydoni va qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi; xo‘jalikdagi mavjud traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarining rusumi va soni;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish uchun ishlab chiqilgan texnologiyalar va qabul qilingan almashlab ekishlar, tasdiqlangan mashinalar tizimi, tabiiy va tashkiliy omillar, texnikalarning holati, MTAlarining ish sharoitlari, ishlarni bajarish kalendar muddatlari va ish kunlari soni;
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni, soatlik, smenali, kunlik ish unumlari, yoqilg‘i sarfi va hakozolar zarur bo‘ladi.